Yaroqlilik kelishilgan xizmat ko‘rsatish vaqtini foizlarda o‘lchanadigan ulushini aniqlaydi va AT-xizmat qancha vaqt davomiyligida yaroqli bo‘lishini tavsiflaydi. Masalan, 8x5 kelishilgan xizmat ko‘rsatish vaqtida 95 % yaroqlilik xizmat haftada 2 soat (40 soatning 5 % i) to‘xtab qolishini bildiradi.
Ishonchlilik AT-xizmatning inkor qilinishlarining o‘rtacha vaqti, ya’ni AT- xizmatni taqdim qilishdagi ikkita uzilishlar o‘rtasidagi vaqtning o‘rtacha davri bilan aniqlanadi. Masalan, agar avvalgi misol shartlari (8x5 xizmat ko‘rsatish, 95 % yaroqlilik) da haftada o‘rtacha AT-xizmatda ikkita uzilish ro‘y bersa, inkor qilishning o‘rtacha vaqti 19 soatni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |