Reja kirish i-bob. XVII-XVIII asrlar birinchi yarmida O’rta Osiyoda yuz bergan asosiy ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar



Download 0,65 Mb.
bet37/39
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#720365
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
tarix 4

birinchidan, o’quv mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog’liq;

  • ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bog’liq;

  • uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog’liq;

  • to’rtinchidan, o’quv jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog’liq;

  • beshinchidan, oliy o’quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog’liq;

  • oltinchidan, o’quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog’liq;

  • yettinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o’qituvchining hozirgi zamon metodlari bo’yicha bilimlariga bog’liq.

    Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o’qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko’pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to’plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o’quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
    XULOSA
    O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov qayd etganidek: «Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi»1. I.A.Karimovning tarix fani vakillari bilan uchrashuvidagi suhbatlarida ushbu fanning dolzarb muammolari muhokama qilinib, ijti-moiy taraqqiyotning qonuniyatlarini chuqur o’rganish, O’zbekistonda davlatchilikning qaror topishini ta’minlagan tarixiy sharoitlarga aniqlik kiritish, chorizm va sovet tuzumlarining bu jarayonlarga salbiy ta’siri omillarini aniqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi2.
    O’zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida bu 3 ta xonliklar kata axamiyat kasb etadi.
    Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab — Xiva shahri.
    Tashkil topishi
    Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
    1512 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan.
    Buxoro xonligi (amirligi) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri.
    Tashkil topishi
    1533-yilgacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510-yil Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnahr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar. Shu vaqtdan boshlab Movarounnahr butunlay shayboniylarga tobe boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda xonlikka hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon kirgan. Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda boʻlaklarga boʻlinib ketgan. Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon, Samarqandda esa Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon mustaqillik eʼlon qilgan.
    Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (XVIII-XIX-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Oʻzbeklarning minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan.
    Tashkil topishi
    Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan, Margʻilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi.
    Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islo-hot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805-yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qoʻqonda "Olimxon Toshkentda oʻldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib oʻldirilgan.
    Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari koʻrilgan. 1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yil esa Oʻratepa bosib olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sugʻorish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga eʼtibor berilgan. Xususan, Qoʻqon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot, sanʼat nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini – mashhur oʻzbek shoirasi Nodirabegimning xizmati katta boʻlgan. Umarxonning oʻzi ham "Amiriy" taxallusi bilan oʻzbek va tojik tillarida gʻazallar yozgan. Umarxon vafotidan soʻng uning 12 yoshli oʻgʻli Muhammad Alixon taxtga oʻtirgan. Xon yosh boʻlganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodi-rabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intilgan.
    XVII-XVIII asrlarda O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniy hayot
    XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta'limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g'oyasi markaziy o'rinni egallar edi. O'z boshlang'ich nuqtasini X-XII asrlardan e'tiboran olgan so'fiylik tariqati naqshbandiylik g'oyasi bilan uyg'unligi negizida XV asrga kelib eng yuksak cho'qqiga ko'tariladi, u to XX asrdagi siyosiy to'lqin va larzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining borishida jiddiy rol o'ynaydi. XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Jo'ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din pesh-volari yuqori mavqeyiga ega bo'ladilar. Bu davrning nomdor Jo'ybor shayxlaridan Xo'ja Muhammad Islom (1493-yil atroflari-1563), Hoji Jaloliddin Kosoniy (1549-yilda vafot etgan), u tarixda Mahdumi A'zam nomi bilan mashhur edi; Xo'ja Sa'ad (1531­32-1589); Xo'ja Tojiddin Hasan (1547-1646); Xo'ja Abdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo'lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyandalari bo'lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va huquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o'zlarini «Musulmon amirlari» deb e'lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o'zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e'lon qilingan
    Fors tilidagi manbalar
    Maxmud ibn Vali. XVII asrda o‘tgan balxlik yirik qomu-siy olim. Otasi Mir Muhammad Vali asli farg‘onalik (kosonlik) bo‘lib, Shayboniylardan Pirmuhammadxon I (1546—1567 yy.) davrida Balxga borib qolgan. U o‘qimish-li va keng ma‘lumotli kishi bo‘lib, asosan fiqh ilmida zamonasining peshkadam kishilaridan hisoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan she‘rlar ham yozgan. Mahmud ibn Valining amakisi Muhammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarqand hokimi Boqi Muhammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) devonida xizmat qilgan. Akasi amir Abulboriy esa fiqh, tafsir va tibb ilmini yaxshi egal-lagan olim kishi bo‘lgan.
    Mahmud ibn Valining o‘zi kutubxonadagi ki-toblarni o‘qib ko‘p foyda topganini aytadi. Mirakshoh Husayniy vafot etgan (1624 yil 13 aprel kuni)dan keyin Mahmud ibn Vali kitobiy ilmini amaliy bilimlar bilan boyitish maqsadida boshqa mamlakatlarga sayohat qilish-ga qaror kildi va bir yillik tayyorgarlikdan keyin, 1625 yilning iyul oyida savdo karvoniga qo‘shilib Hindiston tomon yo‘l oldi. U Hindistonda qariyb yetti yil istiqomat kildi va uning Peshovar, Lohur, Dehli, Agra, Roj mahal, Haydarobod, Vijayanagar, Kalkutta, Bixar kabi bir kator yirik shahar va o‘lkalarini borib ko‘rdi va ular-ning aholisi, xalkining urf-odati, tarixi, madaniyati, va nihoyat, osori atiqalari hakida kimmatli ma‘lumotlar to‘pladi. Balxga qaytib kelgan (1631 yil 20 avgust)dan keyin Nadr Muhammadxon (1606-1642 yillari Balx, 1642-1645 yillari Buxoro xoni)ning xizmatiga kirdi va to umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bo‘lib xizmat qildi. Mahmud ibn Valining kachon vafot etganligi ma‘lum emas.
    Eski o’zbek tilidagi yozma manbalar

    Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish