Non-Java Code Support
You're not limited to the Java programming language. You can include many other programming languages, such as C/C++, scripting languages like JavaScript, etc. Even more exciting, define your own language and include it in your projects.
Xulosa
«O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi – o’z tarmog’i bilan O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan yirik telekommunikatsiya operatori hisoblanadi. O’zining zamonaviy texnologiyalar negizida qurilgan telekommunikatsiya tarmog’idan foydalangan holda, kompaniya mutloq va mobil aloqa operatorlari va provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa, tovushli aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining barcha turlari, Internet tarmoidan foydalanish, videokonferensaloqa, CDMA standartidagi mobil aloqa kabi xizmatlarni ko’rsatadi, tele va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallarni tashkil etadi. O’zbektelekom” AK mobil aloqa tarmoini modernizatsiya qilish va kengaytirish maqsadida, Kompaniya tomonidan CDMA-2000 1x va CDMA-2000 1x EV-DO rev. A 450 MGts mobil aloqa tarmog’ini rivojlantirish va kengaytirish loyixasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida qurilmalarni xarid etish uchun ochiq tender savdolarini o’tkazilishi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan (2011 yil 23 iyundagi 20-8/2695-son xati) va xozirda tender savdolari (tender takliflarini baxolash ishlari) o’tkazilmoqda.
2011 yilda shahar, qishloq ATSlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish hisobiga «O’zbektelekom» AK bo’yicha mahalliy telefon tarmoqlarining o’rnatilgan siimi umumiy hisobda kompaniya bo’yicha 1 987 586 raqamni, ulardan shahar telefon tarmoi bo’yicha – 1 792 460 raqam va qishloq telefon tarmoi bo’yicha – 195 126 raqamni tashkil etdi.Raqamli ATSlarning o’rnatilgan siimi 2010 yilga nisbatan 6 056 raqamga oshdi.
«O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining kadrlar siyosati zamonaviy demokratik prinsiplar asosida xodimlarni tegishli lavozimlarga saralash, ishbi-larmonlik va tadbirkorlik qobiliyatiga ko’ra, xizmatga tayinlash, mutaxassis va rahbar xodimlarni muntazam ravishda, respublikamizdagi yetakchi ta’lim muassasalari hamda chet ellarda malaka oshirishini tashkil etishni davom ettirish tadbirlariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
2011 yil aprel oyida «O’zbektelekom» AK 2011 yil 1 fevraldagi 50-sonli buyruiga muvofiq, Kompaniya keng miqyosli rebrending o’tkazilishi – Kompaniya va uning bo’linmalari xizmatlarini ilgari surish yagona kompleks ko’rgazmali strategiyasini yaratishga qaratilgan yangi brend va subbrendlar haqida e’lon qildi. «O’zbektelekom» AK 2011-2015 yillarda marketing faoliyatini rivojlantirish bo’yicha tad-birlarni amalga oshirish doirasida hamda Kompaniya savdo xizmatlari hajmini oshirish maqsadida Kompaniya Kuzatuv Kengashi tomonidan rebrending amalga oshirish to’risida qaror qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2008 yil 30 yanvarda berilgan 00531-sonli litsenziyaga muvofiq, o’z faoliyatini amalga oshiradigan «PKF MAK ALYANS» auditorlik kompaniyasi nomidan 2011 yilning 25 iyul kuni 49-KA-raqamli auditor malaka sertifikati asosida ish ko’radigan auditorlik kompaniyasi tomonidan 2011 yilning 1 yanvar kunidan 31 dekabrgacha bo’lgan davr mobaynida «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi moliyaviy hisobotining tekshiruvi o’tkazildi. Auditorlik tekshiruvi O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlariga, auditorlik faoliyatini boshqaruvchi «Auditorlik faoliyati to’risida»gi Qonuni,O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy standartlari,shuningdek, auditorlik kompaniyasining audit va rma ich boshqaruvstandarti talablariga muvofiq o’tkazildi.Mazkur standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzilishlarga ega emasligiga yetarlicha ishonch hosil qilishimiz uchun auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va o’tkazishni ta’minlashni talab etdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. I.A.Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” Toshkent. “O’zbekiston” nashriyoti 2011yil.
2. I.A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” konsepsiyasi.2010 yil 12 noyabr.
3. I.A.Karimov “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risida PQ-1730-son Toshkent sh. 2012 yil 21 mart.
4. Крук Б.И. и др. Телекоммуникационные системы и сети. - М.:Горячая линия – Телеком, 2004
5. Болгов И.Ф. и др. Электронно – цифровые системы коммутации. - М.: Радио и связь, 1988
INTERNET SAYTLARI
1. http://www.morion.ru
2. http://www.informost.ru
3. http://wiki.elnit.org
4. http://www.samtel.uz
5. http://www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |