Sana: 21-yanvar Sinf: 5-,,G” Darsning mavzusi



Download 45,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi45,5 Kb.
#19167
Adabiyot fanidan ochiq dars ishlanmasi
Fan:Adabiyot

Sana:21-yanvar

Sinf:5-,,G”

Darsning mavzusi:O’tkir Hoshimovning ,,Dunyoning ishlari”asari yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlash

Darsning maqsadi:

a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarga ,,Dunyoning ishlari”asarining umumiy mazmuni, asarda ilgari surilgan g’oya haqida ma’lumot berish;

b)tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni badiiy adabiyotga mehr-muhabbat,ota-onaga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash

s)rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish

Darsning turi:Egallangan BKMlarni rivojlantiruvchi

Darsning metodi:Bahs-munozara,,,Aqliy hujum” , ,,3/3 metodi”

Darsning jihozi:O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan videorolik,adib asarlari,portreti,,boshqotirma,sahna ko’rinishlari

Darsning rejasi:

1.,,Aqliy hujum”metodi orqali o’tilgan mavzularni takrorlash



2.O’tkir Hoshimov hayoti va ijod yo’li haqidagi videorolik namoyishi.

3.Asardan keltirilgan parchalar yuzasidan sahna ko’rinishlari ijro qilish.

4.Boshqotirma yechish.

5.3/3 metodi orqali matn ustida ishlash

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism:Dars adabiyot fani haqidagi she’r bilan boshlanadi:

Adabiyot o’tmish,adabiyot kelajak,

Adabiyot achchiq qismatlar darsi.

Kinolarga o’xshaydi bu dars

Ba’zan o’lar suyuk qahramon,

Nega hayot buncha teskari,

Xoinlarni saqlaydi omon.

Davomat aniqlanadi,uyga vazifa so’raladi

O’qituvchi:Aziz o’quvchilar!Xalqimiz o’zi suygan farzandlarini doimo e’zozlab kelgan.,,El ardog’idagi odam”deya bu insonlarni barcha birdek qadrlagan,yaxshi va yomon kunlarida mudom yonida kamarbasta bo’lgan. Shu boisdanmi, ularning yurt ravnaqi yo’lidagi fidokorona xizmatlari hammaning dilida mangu saqlanadi.Yozuvchi O’tkir Hoshimov nomini ana shunday faxr tuyg’ulari bilan tilga olamiz. Bugun biz darsimizda O’zbekiston xalq yozuvchisi,adabiyot va madaniyat arbobi,dramaturg,jamoat arbobi O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi hamda uning ,,Dunyoning ishlari” asari yuzasidan olgan bilimlaringizni mustahkamlab olamiz .Darsimizni guruhlar bilan ishlab olib boramiz.

II.O’tilgan mavzuni va uyga vazifani so’rash

O’tilgan mavzu ,,Aqliy hujum”metodi orqali mustahkamlanadi.

Har bir guruhga O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi hamda ,,Dunyoning ishlari”asari yuzasidan beshtadan savol beriladi.O’quvchilar berilgan savollarga guruh bilan birga javob berishadi.

1-guruh uchun savollar:

1. O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tavallud topgan?(Toshkentning Do’mbirobod mahallasida 1941-yil 5-avgustda tavallud topgan)

2.Adibning hayot yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak, qanday sohalarda ishlaganligining guvohi bo’lamiz?(Xat tashuvchi,musahhih,muxbir,gazetada bo’lim mudiri,nashriyotda va jurnalda bosh muharrir)

3.,,Dunyoning ishlari”qissasi qachon yozilgan va u haqida qaysi adib yuksak baho bergan?(1982-yilda yozilgan bo’lib,O’zbekiston qahramoni adib Said Ahmad asar haqida ,,dostondek o’qiladi,uni o’ylab o’z onalarimizni o’ylab ketamiz.Ular oldidagi uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi degan savol ko’ndalang bo’lib turadi” deb yozadi)

4. O’tkir Hoshimovning qaysi daramatik asarlari sahnalashtirilgan?(,,Qatag’on”,,,Inson sadoqati”,,,To’ylar muborak”,,Birovning tashvishi”, ,,Sizdan ugina,bizdan bugina’’)

5. O’tkir Hoshimov qaysi asari uchun qachon Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?(1986-yilda ,,Ikki eshik orasi”romani uchun )

2-guruh uchun savollar

1. O’tkir Hoshimovning birinchi kitobi?(1962-yilda ,,Po’lat chavandoz “nomi bilan

chop etigan)



2. O’tkir Hoshimov qaysi asari uchun mashhur yozuvchi Abdulla Qahhordan maqtov ehitadi?(1963-yilda yozilgan,,Cho’l havosi asari uchun ,,sof ,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o’qiladigan asar yozgani uchun maqtov eshitadi.)

3. O’tkir Hoshimovning romanlari qaysi?(,,Ikki eshik orasi”, ,,Nur borki soya bor”, ,,Tushda kechgan umrlar”)

4. O’tkir Hoshimov qaysi asari uchun qachon Oybek nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?(1982-yilda ,,Dunyoning ishlari’asari uchun)

5. O’tkir Hoshimovning ko’p yillik samarali mehnati,o’zbek adabiyotiga qo’shgan beminnat hissasi hukumatimiz tomonidan qanday taqdirlangan?(1991-yilda Ozbekiston Xalq yozuvchisi unvoni bilan,1996-yilda ,,Mehnat shuhrati” ordeni,2001-yilda ,,Buyuk xizmatlari uchun “ordenlari bilan mukofotlangan)

3-guruh uchun savollar;

1.,,Dunyoning ishlari’qissasi qanday tuzilgan?(Asar kichik hikoyalardan iborat.Bu haqida adibning o’zi shunday yozadi:,,Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat.Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam-onam siymosi bor”

2. O’tkir Hoshimov hikoyalari qaysilar?(,,Muhabbat’, ,,Urushning so’nggi qurboni”

3.,,Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyalarni bilasiz?(Alla,Iltijo, Haqqush,Gilam paypoq,Oltin baldoq,O’ris bolaning onasi, Tasalli)

4. O’tkir Hoshimovning qissalari qaysilar?(,,Odamlar nima derkin?”, ,,Dunyoning ishlari”, ,,Bahor qaytmaydi”, ,,Ikki karra ikki besh”,,,Shamol esaveradi”)

5.,,Dunyoning ishlari”qissasining qaysi bobida adib onasining ,,Meni ham kitob qilib yozsang-chi ,bolam “degan gaplarini esga oladi?(,,Iltijo’)

Savol-javob baholanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu e’lon qilingach, O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish qilinadi.So’ngra asardam keltirilgan parchalar asosida guruh a’zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari ijro etiladi.1-guruh ,,Gilam paypoq”,2-guruh ,,Oltin baldoq”,3-guruh ,,Qarz”hikoyalari bo’yicha ishlangan sahna ko’rinishlari ijro etishadi.So’ngra har bir guruh sahna ko’rinishi yuzasidan savillar beradi.

Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin.

1.Nima uchun adib har yili dam olishga borganda onasiga gilam paypoq sovg’a qilardi?

2.Xosh,ayting-chi,oltin baldoqni haqiqatan ham, qo’shni ayol olganmikan?

3.Ayting-chi, nima uchun adibning qo’lidan konfetlar tushib ketadi?

Savol-javob mustahkamlanadi.

IV.Mustahkamlash.

Mavzu bo’yicha mustahkamlash boshqotirma yechish sharti bilan davom ettiriladi.Boshqotirma ,,Dunyoning ishlari”asari bo’yicha tuzilgan bo’lib,har guruhga beriladi.Guruh a’zolari uni birgalikda yechishadi.



BOSHQOTIRMA

Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin.

1,,Iltijo”hikoyasida adib onasining nima haqidagi hikoyasini eslaydi?

2.Qaysi hikoyada Hakima ayaning o’z nafaqasini qo’shnilarining xursandchili uchun sarflashi bayon qilingan?

3.,,Haqqush” hikoyasidagi aka-ukalardan birining nomi?

4.,,Qarz’hikoyasidagi qo’shni qizning ismi kim edi?

5.Qaysi hikoyada onaning o’z farzandi uchun hatto o’z jonidan kechishga ham tayyor ekanligi bayon etilgan?

6.Qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bo’lgan,ko’ngillarni eritadigan ohang haqida?

7.Qaysi hikoyada insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekanligi tasvirlanadi?

3/3 metodi orqali har bir guruh a’zolari matn bo’yicha 3 ta xato,3 ta to’g’ri ma’lumot yozilgan qog’ozlarni bir-biriga berib, to’g’ri va xato javoblarni topishadi.



V.Darsni yakunlash .

Guruhlar to’plagan ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi,o’quvchilar baholanadi.



O’qituvchi:Aziz o’quvchilar ,mana bugun biz ,,Dunyoning ishlari”asari bo’yicha olgan bilimlarimizni takrorlab ,bilim,ko’nikma va malakalarimizni mustahkamladik. Darsimiz so’nggida shunday xulosa yasashimiz mumkinki,har birimiz oilamiz ustuni, umrimiz mazmuni bo’lgan ota-onalarimizning qadriga yetaylik ,ularning har bir so’zini jon qulog’imiz bilan tinglab ,pand-u nasihatlariga quloq tutaylik.Bu hayotda ularning duolarini olib yashaylik.Chunki ota-onamiz oy va quyosh yanglig’ hayotimizni nurafshon qilib turishadi.Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek:

Boshni fido ayla ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a.

Tun-kuningga aylagali nurposh

Birisin oy angla,birisin quyosh.

VI.Uyga vazifa:,,Ona –ulug’zot” mavzusida matn yaratib kelish.

.

BOSHQOTIRMA


1,,Iltijo”hikoyasida adib onasining nima haqidagi cho’pchagini eslaydi?

2.Qaysi hikoyada Hakima ayaning o’z nafaqasini qo’shnilarining xursandchili uchun sarflashi bayon qilingan?

3.,,Haqqush” hikoyasidagi aka-ukalardan birining nomi?

4.,,Qarz’hikoyasidagi qo’shni qizning ismi kim edi?

5.Qaysi hikoyada onaning o’z farzandi uchun hatto o’z jonidan kechishga ham tayyor ekanligi bayon etilgan?

6.Qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bo’lgan,ko’ngillarni eritadigan ohang haqida?



7.Qaysi hikoyada insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekanligi tasvirlanadi?
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish