IT infrastrukturasi
IT infrastruktura apparat va tizim dasturiy ta'minotni o'z ichiga oladi.
ATning apparat ta`minoti serverlar, shaxsiy kompyuterlar, saqlash tizimlari, tarmoq va aloqa tizimlaridan iborat.
Dasturiy ta'minot operatsion tizimlar, asbob uskuna muhitlari, dasturiy ta'minot va axborot xavfsizligi IT menejment bilan ifodalanadi.
Korporativ muhitda AT-xizmat - bu AT-bo‘limlar (departament, bo‘lim, xizmat) yoki tashqi provayderlar tomonidan tashkilotning biznes-bo‘limlariga ularni biznes-jarayonlarda qo‘llab-quvvatlovchi AT-xizmatlarni taqdim qilishdir.
Korporativ AT-xizmatlariga misol qilib elektron pochtani, tarmoq infratuzilmasini, ma’lumotlarni saqlash tizimlarini, biznes-ilova (oylik maoshlarni hisoblash, hisob raqamlarni shakllantirish) larni, biznes-funksiya (mijoz hisobiga pul mablag‘larini qo‘shish/ayirish) larni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |