Kasbga munosabat.
Kasbning qadrini, bilimlar va metodologiyasini himoya qiling; ularni ommalashtirish va takomillashtirishga o’z hissangizni qo’shing.
Ijtimoiy ishdagi professionalizmni ko’taring, uni har tomonlama takomillashtirishga harakat qiling.
Kasbingizni o’rinsiz tanqiddan himoya qiling, kasbingiz zarur ekani to’g’risidagi ishonchni mustahkamlash uchun imkoni bor ishlarning barchasini qiling.
Kasbingizni, uning nazariyalari, usullari va amaliyotini konstruktiv tanqid qiling.
Yangi va mavjud bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ishning yangicha yondashuvlari va usullarini ishlab chiqishni har tomonlama rag’batlantiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |