Reja: Kirish I bob. Undosh tovushlar va harflar haqida umumiy ma'lumot. I



Download 25,43 Kb.
bet3/8
Sana30.06.2022
Hajmi25,43 Kb.
#719442
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5386838993000208078

Kurs ishining tuzilishi:
Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda ichki bo`limlar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Kurs ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari yoritilgan.
Birinchi bob “Undosh tovushlar va harflar haqida umumiy ma'lumot” deb nomlanib, u ikki bo’limdan iborat. Unda undosh tovushlar haqida ma’lumot, 2-sinfda jarangli va jarangsiz undoshlar, aytilishida tushib qoladigan undoshlar va yonma-yon kelgan undosh haqida so`z yuritiladi. Ikkinchi bob “Undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi ” deb nomlanib, u 2-sinf darsligidan kelib chiqqan holda tahlil qilingan.
Xulosada 2-sinfda undoshlarning har biriga alohida to`xtalib o`tilib tahlil qilindi. Shuningdek kurs ishi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. Undosh tovushlar va harflar haqida umumiy ma'lumot.
Ushbu bobda tovushlar va harflar, undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. .2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash, hamda tilshunoslikdagi fonetika va tovushlar haqida ma’lumot keltirib, 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslining og`zaki nutqidagi undosh tovushlar tasnifi bilan tanishib chiqildi

I.1. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar. Ularning harf bilan ifodalanishi.
Boshlang‘ich ta'lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi.Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr – bu boshlang‘ich sinf davridir.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:
a) fonetik bilimga asoslangan holdaboshlang’ich sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar;
b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;
v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi;
g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur;
d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliymashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 2-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yo'l qo’yadilar.
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Undoshlar imlosi.
Bb harfi.Odob, kitob so’zlarida p kabi,qibla, tobla so’zlarida v tarzida eshtilsa ham b yoziladi.
Vv harfi chetdan kirgan avtobus, avtomatkabi so’zlardaftarzida eshitilsa ham,v kabi yoziladi. Dd harfi.Obod, ozodkabi so’zlardan t kabi eshitilsa ham D yoziladi.
J j harfi. Jo’ja, jo’rakabi so’zlardatil oldi qorishiq portlovchini ifodalasa,chetdan kirgan jurnal, gijja,ajdar kabi so’zlarda til oldi sirg’aluvchi tovushni ifodalash uchun qo’llanadi.
Zz harfi.Izsiz, yuz ko’rmaskabi so’zlarda S eshitilsa ham z yoziladi.
N n harfi. Manba, tanburkabi so’zlardan m eshitilsa ham n yoziladi.
F f harfi. Fayz,Fotima kabi so’zlarda ba’zan p tarzida aytilsa ham f yoziladi.
Q q harfi.To’qson, maqsad, maqtovkabi so’zlarda x eshitilsa ham q yoziladi.
Tutuq belgisi ( ‘ ). Quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ayirish belgisi o’rnida ishlatiladi.Unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilinishi ifodalasa, undoshlardan keyin kelganda ularning oldingi tovushlardan ajratib aytilishini ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at.
S , h harflari yonma-yon kelganda, ularni shharfi birikmasidanfarqlash uchunham qo’llanadi: as’hob, is’hoq.Mo’tabar, mo’jiza kabi so’zlarda o’unlisi cho’zib aytilsa hamtutuq belgisi qo’yilmaydi.
Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar ham turlicha harakat qilishi mumkin. Masalan: t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar shu tovushning hosil bo’lish o’rni hisoblanadi.Shunga ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi.
Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan o’ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va holatiga, hovo oqimi og’iz bo’shlig’ining qayerida to’siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iboratligiga, talaffuz usullariga ko’ra bir-biridanfarqlanadi:
1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;
2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra;
3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra;
I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
a) shovqinlilar;
b) sonorlar.
Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h kabi undoshlardir.
Shovqinli undoshlar ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi:
1) jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’.
2) Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h.
Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi:
a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi;
b) jarangli undoshlarni talaffuz etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi;
c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo’ladi vaovoz mutlaqo ishtirok etmaydi. Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O’zbek tilida sonorlar beshta: m,ng,n,l,r .Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi:
a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.
b) til o’rta: y.
c) til orqa: k,g,ng.
d)chuqur til orqa.
2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ularga b,v,m,p,f undoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi.
A) lab-lab undoshlari: b,p,m.
B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi.
3. Bo’g’iz undoshi: h
III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi:
1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.
2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.
Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;
Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,sh undoshlarini;
Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;
Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;
Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.
3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.



Download 25,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish