2.2 Kross tavsifi
Krossning asosiy vazifasi- liniya tomonidan kelgan kabel va stansiya tomonidan chiqqan kabel kross orqali bir-biri bilan bog’lashdan iboratdir. Liniyadan kelgan kabel grampolasaga uzatiladi, stansiyadan kelgan kabel esa, krossdagi ramkaga uzatilib va shu orqali nomeratsiya bo’yicha belgilanadi.Krossda ham uskunalardan foydalanish vaqtida hech qanday xalaqitlarsiz ishlash uchun tartib bilan joylashtirilgan bo’lib, unda ishlash uchun qulay sharoit yaratilgan. Krossni boshqarish sinov stolida amalga oshiriladi.
Sinov stolining vazifasi - bu liniya o’lchov stoli bo’lib, unda abonent nomerini liniya nosozliklarini o’lchashdan iborat.
Krosssning sinov stoli orqali 3 xil liniya nosozligi bo’yicha ma’lumot olishimiz mumkin:
- Сообщения;
- Обрыв;
- Земля;
Сообщения - bu foydalanayotgan abonentning simi bir-biriga tegib qolishi tushuniladi. Shu sababli abonent so’zlasha olmaydi.
Земля - kabelning biron-bir yaralangan joyi devor, shifer, daraxtlar va boshqa narsalarga tegib qolishi tufayli yuzaga keladi. Bu nosozlikni krossda ham tekshirish mumkin. Bunda liniya yoki stansiya orqali chiqqach kabeldan amalga oshiriladi.Masalan: abonent ramkasiga ulangan krossirovkadan bo’lishi mumkin. Uni nima uchun saqlagich deyilishiga sabab, liniyadan adashib kelgan tok kuchlanishini kross ramkalari xavfsizligini oldini olish uchun maxsus o’rnatilgan uskuna hisoblanadi. Обрыв - telefon simi uzilganligi to’g’risida ma’lumot beradi.Masalan: krossdan mantyor shkafigacha, shkafdan abonent qutigacha, qutidan abonent xonadonigacha bo’lgan nosozlikni tekshirib chiqiladi.
2.3 NEAX – 61E stansiyasining xarakteristikasi
Yaponiya koorporatsiyasi NEC ning NEAX-61E tizimi katta sig‘imli raqamli kommutasiya tizimi hisoblanadi. U kommutasiya tarmog‘ining turli amaliy funksiyalarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Tizim yozilgan dastur bo‘yicha boshqariladi va integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq (ISDN) xizmatlarini taqdim etishi mumkin. ISDN xizmatlarini berish ikki simli analog abonent liniya bo‘yicha umumfoydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telekommunikatsiya tarmog‘i, ulash liniyalari bo‘yicha paketlarni kommutasiyasi asosida ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, raqamli liniyalari bo‘yicha paketlarni kommutasiya asosida ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bilan o‘zaro hamkorlik yo‘li bilan ta’minlanadi.
NEAX-61E tizimining qurilmalar majmuasi mahalliy, shaharlararo, xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlashga mo‘ljallangan. U hamma turdagi ATS va SHATS lari bilan o‘zaro aloqani ta’minlaydi. Agar tizim mahalliy tarmoqda ishlatilsa stansiyaning maksimal sig‘imi 350000 abonent liniyalari yoki 18450 ulash liniyalariga, stansiyaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 27000 Erlanga, agar shaharlararo va xalqaro tarmoqlarda qo‘llanilsa, stansiyaning maksimal sig‘imi 60000 ulash liniyalariga, konsentrator sifatida ishlatilsa, sig‘imi 4096 abonent liniyalariga teng bo‘ladi. Eng katta yuklama soatida stansiya 1500000 chaqiriqqa xizmat ko‘rsata oladi. Tizim maksimal 512 marshrut hosil qila oladi. Hamma turdagi nomerlash tizimida ishlay oladi.
Tizimga hamma turdagi abonent va ulash liniyalarni ulash mumkin. Shuning uchun NEAX-61E tizim hamma turdagi abonent signalizatsiyasi (impuls, ko‘p chastotali “8 dan 2” kodi) va hamma registr turdagi signalizatsiyasi (batareya impulslari, ko‘pchastotali kod “6 dan 2”,”5 dan 2”, MF/ MFC, ITU-T tavsiyalar asosidagi 1, 4, 5, 6, 7, R1, R2, liniya signallari, umumkanal signalizasiyasi) bilan ishlay oladi. Hamma turdagi tarifikatsiyani qo‘llashi mumkin.
NEAX-61E tizimining kommutasiya maydoni vaqt-fazo-fazo-vaqt (T-S-S-T) tamoyili bo‘yicha qurilgan.
NEAX-61E tizimida markazlashmagan boshqarish usuli ishlatilgan. Bu yuklamani taqsimlashga, tizim tuzilmasini soddalashtirishga va ishlatiladigan modullar sonini kamaytirishga olib keladi. Tizim 48 ± 5V kuchlanishli o‘zgarmas tokdan oziqlanadi. Tizim modulli tuzilma asosida yaratilgan. U mustaqil modullar apparat vositasidan va dasturiy ta’minotdan tashkil topgan. Unda qurilma modullarida taqsimlangan boshqarish usuli qo‘llanilgan.
NEAX-61E tizimi to‘rtta funksional tizimchalardan iborat (1- rasm):
1. Amaliy tizimchasi;
2. Kommutatsiya tizimchasi;
3. Protsessor tizimchasi;
4. Ekspluatatsiya va texnik xizmat tizimchasi.
Tizimning amaliy tizimchasi har xil turdagi abonent va ulash liniyalarini kommutasiya maydoniga ulash va yuklanishni konsentratsiya qilish vazifasini bajaradi. Analog abonet liniyasini va taksofonni ulash uchun liniya moduli LM , analog ulash liniyasini ulash uchun ulash liniya moduli TM, raqamli ulash liniyasini ulash uchun raqamli uzatish interfeys moduli DTIM, ISDN abonentlarni ulash uchun ISDNM moduli ishlatiladi. Bundan tashqari, amaliy tizimchada raqamli abonent konsentratori DLSW, birlamchi multipleksor PMUX, mahalliy kontroller LOC, raqamli uzatish interfeysi kontrolleri DTIC mavjud.
Tizimning kommutasiya tizimchasi (kommutasiya maydoni) 4 zvenoli bo‘lib, nutq traktini yaratadi yoki uzadi.
NEAX-61E multiprotsessorli tizimida modulli protsessor tizimchasi ishlatilgan. U ekspluatasiya va texnika xizmatni, umumkanal signalizatsiyasini, operatorining ishchi joyiga xizmat ko‘rsatishni, chaqiriqqa ishlov berishni boshqarish funksiyasini bajaradi.
Protsessorning 4 ta turi mavjud:
Ekspluatatsiya texnik protsessor belgisi OМП
Chaqiriqqa xizmat ko’rsatish protsessori CLP
Ishchi joyini boshqarish protsessori PCP
Umumiy kanal signalizatsiya protsessori CCSP hisoblanadi.
Har bir protsessor rezervlantirilgan bo’ladi.NEAX – 61E da maksimum 32ta protsessor bo’lishi mumkin. 22 tagacha CLP protsessori 1 ta ekspluatatsiya xizmat protsessori PCP va CCSP dan 9 ta bo’ladi.
Agar protsessorlar soni 16 tadan oshmasa ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatish protsessori 1 ta olinadi, agar oshsa qo’shimcha qo’yiladi.Protsessor blokida protsessorlardan tashqari quyidagi qurilmalar bo’ladi:
Shinalar kontrolleri BC
Umumiy xotira moduli CMM
Umumiy xotira moduli interfeysi CMPIM
Multipleksorlar kontrolleri MPC
Umumiy xotira adapter ya’ni moslashtirish CMADP
Operativ xotira MM
Tizim shina protsessori SBP
Tizimga xizmat ko’rsatish protsessori SSP
Kiritish-chiqarish protsessori IOP
Texnik xizmat ekspluatatsiya protsessori rezervlashtirilgan bo’lib u testini Ekspluatatsiya va texnika xizmat tizimchasi O&M odam mashina interfeysini ta’minlaydi. Bu interfeys buyruqlarni kiritish va ma’muriy boshqarish reglamentli texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga imkon beradi. Bundan tashqari, u tizim ishini nazorat qilish, hamda abonent va ulash liniyalarini testlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |