Reja: Matematikani o’qitish usullari



Download 36,66 Kb.
bet7/9
Sana27.06.2022
Hajmi36,66 Kb.
#708618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-мавзу

7. Evristik o’qitish usuli.
Evristik usul matematik ta’limni amalga oshirish jarayonida o`quvchilarda ijodiy mustaqil faollikni tarkib toptirish usulidir. O`qituvchi bu usulni qo`llaganda sinf o`quvchilari oldiga o`quv muammosini qo`yadi, so`ngra yo`naltiruvchi savollar (vazifalar) berish yo`li bilan muammoda qo`yilgan matematik faktni o’quvchilar mustaqil topishlariga (yechishlariga) yo`naltiriladi.
Masalan, kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasi o`rganilib, misollar yechilib, o`quvchilarda ko`nikma hosil qilingach o`qituvchi ularga

tenglamani yechishni taklif etsa, o’quvchilar oldiga muammo qo`yilgan bo’ladi va bu muammo almashtirish orqali hal etiladi.
Bundan tashqari matematik ta’limni amalga oshirishda evristik usuldan:
a) mantiqiy masalalarni yechishda;
b) kombinatorik masalalarni yechishda;
v) diofant tenglamalarini yechishda keng foydalaniladi.
8. Dasturlangan ta'lim.
Bu ta’lim turini dasturlangan ta’lim deb nomlanishi electron hisoblash mashinalariga dasturlar tuzish terminologiyasidan olingan bo’lib, matematik ta’limni amalga oshirishda ham o`rganiladigan o’quv materiali qat'iy ketma-ketlik orqali berilib, ularning har biri yangi o’quv materialining bir bo`lagini o’zida saqlaydi va hosil qilingan bilimlarni tekshirish uchun savol yoki topshiriqlar bilan yakunlanadi.
Dasturlangan ta'lim xususiyatlari quyidagilardan iborat: o`quv materialini kichik bo`laklarga to`g`ri ajratish; o’quvchilar bilimlarini tez-tez tekshirish; o`quvchi har bir keyingi bo`lakka to`g`ri javob bergandan yoki xato bilan tanishtirilib uni bartaraf etgandan so’ngina o`tadi; har bir o`quvchini o`ziga mos o`rganish tezligi bilan (o`qitishga individual yondashish) ishlash imkonini ta'minlaydi.
O`quv materialini dasturlashning 2 ta turli tuzilishi mavjud: «chiziqli» va «tarmoqlangan».
Chiziqli dasturda o`quv materiali kichik bo`laklar, kadrlar bilan berilib, ularda oddiy, sodda savol (mashq) bo`lib, o’quvchi bu materialni o’zlashtirgandan so’ng qo’yilgan savolga xatosiz javob bera oladi. Keyingi kadrga o`tganda u eng avvalo javobning to`g`riligini aniqlaydi. Har bir kadr yangi material bo’yicha katta bo’lmagan informatsiyani o’zida saqlagani uchun o’quvchi o’zining javobini to’g’ri javob bilan taqqoslab, qayerda xatolikka yol qo’yilganini aniqlaydi.
Tarmoqlangan dasturda o`quv materiali katta bo`laklarga bo`linadi.
Har bir kadrning oxirida nazariy materialdan so’ng o’quvchilarga shunday savollar qo’yiladiki, javoblar bir necha variantda ko’rsatilgan bo’lib, ularning faqat bittasi to’g’ri bo’ladi.(test savollari) Bunda to’g’ri javob o’quvchilar katta ehtimollik bilan yo’l qoyadigan xatoliklarni xisobga olgan holda tuziladi. Agar o’quvchi to’g’ri javobni tanlasa, keyingi o’quv materiali bo’lagi bo’lgan betga yo’llanadi. Noto’g’ri javobni ko’rsatgan o’quvchi shunday betga jo’natiladiki unda o’quvchi yo’l qo’ygan xatolik tushuntirilgan bo’lib, so’ngra oxitgi kadrga qaytib undagi savolni e’tibor berib o’qib, to’g’ri javobni belgilashi talab etiladi.

Download 36,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish