Reja: Kirish Asosiy qism: I.BOB. «O‘zbеktеlеkom» korxonasi va uning filiallari haqida. 1.1 «Uztelekom» AK Qashqadaryo filiali Nishon telekommunikatsiya bog’lamasi haqida umumiy ma’lumotlar
1.2 Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari bo’yicha yo’riqnoma
II.BOB. Korxonada mavjud ma’lumotlar uzatish tarmog’i , xizmatlar va tizimlarda o’rnatilgan qurilmalar 2.1 "O'zbektelekom" AK "Yagona oyna" tamoyili bo'yicha xizmat turlarini kengaytirdi.
2.2 Telekommunikatsiya bog’lamasida o’rnatilgan KROSS xonasi va jihozlari.
2.3 NEAX – 61E stansiyasining xarakteristikasi bo’yicha tushuncha.
2.4 Stansiyada foydalaniluvchi LTF stoykasi .
2.5 NEAX – 61E tizimining protsessorlar bloki.
III.BOB. Development Network Application based on Java Servlets.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish Oliy o’quv yurtlari talabalari o’qish mobaynida nazariy bilimlar bilan birga amaliyot bilan, ya’ni olgan bilimlarini amalda sinab ko’rish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Buning uchun oliy o’quv yurtlari tomonidan turli xil mutaxassislik muassasalarida ishlab chiqarish o’quv amaliyotlar joriy etilgan. Bu amaliyotlarni talabalar bosqichma-bosqich o’taydilar.
Ishlab chiqarish o’quv amaliyoti talabalarning o’z bilimlarini mukammalroq namoyish etishlariga xizmat qiladi. Bu jarayonda talaba tayinlangan korxonaga borib, u yerdagi barcha qonun –qoidalarni puxta o’zlashtirishi, oliy o’quv dargohida olgan bilimlarini amaliyotda ancha erkin qo’llashi, topshiriqlarni a’lo darajada uddalashi, korxonaning bevosita umumfaoliyati bilan tanishib chiqishi talab etiladi. Bunda talaba oliy o’quv yurtini bitirgandan so’ng qanday mutaxassis bo’lishi ayon bo’ladi. Ishlab chiqarish o’quv amaliyoti talabaning nechog’lik bilimli ekanligini, uning kelajakda jamiyatga qanday foyda keltira olishini ko’rsatadi va uning bilimlarini mustahkamlashda nihoyatda muhim o’rin tutadi.
Men ham xuddi shunday ishlab chiqarish o’quv amaliyotini «Uzbektelekom» AK Qashqadaryo telekom filiali Nishon telekommunikatsiya bog’lamasida o’tadim.
«O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi – o’z tarmog’i bilan O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan yirik telekommunikatsiya operatori hisoblanadi. O’zining zamonaviy texnologiyalar negizida qurilgan telekommunikatsiya tarmog’idan foydalangan holda, kompaniya mutloq va mobil aloqa operatorlari va provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa, tovushli aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining barcha turlari, Internet tarmog’idan foydalanish, videokonferensaloqa, CDMA standartidagi mobil aloqa kabi xizmatlarni ko’rsatadi, tele va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallarni tashkil etadi.«O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi O’zbekiston davlat idoralari va muassasalari uchun telekommunikatsiya xizmatlarini yetkazuvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.