Reja: Matematikani o’qitish usullari


Matematik ta’limni amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash



Download 36,66 Kb.
bet8/9
Sana27.06.2022
Hajmi36,66 Kb.
#708618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-мавзу

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Inter
9. Matematik ta’limni amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash.
Ta’lim jarayonini takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish kundan – kunga ortib bormoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishga, o‘quv materialini mustaqil o‘rganishga, taxlil qilishga ijobiy ta’sir etadi. Bundan tashqari shaxs va jamoaning shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, rivojlantiruvchi ta’limni ro’yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi, an’anaviy dars o‘tish, ta’limning o‘ziga xos modellaridan biri bo‘lib qolganligini ko’rsatadi. An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
O‘quv materiali yangi va murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars - ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan – bir usuli bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki, an’anaviy dars jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois ba’zida an’anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish shakli deb ham atashadi.
Markazida o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonida, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:

  • o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish;

  • ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;

  • o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;

  • o‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab quvvatlash;

  • amaliyot orqali o‘rganish;

  • ikki tomonlama fikr mulohazalar bilan ta’minlash;

  • o‘quv jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;

  • o‘qituvchi – o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs;

An’anaviy dars modelida ko‘proq ma’ruza, savol – javob, amaliy mashq kabi usullaridan foydalaniladi. Shu sabab, an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, uni o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli – tuman ussullar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ortishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o‘quv materiali kichik – kichik bo‘laklarga bo‘linib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o‘yinlarni qo‘llash, turli qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, turli baholash usullaridan foydalanish ta’lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.


Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos” – san’at, mahorat, “logos” – ta’limot degan ma’noni bildiradi.
Pedagogik texnologiya –o`qituvchining o`quvchilarga ta’sir qilishini tashkil etish bo‘yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning anglash usullarini taklif etadi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasidan mustaxkam o‘rin egalladi, lekin uni pedagogikada tutgan o‘rni xozirgacha to’la hal etilmasdan qolmoqda. Shuning uchun pedagogik texnologiya tushunchasiga turli qarashlar mavjud bo‘lib, ko’p hollarda turlicha talqin qilinmoqda. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga kirib borayotgan bo‘lsa ham uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda.
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratilib, didaktik vazifava o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi.
N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo‘lishishartdeb hisoblaydi.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasiga YUNESKO tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi.
“Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari asosida yaratish, tadbiq etish va belgilashning izchil metodidir”.
Bu ta’riflar taxlilidan pedagogik texnologiya natijani qo‘lga kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tadbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va o`quvchilarning bilim darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyixasi va pedagogik tizimining amalda bo‘lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.
Innovatsiya” inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yangilik kiritish demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.
Interfaol ( interaktiv) so‘zi “Inter – o‘zaro, ast – harakat qilmoq” so‘zlaridan olingan bo‘lib o‘zaro harakat qilmoq, kim bilandir muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Ya’ni o‘qitishning interfaol usuliyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, AL larda matematik ta’limni amalga oshirishda “aqliy xujum”, “blits-so‘rov”, “muammoli ta’lim”, “test savollari”, “davra suxbati”, “charxpalak” kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samarali natija beradi.

Download 36,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish