3-ma‘ruza. Mexanik ishlov berishda zagotovkalarni bazalash asoslari
Reja:
1. Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal
yuzalarining turlari.
2. Bazalar klassifikatsiyasi. Bazalar birligi va qo‘shilishi tamoyillari.
3. Bazalarni tayyorlash va almashtirish. Texnologik va o‘lchov
bazalarini tanlash asoslari.
Tayanch sо’zlar
: baza, yig’ish bazasi, кonstruktorlik baza, texnologik baza,
o‘lchov bazasi, o‘rnatish, olti nuqta, еrkinlik daraja,
ochiq baza, yashirin baza,
bazalar birligi prinsipi, bazalar doimiyligi prinsipi, bazalar almashuvi, bazalar sinfi.
1. Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal
yuzlarining turlari
Bu bazalar sinfi ochiq va yashirin bazalarga farqlanadi (3.1-rasm).
- Ochiq baza-zagotovkani
yoki mahsulotni real yuza, belgilanuvchi chiziq
yoki chiziqlar kesishgan nuqtasi kо’rinishidagi bazalarga tushuniladi (3.1-rasm,
ochiq baza Ι-yassi sirt).
- Yashirin baza-zagotovkaning yoki mahsulotning hayoliy tasavvurimizdagi
yuza, о’q, nuqta kо’rinishidagi bazaga tushunamiz (3.1-rasm, yashirin bazalar; ΙΙ
va ΙΙΙ- hayolan o‘tkazilgan simmetrik tekisliklar).
3.1-rasm
Masalan, 3.1-rasmda: I-ochiq о’rnatuv bazani bildiradi;
II-yashirin
yо’naltirgich bazani va III-yashirin tayanch bazani bildiradi.
2. Bazalar klassifikatsiyasi. Bazalar birligi va qo‘shilishi tamoyillari
Zagotovkalarga aniq ishlov berish uchun texnologik bazalarni tayinlashda
shunday yuzalarni qabul qilish kerakki, qaysilar bir vaqtning о’zida detalning ham
konstruktorlik, texnologik va ham о’lchov bazasi bо’lib xizmat qilsin va
mahsulotlarni yig’ishda
ham baza sifatida ishlatilsin, shunda bazalar birligi
prinsipiga amal qilgan bо’lamiz, bazalash xatoligi ham nolga teng bо’ladi.
Zagotovkalarni ishlashda texnologik, konstruktorlik va о’lchov bazalarni bir
yuzadan olish, ishchi chizmada qо’yilgan о’lchamlar bо’yicha konstruktor
tomonidan kо’zda tutilgan о’lcham uchun dopusk maydonini
hammasini ishlatish
bilan amalga oshiriladi.
Agarda texnologik baza, konstruktorlik yoki о’lchov baza bilan bir yuzada
yotmasa,
texnolog, ishchi chizmada konstruktorlik yoki о’lchov bazalardan
qо’yilgan о’lchamlarni, bevosita texnologik bazadan qо’yilgan texnologik
о’lchamlarini ishlash uchun qulayroq bо’lgan о’lchamlar
bilan almashtirishga
majbur bо’ladi. Bu holda zagotovkani tegishli о’lchamlik zanjirlarining va
konstruktorlik
bazadan
qо’yilgan
dastlabki
о’lchamlarini
dopusklar
maydonlarining uzayishi sodir bо’ladi, texnologik bazani konstruktorlik baza bilan
va ishlanuvchi yuzalar bilan bog’lovchi, ya’ni kiritilgan oraliq о’lchamlari orasida
taqsimlanadi. Natija oxirida, bu zagotovkalarni ishlashda ushlanuvchi о’lchamlari
dopusklariga bо’lgan talabchanlikni oshirishga,
ishlov berish jarayonini
qimmatlashuviga va uning unumdorligini pasayishiga olib keladi. Aytilganlarni
quyidagi misol bilan tasvirlab berish mumkin.