Reja: Matematikani o’qitish usullari


Matematika o’qitish usullarini qo‘llash



Download 36,66 Kb.
bet5/9
Sana27.06.2022
Hajmi36,66 Kb.
#708618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-мавзу

5. Matematika o’qitish usullarini qo‘llash konkret pedagogik vaziyatga, darsda o‘rganiladigan o‘quv materiali mazmunga bog‘liqligi sababli, ta’lim jarayonini tashkil etishda xar bir usulning konkret salmog‘ini hisobga olgan holda, aniq tanlash zarurdir. Shuning uchun ham o‘qitish usullarini tanlash:

  • o‘qitish qonuniyatlari va undan kelib chiqadigan didaktik tamoyillar bilan;

  • darsda o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzuning maqsad va vazifalari bilan;

  • o‘rganiladigan mavzuning mazmuni bilan;

  • o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlari, yoshi jismoniy, psixik imkoniyatlari, tayyorgarlik darajasi, sinf kollektivining xususiyatlari bilan aniqlanadi.

O‘qitish usullarini tanlashda birinchi navbatda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish maqsadlarini kompleks hal qilishga, qo‘llanilayotgan usullarning ilmiyligini ta’minlashga, ularning o‘quvchilar uchun qulayligi, ularda faollik va mustaqillikni rivojlantirishga qaratilishi zarurdir.
Matematik ta’limni amalga oshirishda turli o‘qitish usullarining imkoniyatlarini baholashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.
V-VI sinflar matematika kursida o`qituvchi o`quv materiallarini yoritishda eslab qolishning asosan mexanik usullarini qo`llashga yo`naltirilgan usulga (hikoya qilish usuliga) kengroq e’tibor bersa, keyinchalik VII-IX X-XI sinflarda esa bu usul ulushi kamayib, sekin-asta eslab qolishning mantiqiy usullari kengaya boradi. Natijada o`qituvchi o`quvchilarning aqliy faoliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo`ladi, chunki endi matematik ta’lim jarayonida qo`llaniladigan hikoya qilish, suhbat, o`quvchilar mustaqil ishlarini uyushtirish usullari o`rtasida nisbatlar o`zgarib, o`quvchilarning faolligini shakllantirish, mustaqil bilim olishlari uchun sharoitlar yaratiladi.
Sinfdan-sinfga o`tib borgan sari o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash bo‘yicha mustaqil ishlariga oid xilma-xil usullarning salmog‘i sekin-asta ortib, darsda o‘qituvchining o‘quv materialini bevosita bayon qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning turlari kamayib boradi. Bunda o‘qituvchi tomonidan o‘quv faoliyatini bevosita boshqarish darajasi sekin-asta susayib boradi va natijada o‘quvchilar tomonidan ta’lim jarayonida o‘zini-o‘zi boshqarish darajasi ortib boradi. Shuning uchun ham bu sinflarda matematikta’limni amalga oshirishda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishga yetarli e’tibor berish talab etiladi.
O‘quvchilarning yoshiga ko‘ra o‘qitish sur’ati ham o‘zgarishlarga uchraydi, u doimo ortib boradi, natijada dars davomida o‘zlashtirish uchun berilayotgan o‘quv materialining hajmi ham ortib boradi.
O‘qitish usullarini qo‘llashda o‘quvchilar yoshini hisobga olib yondoshish quyidagi xulosani chiqarishga imkon beradi: V-VI sinflarda matematik ta’limni amalga oshirishda o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarini orttirish, ularning qiziqishlarini qondirish, yuqori sinflarda esa yanada intensiv va sermehnat ta’lim jarayoniga tayyorlash uchun o‘qitish usullarini imkoniyati boricha xilma-xil qilish zarur.
Bundan tashqari o‘qituvchi o‘qitish usullarini tanlashda ayni bir yosh gruppasining o‘zidagi o‘qish imkoniyatlari turlicha bo`lgan turlicha rivojlangan o‘quvchilarning xususiyatlarini ham xisobga olgan holda tabaqalashtirib ta’lim berishga ham e’tibor berish lozim bo`ladi. Bunda asosiy mezon o`quv materialini sinfdagi barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishish bo`lganligi uchun o`qituvchi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan har bir mavzu mazmunidagi asosiy tayanch tushunchani ajrata olish qobiliyati, o`z ishini rejalashtirish va nazorat qilish ko`nikmalarini tarkib toptirishga alohida e’tibor berishi kerak bo`ladi.
O‘qituvchi darsda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga tafovutlab yondoshish vazifasini aniqlayotganida yuqoridagi holatlarning barchasini hisobga olishi kerak bo‘ladi. Bunda ana shunday o‘quvchilarning hayotiy tajribalariga ko‘proq urg‘u berish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularda hayotiy tajribalar boshqalarga qaraganda kengroq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ularni amaliy mashg‘ulotlar nazariy mashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq qiziqtiradi. Matematika o‘qituvchisi ularning o‘quv faoliyatini aktiv boshqarishi, yangi materialni tushuntirishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, mavzuning qiyin joylarida zarur bo‘lsa tushuntirish sur’atini bir oz sekinlashtirishi, o‘quvchilar tomonidan savollar berilishini rag‘batlashtirishi ular tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirilishini ta’minlashga yordam beradi.
O‘qitish usullarini tanlash matematik ta’limini tashkil etish shakllarini aniqlashga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agar darsda frontal suhbat usulini qo‘llash tanlangan bo‘lsa, bu ko‘pincha o‘quvchilar bilan ishlashning umumsinf formasini bir yo‘la tanlashni ko‘rsatadi. Agar mustaqil ish olib borish usuli tanlangan bo‘lsa u vaqtda darsning boshida ishning umumsinf formasi qo‘llaniladi, ishni mustaqil holda bajarish paytida esa o‘quvchilar o‘quv ishining individual shakli qo‘llaniladi.

Download 36,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish