1.2 TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO’YICHA YO’RIQNOMA
1.1Umumiy qoidalar
Avtomat telefon stansiyasining kross, LAS avtozalida ishlash uchun yoshi 18 ga to’lgan, tibbiy ko’rikdan o'tgan, xavfsizlik texnikasi va elektr xavfsizligi qoidalari bo’yicha bo’limi tekshirishdan o’tkazilgandan so’ng ruxsat etiladi.
ATS xodimlariga 12 oy muddatga paxta matoli xalat va shippak beriladi.
ATS xonalari va jixozlarini muntazam tozalab turish kerak.
Yo’laklar, shu jumladan stativlar oralig’idagi yo’laklar ochiq bo’lishi va kerak bo’lmagan narsalarni yo’laklarga qo’ymaslik lozim.
ATS dagi barcha xonalar o’t o‘chirish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
ATS jixozlarida yong’inni uglekislotali o’t o’chirish vositasi bilan o’chirish lozim.
Boshqa hollardagi yong’inni kimyoviy ko’pikli o’t o’chirish vositasi bilan o’chiriladi.
2. Maxsus talablar
2.1. Elektr xavfsizligiga rioya qilish.
2.1.1. ATS xonalarida (LAS, avtozal, kross ) ishlatilayotgan elektr rozetkalarida ular ulangan elektr tarmog’idagi kuchlanish ko’rsatib yozib qo’yilishi lozim.
2.1.2. Ish boshlashdan avval elektr asboblarini, elektr kovshir, elektr uzaytirgichlarni ishga yaroqliligini tekshirish kerak.
2.1.3. Ombir, buragich, indikator va boshka elektr asboblarini dastalari himoyalangan bo’lishi lozim.
2.1.4. Singan, ishlatish uchun yaroqsiz va sinovdan o’tmagan asboblar bilan ishlash man etiladi.
2.1.5. Ishlatilayotgan montyorlik asboblarini har yili bir marta laboratoriya sinovidan o’tkazib turiladi.
2.1.6. Kross, LAS, avtozal xonalari bir komplektdan dielektrik himoya vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
2.1.7. Stansiya jixozlarini payvandlashda ishlatilayotgan elektr kovshir 42 V elektor kuchlanishiga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
2.1.8. Elektr tarmog’idagi rozetkada 220 V kuchlanish bo’lib, 42 V kuchlanishni rozetka bo’lmagan holda elektr kuchlanishini pasaytirib beruvchi transformatordan foydalanish zarur.
2.1.9. Elektr kovshir yonmaydigan kuygich (podstavka) bilan hamda kanifol va qo’rg’oshin quyish uchun moslama bilan ta’minlanishi lozim.
2.1.10.Stansiya jixozlarini kovsharlashda elektr kovshirdagi qo’rg’oshinni elektr kovshirni siltab tushirmasdan, uni maxsus idishga (podstavkaga) tushirish, kovshirda qolgan qo’rg’oshinni esa latta bilan olish kerak.
2.1.11.Ish jarayonidagi uzoq tanaffus vaqtida hamda ish tugagandan so’ng elektr kovshirni elektr tarmog’idan o’chirib qo’yish zarur.
2.1.12.Elektr uzaytirgichlarni, elektr kovshirlarni, olib yuradigan elektr chiroqlarning elektr shnurlarini, simlarini, kabellarini qobig’i hamda shtepsel vilkalari butun bo’lishi va shikastlangan joyi bo’lmasligi kerak. Olib yuradigan elektr chiroqning lampochkasi metal tur bilan himoyalangan bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |