4.O‘quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishning asosiy tamoyillaridan biri bu o‘quvchilarning mustaqil ta’limda maqsadga erishish ishini rag‘batlantirishdan iboratdir. Chunki, o`quvchilarning mustaqil ishlari o`qitish jarayonining ajralmas qismidir. O‘quvchida muammoni (vazifani) hal etish hohishining mavjudligi, paydo bo‘lgan savolga javob topish – mustaqil ta’limda muvaffaqiyatga erishishning zaruriy shartidir.
Mustaqil ishlash usullarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, bu o`quvchilarning o`quv topshiriqlarini o`qituvchining bevosita boshqaruvisiz bajarishidir. Matematika darslarida mustaqil ishlash ko’p hollarda o`quvchilar tomonidan yangi material mazmunini o`rganish, mashqlarni bajarish, masalalarni yechish orqali amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlash usullari yordamida o`qitishda talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar amalga oshiriladi.
Ta’limiy planda mustaqil ishlar bilim va ko`nikmalarni mustaqil egallashni, ularni chuqurlashtirishni, mustahkamlash va takrorlashni taminlaydi. O`qitishning bu usullari o`quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga va maktabni bitirgandan so`ng o`qishni davom ettirishiga tayyorlashda katta ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy planda ular shaxsning mustaqillik, bilish faolligini, ma’suliyat, faol hayotiy nuqtai-nazarga ega bo`lish kabi muhim hislatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Mustaqil ishlash tafakkur, ko`nikma va malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsning irodasini chiniqtiradi. Mustaqil ishlashning samaradorligi faqat uning salmog`iga bog`liq bo`lmay, balki uning tashkil etilishiga va mustaqil ishlash usulini o`qitishning boshqa usullari bilan biriktira olish yo`llarini topa bilishga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, o`qituvchi mustaqil ishlash usulini qo`llash mumkinligini aniqlagandan so`ng, bu usulning o`qitish usullaridan bittasi bilan birikmasini topishi, o`quv materialining induktiv yoki deduktiv o`rganilishini belgilashi lozim bo`ladi. Ko`p hollarda usullarning bunday tanlovi o`quv materialining matematika darsligida bayon qilinish mantig’iga bog`liq bo`ladi.
Mustaqil ishlashni to`g’ri amalga oshirish uchun o`quvchilarda uni ratsional tashkil etishning ayrim, eng umumiy usullarini tarkib toptirish lozim. Bular mustaqil ishlashni rejalashtirish, masalalar sistemasini aniq qo`yish, ular orasidan asosiyni ajratish ko`nikmasi, qo`yilgan vazifalarni tez va tejamli yechish usullarini tanlash, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, mustaqil ishga zarur hollarda tuzatishlar kiritish ko`nikmasi va nihoyat, ishning natijalarini tahlil qilish yo`llarini belgilashdir.
Matematika darsida o‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishning:
a) namuna bo‘yicha bajariladigan;
b) ijodiy (izlanuvchan)shakllaridan foydalanishi mumkin.
Na`muna bo`yicha mustaqil ishlarni bajarilishda o`quvchilarning bilish faoliyati ishni bajarish usullarni egallashga asosiy ko`nikmalarni keyinchalik amalyotda qo`llashga, boshqa fanlarni mustaqil o`rganishga yo`naltirilgan bo`ladi. Matematik ta`limni amalga oshirishda o`quchilarning bilish faoliyatida bu xisoblash malakalarini tarkib toptirish uchun mo`ljalangan va namuna bo`yicha turli mashqlar va algoritimlar, sodda tipik masalalarni yechish, bilish va amaliy xarakterdagi ko`nikmalarni tarkib toptirish, tablisalar, sxemalar tuzishda namoyon bo`ladi.
Na`muna bo`yicha ishlash va o`quv materialini o`zlashtirilishini taminlaydi, lekin o`quvchilarni ijodiy bilish faoliyatini boyitmaydi. Masalan aylanani yasash, uchburcha balandligi, bissektirisasi, medianasini yasashda o`quvchilarga buni qanday bajarilishi xaqidagi bilimlar yetarli bo`ladi va ishni bajarishda ular amalda bu bilimlarni esga oladi xalos.
Misol tariqasida na’muna bo‘yicha mustaqil ishni uyushtirishni ko‘rib o‘taylik.
O‘qituvchi tenglama yechimi namunasini tushuntiradi va doskaga yozadi.
(1987+x):27=2160 tenglamani yeching.
Yechish: Tekshirish:
1987+x=2160∙27 (1987+56333):27=2160
1987+x=58320 58320:27=2160
x=58320-1987 2160=2160
x=56333
Javob: x=56333
So‘ngra, o’qituvchi sinf o‘quvchilarini 3-guruxga bo‘lib, har bir guruhga yuqoridagi namuna bo‘yicha quyidagi tenglamalarni yechishni topshiradi:
a) (x+242):31=1054 v) (4783-x):24=65
b) (x-379):17=2120
Matematik ta`limni amalga oshirishda ijodiy ishlar-bu shunday ishlardirki, uni bajarish natijasida o`quvchi o`zi uchun yanglik kashf etadi.Matematikadan ijodiy mustaqil ishlar o`quvchilarni predmentga bo`lgan qiziqishni tarkib topdirishga, ularni o`qishga bo`lgan munosabatni matematik tafakkur qilish qobilyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ijodiy ishlarni bajarish jarayonida o`quvchi o`zi uchun o`rganilayotgan holatning yangi tamonlarini yoritishni o`rganadi, o`zining fikrlarini bayon qiladi, shaxsiy tajribalarni qo`llash va berilganlar asosida masala yechishni yo`lini topadi, teoremalarni isbotlaydi, xulosalar keltirib chiqaradi.
Matematikadan ijodiy ishlarga quydagilar kiradi:
a) masalani yechimi va teorema isbotini nostandart, o`quvchi uchun yangi usul bilan amalga oshirish ;
b) masalani bir necha usullar bilan yechish;
c) o`quvchlarning ozlari tomonidan masala misollar tuzish;
d) matematik diktantlar;
e) o`quvchilar dokladlari.
O`quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri-bu o`quvchilarning uy (mustaqil) ishlaridir. Uy vazifasini bajarish jarayonida o`quchilar darsda egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni qaytaradilar va mustaxkamlaydilar. Uy vazifalari masuliyatlik xissini tarbiyalaydi, o`zi o`qib bilim orttirish malakalarini tarkib toptiradi. Uy vazifalarini xajmi va xarakteri xar bir aloxida xolat uchun o`rganiladigon o`quv materiali bilan aniqlanadi. Konkret o`quv materiali mazmuniga qarab uy vazifalari darsda o`rganilgan material bo`yicha yoki dasturda ko`rsatilgan mavzu bo`yicha berilishi mumkin.
O‘quvchilar mustaqil ishlarning muvaffaqiyati quyidagilarga bo‘g‘liq ekanligini hisobga olishi kerak bo‘ladi:
a) o‘quv materiali mazmuniga;
b) o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga;
c) o‘quvchilarning matematika predmetiga munosabatiga;
d) o‘qituvchi tomonidan o’quvchilar faoliyatini tashkil etishning didaktik usullariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |