Reja Kirish 1 Bob. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy majburiyatlarini umuminsoniy munosabatlarda namoyon bo’lishi


Ijtimoiy xizmatchining majburiyatlari



Download 357,5 Kb.
bet14/26
Sana15.08.2021
Hajmi357,5 Kb.
#148177
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi 5760100 – “

Ijtimoiy xizmatchining majburiyatlari:

    1. va’zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta’qiqlamaslik. Mijoz shaxsining sha’ni va unikalligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash;

    2. mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko’rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o’rniga o’zini qo’ya bilish, nazokat va odob ko’rsata bilish;

    3. muloqotmand bo’lish, ochiq bo’lish, mijozni “gapirtira bilish”, birgalikda muammolarning yechimini aniqlash; atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo’lish;

    4. mijoz va uning atrofidagilar o’rtasida vosita, bog’lovchi xalqa bo’lish, mijozga ko’rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha’ni pastga urilishiga yo’l qo’ymaslik;

    5. mijoz bilan ishlashda norasmiy bo’la bilish, mijozning o’z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko’makchi vazifasini bajarish; o’zaro munosabatlarni tenglik asosidagi dialogga qurish;

    6. doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtai nazaridan yondashish. Mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik; shaxs yoki odamlar guruhiga g’ayriinsoniy va diskriminasion yondashuvlarning oldini olish; mijozni jismoniy yoki ruhiy o’ng’aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va haqoratlardan himoya qilish;

    7. o’z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok hatti-harakatlarni istisno qilish. Doimo faqatgina mijoz manfaatlari yo’lida harakat qilish;

    8. o’ziga ko’makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko’magini ta’minlash;

    9. faqatgina o’zi vakolatli bo’lgan doirada ish yuritish, o’z ishining sifati uchun shaxsan mas’ul bo’lish; tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik; mijozni qo’llanilayotgan tadbirlar, unga ko’rsatilayotgan yordam harakteri, yozuvlar, to’planayotgan ma’lumotlar haqida xabardor qilish;

    10. o’zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo’lida foydalanmaslik; vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish; mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik. Ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish. Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg’alar olmaslik;

    11. kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish. o’z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;

    12. kasbning obro’si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. Kasbiy o’zaro munosabatlar va o’zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko’rish (V. G. Bocharova).

Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me’yorlarni buzish yoki xatolar “beg’amlik, malakasizlik yoki oldindan o’ylangan niyat tufayli kasbiy me’yorlarni buzish” sifatida baholanadi. Ijtimoiy soha xizmatchilari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo’linayotgani haqidagi shubha to’g’risida xabar bermaganlari, suiiste’molliklar, so’z bilan haqoratlash yoki jismoniy zo’ravonlik tahdidi singari holatlarga befarqlik, hatti-harakatlar yordamida haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga xato natijasida yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta’qib qilinishi mumkin.

Malaka tavsifi bilan belilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy pedagog va ijtimoiy soha xizmatchisi o’zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanadi:



    • mijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati organlarida ifodalash va himoyalash;

    • maxsus ma’lumot to’g’risidagi va lisenziyaga mos bo’lgan diplom yoki sertifikat bo’lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish;

    • mijozlar ehtiyojlari bilan bog’liq ma’lumotlarni to’plash, aholi orasida sosiologik so’rovlar, diagnostik tadqiqotlar o’tkazish;

    • mijozlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish to’g’risidagi rasmiy so’rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish;

    • o’z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati to’g’risida davlat idoralariga axborot berish;

    • ijtimoiy tashabbus va faollik ko’rsatganlari uchun ota-onalar, oilalar, ijtimoiy ish volontyorlarini taqdirlash to’g’risida korxonalar va muassasalar, tijorat tuzilmalari va jamoat birlashmalariga takliflar kiritish;

    • oiladagi tarbiya, ijtimoiy ishdagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ’ib qilish uchun faol ish yuritish;

    • muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.

Ijtimoiy ishchilarning axloq to’g’risidagi bilimlari kasbiy amaliyotining muhim qismi hisoblanadi. Ularning axloqiy xushmuomalalik bilan yo’l tutishga intilishlari va qobiliyatlari taqdim etilgan xizmatlar sifatining muhim jihati hisoblanadi. IIXF va IIMXA larning axloqqa qaratilgan maqsadlari bu ijtimoiy ish tashkilotlari, ijtimoiy ish maktablari va ijtimoiy ish sohasi bilan shug’ullanadigan talabalar tomonidan axloqiy muammolarning tahlili va muhokama jarayonlarini osonlashtirish va bajarilishiga yordam berish hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimlari duch keladigan axloqiy muammolarning ba’zilari o’zlari yashaydigan xududga xos bo’lishi, boshqalari esa barcha davlatlar uchun umumiy bo’lishi mumkin. Umumiy tamoyillarga rioya qilgan holda, umumtasdiqlangan IIXF va IIMXA o’z oldilariga butun dunyo ijtimoiy ish xodimlarining o’zlari duch keladigan muammolar va dilemmalar orasida fikr yuritishi va mulohazalarni kuchaytirishi va rag’batlantirishi hamda ular tomonidan aniq qabul qilinadigan qarorlar, xulosalarni axloqiy muammolar majmuasining umumiy bilimlariga asoslanishini maqsad qilib qo’ydilar. Ijtimoiy ish sohasi axloqiy tomonlarining muammoli jabhalari quyidagilar hisoblanadi:

- nizolarni barcha tomonlariga sodiq va xolis bo’lgan holda bartaraf qilish zarurligi;

- ijtimoiy ishchilar yordamchilar sifatida harakat qilishlari bilan bir vaqtning o’zida yordam ko’rsatilishi jarayonini nazorat qilishi zarurligi;

- ijtimoiy ishchilar o’zlari ish olib borayotgan mijozlarining talab-ehtiyojlarini himoya qilish majburiyati va jamiyat talablari bilan o’z faoliyatlarini ko’rsatilgan xizmat ma’qulligi va samaradorligi asosida muvofiqlashtirilishi zarurligi o’rtasidagi nizo.

- jamiyat ixtiyorida bo’lgan resurslarning cheklanganligi.

IIXF va IIMXA tegishli uchrashuvlarda 2000 yilda Monrealda (Kanada) alohida qabul qilingan, keyinchalik 2001 yil may oyida Kopengagenda birgalikda kelishilgan ijtimoiy ishning ta’rifi mazkur xujjatning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Ushbu hujjatda inson huquqlari va ijtimoiy adolatning amal qilinishi tamoyillarini belgilab beradi. Keyingi bo’lim ijtimoiy ish sohasi bilan bog’liq bo’lgan inson huquqlari to’g’risidagi turli xil konvensiyalar va deklarasiyalar haqida bayon qiladi. 4-bo’limda inson qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek ijtimoiy adolat va inson huquqlariga amal qilish bo’limlarida ko’rsatilgan asosiy axloqiy tamoyillar belgilab o’tilgan. Yakunlovchi bo’lim IIXF va IIMXA ning tegishli tamshkilot a’zolari tomonidan detallashtirilishi kerak bo’lgan ijtimoiy ish axloqiy xulq-atvorining asosiy qoidalarini o’z ichiga oladi.




Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish