Reja: Kirish. Deviant xulq-atvorning ijtimoiy-psixologik omillari


Deviant xulq-atvorli o‘smirlarni o‘rganishda qiyofa va vizual psixodiagnostikaning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 71,71 Kb.
bet3/8
Sana09.07.2022
Hajmi71,71 Kb.
#761565
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курсовой 11233

Deviant xulq-atvorli o‘smirlarni o‘rganishda qiyofa va vizual psixodiagnostikaning o‘ziga xos xususiyatlari
Shaxsni tadqiq etish psixologik tadqiqotlar predmetining muhim tomoni hisoblanadi. Shu bois shaxsni o‘rganish va u yuzasidan ishonchli, ob’ektiv ma’lumot olish yo‘llari va usullarini ta’minlash bo‘yicha doimo izlanishlar olib borilgan. Mazkur ishning mazmunida ham ushbu muammoga umumiy yondashuv amalga oshiriladi.
Shaxsni psixologik o‘rganish nafaqat test yoki aniq psixodiagnostik usullardan foydalanish, balki o‘rganilayotgan shaxsning tashqi qiyofasi, xatti-harakatlari, shuningdek, ko‘z qarashlaridan axborot olish mumkin. Holbuki, bu ma’lumot olish usuli boshqa usullardan ancha samarali hamda tezkor hisoblanadi.
Bu borada keng miqyosdagi tadqiqot olib borgan olimlardan biri Sheldon temperament farqlarini ajratish uchun tip emas, komponentni asos qilib oldi: Birinchisi umumiy sferik shakl, yumshoqlik, juda katta qorin, yelka va belda qalin yog’ qatlami, yumaloq bosh, katta ichki organlar, shalviragan qo‘l va oyoqlar, taraqqiy etmagan suyak va muskullar bilan ajralib turadi.
Ikkinchisi uchun keng yelka va ko‘krak qafasi, muskullari yaxshi rivojlangan qo‘l va oyoqlar, teri osti yog’ining minimal miqdori, og’ir, salmoqli kalla xosdir.
Uchinchisi ozg’in odam, cho‘ziq yuzli, baland peshona, ingichka qo‘l va oyoqlar, tor ko‘krak qafasi va qorin, taraqqiy etmagan muskullar, teri osti yog’ qatlamining yo‘qligi, yaxshi rivojlangan nerv tizimi bilan ajralib turadi. Shu belgilar asosida Sheldon gavda tuzilishining uchta birlamchi komponentini ajratdi va ularni mos ravishda: endomorf, mezomorf va ektomorf deb nomladi. Biologiyada o‘sha davrdagi tassavurlarga ko‘ra endodermadan ichki organlar, mezodermadan suyak, muskul, yurak, qon tomirlari, ektodermadan soch, tirnoq reseptor apparati, nerv tizimi va miya rivojlanadi, deb qaralgan.
U o‘z tadqiqot va kuzatishlariga asoslanib insonlarning tashqi belgilariga (yuz tuzilishi, bo‘yi, tanasiga) ko‘ra, quyidagi guruhlarga bo‘ladi:
1. Endomorf ko‘rinishli insonlar - semiz, irodasiz, jismoniy faolligi sust, kamharakat va beg’am bo‘ladilar.
2. Mezomorflar - gavdali, suyak muskul tuzilishi rivojlangan, jismoniy faol, irodali, jur’atli kishilardir.
3. Ektomorflar - ozg’in, uzun bo‘yli, introvert xususiyatli va kamgap odamlardir.
4. Muvozanatli tiplar - atrofdagilar e’tiborini ko‘p ham tortmaydigan, unchalik ko‘zga tashlanmaydigan kishilardir.
Psixolog insonlar bilan bo‘ladigan muloqotida yolg’on ko‘rsatmalar berishga harakat qilayotgan shaxslar so‘zlarini ko‘proq tanlashlar haqidagi xulosa kelib chiqadi va ayni paytda buning sabablari bir qancha bo‘lishi mumkin:
• insonning aynan so‘zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga ichki moyilligi;
• nutqni (ko‘rsatmani) oldindan tayyorlab qo‘yish mumkinligi;
• qayta aloqa mavjudligi (gapirayotgan odam bayon etishning muvofiq keluvchi yo‘lini tanlab, o‘zini eshitadi);
• so‘zlar (ko‘rsatmalar) uchun javob berishga to‘g’ri keladi, chunki ularni takrorlash oson va ulardan batamom voz kechish qiyin.
Insonning yuz ifodasiga nutqiy munosabatlariga nisbatan kam e’tibor qaratiladi. Yuz qiyofasi ovoz bilan birgalikda eshituvchiga so‘zlayotgan shaxsda uning o‘z so‘zlari keltirib chiqaradigan hissiyotlari haqida axborot berishi, shu bois insonning yuzi ham aldashi mumkin, ammo yuz ifodasini ongli tarzda nazorat qilish qiyinroq jarayon. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob beruvchi sohalari bilan bevosita bog’liq, so‘zlar esa unday emas. Nimani gapirayotganimizni bilishimiz oson, ammo yuzimiz nimani ifodalayotganini bilishimiz ancha qiyin. So‘zlar va yuzga ajratiladiganbunchalik e’tibor natijasida ovozga deyarli e’tibor qolmaydi. Shunga qaramay shaxs yolg’on gapirayotganda ovozi va tanasida ko‘proq e’tibor berishlari to‘g’ri bo‘ladi.
Ovoz ham yuz singari, hissiyotlar uchun javobgar miya sohalari bilan bog’liqdir.
Inson tanasi aldash belgilari ko‘rinadigan muhim manbaalardan biridir. Tana harakatini nazorat qilish unchalik qiyin bo‘lmasada, ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi, ya’ni zarurati yo‘q, deb hisoblaydi. Ekspert shaxslar bilan muloqotga kirishganda ko‘proq ularning yuzlariga va ularning berayotgan ko‘rsatmalariga e’tibor qaratadi. Bunda ekspert yolg’onni aniqlashi axborotning haddan tashqari ko‘pligi sababli oson kechmaydi. Bular: so‘zlar, to‘xtamlar, ovozning jarangi, yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzning oqarishi yoki qizarishi va boshqalardir. Yuqoridagilarning barchasini ekspert hisobga olishi shart hisoblanadi.
Hatto, yolg’on gapirishga tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z xatti-harakatining jihatlarini nazorat qilayotgan shaxs ham ayrim holatlarda o‘zini fosh etishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni nazorat qila olmaydi. Istagan taqdirda ham bu qo‘lidan kelmasligi mumkin.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ba’zilar yolg’on gapirayotganda dangal javob bermaydilar, gapni aylantiradilar yoki keragidan ortiq ma’lumotlar beradilar. Ayrim tadqiqotchilarning aytishicha, buning aksi ham bo‘lishi mumkin: aksariyat odamlar savolga javob berishdan bo‘yin tovlash va aniq javob berishdan qochish uchun haddan tashqari ayyyordirlar. Bunday yolg’onchilarni sezmaslik mumkin. Aynan shu joydagaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylantirish bo‘lgan haqiqatgo‘y insonni noto‘g’ri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjuddir. Ba’zilar doimo ana shunday so‘zlaydilar. Ammo, bu yolg’onchilik alomati emas, balki ularning oddiy gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha birovning aldayotganini aniq ko‘rsatib turgan har qanday ko‘rinishlar boshqa odamlar uchun kundalik xulqining tarkibiy qismigina bo‘lishi mumkin. Verifikator har doim, ayniqsa gumon qilayotgan shaxs bilan tanish bo‘lmasa, ularning tipik xulqini bilmasa, Brokau qopqoni deb ataluvchi qopqonga tushib qolishi mumkin.
To‘xtalish va tutilishlar haddan tashqari uzoq yoki qisqa bo‘lishi mumkin. So‘zlar oldidagi tutilishlar (duduqlanishlar), ayniqsa bu savolga javob berayotganda kelib chiqsa, har doim shubha uyg’otadi. Nutq jarayonining o‘zidagi to‘xtalishlar ham haddan tashqari ko‘p uchrashsa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi to‘xtalish va tutilishlarning sabablari quyidagilardan iborat:
• yolg’onchining o‘z harakatlari yo‘nalishini, muyayan masalani, yoki uning oqibatlarini yetarli darajada o‘ylab ko‘rmaganligi;
• fosh bo‘lib qolishdan, yaqinlari oldida sharmanda bo‘lishdan qattiq qo‘rqqanligi. Vizual psixodiagnostika - insonni kuzatish orqali idrok etish asosida uning psixologik holatini aniqlashdan iborat diagnostik usuldir. Boshqacha aytganda, psixologik axborotni test yoki instrumental usullaridan foydalanmay turib o‘rganish jarayoni hisobalanadi. Kuzatuv avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok jarayoni bo‘lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisaning mohiyati bilan bog’liq, ya’ni kuzatuv maqsadga qaratilgan faoliyat. Inson idroki juda muhim bir xususiyatga ega. Inson tez almashuvchi ta’sirlarni his-tuyg’ularining ketmaketligi sifatida emas, balki umumlashma obraz sifatida qabul qiladi va bizda bu inson haqida tasavvur hosil bo‘ladi. Tasavvur, “bitta” bo‘lishiga qaramay, amalda bir-biriga qo‘shilgan va bir butunlikka birlashgan ko‘plab juz’iy tasavvurlardan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qilib, shaxsga qaraganimizda uning gavda tuzilishi, holati, mimikasi, imo-ishoralari va xatti-harakatlarining ma’nosini sezamiz, ushbu idrok etish jarayonini aniq damdagi idrok sifatida his qilamiz, chunki u juda tez o‘tib ketadi. Biror inson gapira boshlaganida, bizning alohida obrazga, tasavvurimizga ovoz intonatsiyasi, ohangi, til maromi, tovush kuchi, ehtimoliy dialekt tusi va ko‘plab jihatlar qo‘shilib boradi.
Shaxslararo muloqotning bir vaqtda amalga oshiradigan ikki darajasi farqlanadi:
✓ muloqotning mazmun darajasi (u so‘zlarda ifodalangan axborotni, ya’ni gapiruvchi aytishni istagan narsani uzatadi);
✓ munosabatlar darajasi (u axborotni o‘xshatish orqali, ya’ni bunda.so‘zlovchining o‘zi aytayotgan so‘zlarga yoki tinglovchiga munosabati shaklida ifodalanadi).
Albatta, bunday nutqsiz xabarlarni tushunishga har kim ham qodir emas, chunki bunda ichki yo‘nalganlik xususiyatidan kelib chiqib, e’tibor aytilayotgan so‘zlarga qaratiladi. Bunday usuldan barcha mohir yolg’onchilar samarali foydalanadilar, bunda ular nafaqat o‘z xatti-harakatlari yo‘nalishini, balki boshqa maqsaddagi nutqini ham puxta shakllantiradilar.
Inson muloqot jarayonida o‘z mimikasini ovoziga qaraganda yaxshi nazorat qila oladi. Faqat yuz mimikasiga qarab xulosa chiqarish biroz qiyin jarayon, chunki yuz mimikasiga qarab yolg’onni aniqlash uchun tahlil qilishini talab etuvchi ko‘rsatkichlar haddan tashqari ko‘p. Turli tuman mimika, odam yuzining muloqot davomida surilishi, ko‘z harakatlari, nigoh yo‘nalishi, asosiysi - inson turli holatlarining “tashqaridan” turlicha ko‘rinishi ko‘pincha uning haqqoniylik darajasi haqidagi noto‘g’ri xulosaga olib keladi. Boshqa tomondan yuz ifodasini tahlil qilish natijasida ko‘pincha yolg’onni sezish mumkin bo‘ladi.
Psixik jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha narsalar bilan chambarchars bog’liq. Ko‘z qorachig’idagi axborotlarni shakllantirish vaqtida beixtiyor tushib qoladigan muayyan zonalar mavjud bo‘lib, ular ba’zi vaziyatlarda nosamimiylikning turi hisoblanadi, chunki biror bir vazifani bajarishda, berilgan savollarga javob berishda ularni atayin o‘zgartirishi mumkinligi hammamizga ma’lum.
Ko‘pincha ko‘z harakatlarini kuzatish emas, balki ko‘z qorachiqlarining axborot mazmuniga ega jihatlarining mos kelish kelmasligini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida ko‘z qorachig’i vizual emas, balki audial zonada bo‘lishi bunga misol bo‘la oladi.
Yuqorida ko‘z harakatlari muloqot jarayonida suhbatdosh tafakkur yo‘linining ko‘rsatkichi ekanligini bilamiz. Ko‘zlar nafaqat ichki jarayonlarni aks ettiradi, balki teskari aloqani ham vujudga keltirishi mumkin: ong ostidan qandaydir xotiralarni chiqarib olish yoki atayin istayotgan ichki hissiyotni yaratish uchun ko‘pincha ko‘zlarni muayyan holda keltirishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
So‘zlayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganingizda ularning ko‘z soqqalari doimo oldindan-orqaga, yuqoriga va pastga harakatlanayotganligi, tasodifan predmet va insonlarga tikilayotgani, shuningdek, ko‘pincha ichki tajribaga qaratilayotganligini sezishimiz mumkin, ya’ni, yolg’on belgilarni namoyon qilish jarayonida odatda tashqi vizual ta’sirlar e’tibordan qolib ketaveradi. Ko‘zlarning yuqoriga o‘ngga qaratilishi, ko‘z bilan yaratish - bu shaxs tomonidan hosil qilinadigan vizual obraz yoki manzara xolos. Ya’ni avvalgi vizual qo‘shimchaga yangi qism yoki shakl ketma-ketlikda qayta guruhlashtiriladi yoki undan ajratib olinishi talab etiladi.
Yuqoriga va chapga qarash: ko‘z bilan eslash. Bu saqlanayotgan vizual obrazlari yoki manzaralarini ifodalashdir. To‘g’riga va o‘ngga qarash - nutqiy faktlarni xotirada tasavvur qilish, inson hech qachon eshitmagan tovushlarni tasavvur qilishi. Bu suhbat jarayonining shakllantirish bilan bog’liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda odam bundan keyin aytmoqchi bo‘lgan narsalarini “so‘zlarga tushiradi”. To‘g’riga va chapga qarash - nutqiy faktlarni eslash. Bunda “harflar alfaviti”, reklama harflari, telefon raqamlari, shuningdek, sheva va so‘kinish kabi tushunarsiz so‘zlarni ma’nodoshlari bilan solishtirish tushuniladi. Ko‘pincha qisqa, ohangdor yoki bir maromdagi so‘zlar ko‘p takrorlanishi tufayli ilgari idrok etilgan nutqiy obrazlarni eslashda ko‘z soqqalarini ko‘p harakatlantirish jarayonida ham kuzatiladi. Pastga va o‘ngga qarash - bunda inson hosil qilinishi lozim bo‘lgan hissiyotlardan hamda mavjud hissiy xotiralardan foydalanishi mumkin. Tushkun holatdagi insonda ko‘p kuzatiladigan holatni bunga misol qilish mumkin: boshi egik, qo‘llari shalviragan, gavdasi butunlay bukilgan. Bunday odam tom ma’noda o‘z hissiyotlariga sho‘ng’ib ketgan. Pastga va chapga qarash - ichki nutq, odatda “chuqur fikrlash” bilan bog’liq jarayon bo‘lib, ichki so‘z va nutqiy jarayon bilan birga kechadi (o‘zimiz bilmagan holda ba’zan turli tovush va xitoblarimiz tashqariga “chiqib ketishi” ko‘pincha bunga javoban “iltimos, o‘zingizcha g’o‘ng’illashni bas qiling” degan javobni eshitamiz). Shaxs o‘zini xotirjam sezayotgan paytlarda u kompleks, rasional va mantiqiy tafakkurning tahliliy quroli hisoblanadi. Ushbu holat ayrimlarda pastga va o‘ngga qarashda ifodalanishi mumkin.
Bir nuqtaga qaramaydigan nigoh - vaziyatni ko‘z oldida gavdalantirish(vizualllashtirish). Yumuq ko‘zlar - ta’m va hidni ilg’ashga bo‘lgan harakat. Garchi odamlar muayyan ta’m va hidni eslab qolish uchun ko‘pincha ko‘zlarini yumsalar ham qovoqlari ostida ko‘z soqqalarining harakati kuzatiladi. Bu harakat yuqorida tasvirlangan holatlarning biriga mos kelib, ko‘zlar ochiq holatdagidek talqin etilishi mumkin.
Inson nazoratda ushlanadigan qo‘rquv, jumladan, fosh bo‘lishdan qo‘rqish paytida, uning qoshlari biroz ko‘tarilgan - go‘yoki to‘g’ri chiziqqa tortilgan bo‘ladi.
Agar qo‘rquv kuchliroq bo‘lsa, bu belgiga qo‘shimcha boshqa alomatlar ko‘rinadi: peshonada yotiq ajinlar paydo bo‘ladi, ko‘zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq biroz ko‘tarilgan, pastkisi esa taranglashgan bo‘ladi; og’iz biroz ochilgan, burchaklari esa orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to‘g’rilangan bo‘ladi.
Ushbu taranglik va lablardagi to‘g’rilanganlik qanchalik kuchli bo‘lsa, qo‘rquv shunchalik kuchli bo‘ladi. Biroq, peshona tirishmagan holda bir yoki ikkala qosh salpal seziladigan darajada ham ko‘tarilish mumkin.
Peshonadagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e’tiborni bildiradi. Buning turli sabablari bo‘lishi mumkin: dahshat, qo‘rquv yoki oddiygina tushunmaslik, hayrat, sarosima va kutilmaganlik. Bu albatta, vaziyatga bog’liq jarayondir. Peshonadagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib chiqqan umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko‘rsatadi.
Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi muqaddam bandlik, biror holat yoki vaziyatga berilganlikni bildiradi. Ammo, oddiy insonlarda samimiy munosabatda bo‘lgan paytlarida ham o‘zlarining tashqi yuz ifodasi hamda ko‘z harakatlarida yuqoridagi jihatlarni asos qilib olish yaramasligini ham qayd qilish lozim.
Psixolog-ekspert insonlar bilan muloqotda profayling metodidan shaxslarni muayyan axborotni atayin, jinoiy maqsadda buzishi, ya’ni verbal, ham noverbal xabarlarning vaziyat va holatga qanchalik muvofiqligini aniqlash maqsadida foydalanadi. Ushbu mahorat nafaqat kuzatuvchanlik va diqqatni mashq qilishda, balki psixologik kuzatish bo‘yicha barqaror ko‘nikmalarni hosil qilishni, kinestetikaning asosiy qonunlarini tushunishni, suhbat olib borish san’atini egallashni, o‘rganish jarayonida insonlarning xulqini samarali baholashga imkon beradigan bir qator usullarni egallashni nazarda tutadi.


Download 71,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish