Reja Kirish 1 Bob. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy majburiyatlarini umuminsoniy munosabatlarda namoyon bo’lishi



Download 357,5 Kb.
bet16/26
Sana15.08.2021
Hajmi357,5 Kb.
#148177
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi 5760100 – “

4.2.Ijtimoiy adolat.

Ijtimoiy o’zlari ish olib boradigan insonlarga va umuman jamiyatga aloqador bo’lgan ijtimoiy adolatning o’rnatilishiga yordam berishga majburdirlar. Bu quyidagilarni anglatadi:

Negativ (salbiy) tahqirlashga qarshi chiqish.

Tafovutlarni tan olinishi.

Chora-imkoniyatlarning teng taqsimlanishi.

Adolatsizlikka qarshi chiqish.

Mustahkam birdamlikda ish olib borish.

5. Kasbiy xulq-atvor.

IIXF va IIMXA – a’zolari kasbiy axloq va mazkur hujjatning mohiyati bilan bog’liq bo’lgan, o’zlariga tegishli bo’lgan qoidalar va qo’llanmalar to’plamini ishlab chiqishlari va to’ldirib borishlari kerak. Milliy tashkilotlar ijtimoiy ishchilarni mazkur xujjatlar va qoidalardagi o’zgartirishlari bilan xabardor qilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar o’zlarining mamlakatlari spesifikasini (o’ziga xosligini) inobatga olgan holda qabul qilingan qoidalar va normativ xujjatlarga binoan harakat qilishlari kerak. Shu bilan bir qatorda ular o’z ishlarida kasbiy xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalarga amal qilishlari kerak:

Ijtimoiy ishchilar o’zlarining ishlarini samarali bajarilishi uchun zarur bo’lgan malaka va kompetensiya (huquq, vakolat) darajasini doimo ko’tarib turishlari va rivojlantirishlari kerak.


  1. Ijtimoiy ishchilar o’z malakalarini (mahoratlarini) odamlarning azobga solinishi yoki terrorizm kabi noinsoniy maqsadlarda qo’llanilishiga yo’l qo’ymasliklari kerak.

  2. Ijtimoiy ishchilar vijdonan, halol yo’l tutishlari kerak.

  3. Ijtimoiy ishchilar birga ishlaydigan insonlarga hamdardlik, xayrixoxlik va g’amxo’rlik bilan muomala qilishlari kerak.

  4. Ijtimoiy ishchilar mijozlarining qiziqish va talab-ehtiyojlarini shaxsiy qiziqish va talab-ehtiyojlariga bo’ysindirmasliklari kerak.

  5. Ijtimoiy ish xodimlari sifatli xizmat ko’rsatish imkoniyatlariga ega bo’lishlari uchun o’z ish joylarida, umuman, jamiyatda o’zlari haqida ham g’amxo’rlik qilishlari kerak.

  6. Ijtimoiy ishchilar mijozlari to’g’risidagi ma’lumotlarni konfidensialligini saqlashlari kerak.

  7. Ijtimoiy ishchilar mijozlari, hamkasblari, ishchilari, professional tashkilotlar va qonun oldida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishlarini anglashlari kerak.

  8. Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy ish maktablari bilan hamkorlik qilishlari va bu maktablar talabalariga sifatli amaliy treninglar va zamonaviy amaliy bilimlarni taqdim etgan holda ularni qo’llab-quvvatlashga tayyor bo’lib turishlari kerak.

  9. Ijtimoiy ish xodimlari hamkasblari bilan doimo kasbiy axloq masalalarini muhokama qilishlari va axloqiy tomonlariga e’tibor bergan holda qarorlar qabul qilishlari kerak.

  10. Ijtimoiy ishchilar o’zlari qabul qilgan qarorlarining sabablarini va izohini tushuntirib berishga doimo tayyor bo’lishlari kerak.

  11. Ijtimoiy ishchilar xujjatlarda bayon etilgan tamoyillar, shuningdek mamlakat xujjatlarida qabul qilingan qoidalar doimo muhokamada bo’lib qadrlansa, mazkur hujjatning bajarilishi uchun o’z agentligi va davlatida kerakli bo’lgan shart-sharoitlarning yaratilishi ustida ishlashlari kerak.

II.Ijtimoiy ishchining mijozlarga nisbatan belgilangan axloqiy burchlari.

Ijtimoiy ishchi mijozining mustaqilligini tan olishi va rivojlantirishi uchun maksimal kuch qo’shishi kerak. Ijtimoiy ishchining burchlari - mijoziga qaratilgan burchlari hisoblanadi:

- ijtimoiy ishchi mijoz bilan shaxsiy qiziqishi asosida munosabatda bo’lmasligi kerak;

- ijtimoiy ishchi insonlarning tahqirlanishlari bilan kurashib, millati, yoshi, e’tiqodi, oilaviy mavqyei, aqliy va jismoniy nuqsoniga asoslangan tahqirlashning turli xil shakllarida ishtirok etmasligi va amalda sinamasligi kerak;

- ijtimoiy ishchi mijoziga ziyon keltiradigan aloqa va munosabatlardan chekinishi kerak;

- ijtimoiy ishchi mijozini ijtimoiy xizmat bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik huquqi, imkoniyatlari va majburiyatlari haqida xabardor qilishi kerak;

- ijtimoiy ishchi hamkasblari va ustozlari bergan maslahatlarga amal qilishi kerak, agar bu uning qiziqishlari va ishi bilan aloqador bo’lsa;

- ijtimoiy ishchining mijozi bilan olib borilayotgan ishi mijozi va oilasi uchun zarur bo’lmay, qiziqishlari va muhtojligiga xizmat qilmasa, ijtimoiy ish xodimi bu ishni va professional munosabatlarni yakunlashi kerak.



Konfidensiallik(maxfiylik) va sir saklashi

Ijtimoiy xizmat xodimi mijozlarning sirlarini hurmat qilishi va kasbiy ijtimoiy yordam davomida ko’rsatilgan ma’lumotlarni tarqatmaslikka majburdir:

- ijtimoiy ishchi faqatgina professional sharoit taqozo etsagina mijozning ruxsatisiz maxfiy ma’lumotlar bilan bo’lishishi mumkin.

- ijtimoiy ishchi mijozlarini maxsus vaziyatda konfidensial ma’lumotlar chegaralari va bu ma’lumotlar qay maqsadda ishlatilishi haqida to’liq xabardor qilishi kerak.

- ijtimoiy ishchi zarurat tug’ilganda mijozlarini har qanday rasmiy hujjatlar bilan ta’minlab berishi kerak.

- mijozlarni zaruriy hujjatlar bilan ta’minlab, ijtimoiy xizmat xodimi hujjatlarda saqlanayotgan qolgan ma’lumotlarning konfidensialligiga rioya qilishi kerak.

- ijtimoiy ishchi magnitafon yozuvlarini va ma’lumotlarni bosmadan chiqarishdan oldin mijozlarining roziligini olishi kerak.



Gonorarlar

Ijtimoiy xizmat xodimi ijtimoiy yordamning turli xil ko’rinishlari uchun belgilangan gonorarlar adolatli, idrokli, andishali va ko’rsatilgan ijtimoiy yordamning turlari mijozning to’lash qodirligi bilan kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.

«Ijtimoiy ishning etikasi: tamoyillarining tasdiqlanishi» deb nomlangan hujjat 2004 yil oktyabrda Adelaidada (Avstraliya) ijtimoiy ishchilarning xalqaro Federasiyasi va ijtimoiy ish maktablarining xalqaro Assosiasiyasining umumiy uchrashuvida tasdiqlangan.


Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish