Reja: Jag’lilar va baliqlar katta sinfiga umumiy tavsif. Akulaning tashqi tuzilishi. Akulaning ichki organlar sistemasining tuzilishi. Tog’ayli baliqlarning yashash sharoitiga mos holda tuzilishidagi harakterli belgilari



Download 0,91 Mb.
bet3/7
Sana11.06.2022
Hajmi0,91 Mb.
#653591
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza matni

Akulaning bosh skeleti
Akulaning bosh skeleti boshqa umurtqalilarninki singari, to’garak og’izlilardan qarshi o’laroq 2 ta asosiy bo’limdan iborat.
1)Neuropranium 2) visseral skeletdan iborat.
Neuropranium tarkibiga: miya qutisi , sezgi organlari (eshituv va hidlov) kapsulalari, rostrum, qorich burundan iborat.
Akulaning miya qutisi bosh miya va juft sezgi organlari ( eshituv, ko’ruv , hidlov) ni to’la o’rab olish bilan to’garak og’izlilardan miya qutisidan farq qiladi. Miya qutisining tanasi tog’aydan iborat.
Miyaning qutisi oldingi qismida katta teshik oldingi fontansel (sachratqich) bor.
Bosh miyaning orqa tomonida ensa bo’limi bor. Bunda ensa teshigi bor. Ensa teshigi orqali bosh miya orqa miya bilan tutashadi. Ensa bo’limi yaxshi rivojlanganligi tufayli IX- X juft bosh miya nervlari jabralari miya qutisi ichida qolib ketgan. Eshituv kapsulasi miya qutisi yon devorlarida joylashgan. Miya qutisi 2 yon guruhlarida ko’z kosasida ko’z soqqasi joylashgan, shuning uchun ular ustki va yon tomondan yaxshi himoyalangan tog’aydan iborat juft hidlov kapsulasi miya qutisini oldingi qismi bilan yopishib turadi.
Rostrum 3 tog’ay to’sig’idan iborat, ular miyaning oldingi qismiga chiqib turadi va keyingi uchi bilan tutashadi.
Visseral skelet
Hazm nayining oldingi qismini va nafas olish organlarining tutib turadigan va bo’g’imlarga bo’lingan bir qancha juft tog’ay yoylardan iborat .
Ular 3 qismga: 1) jabra yoylari 2) til osti yoyi 3) jag’ yoylari
Jabra yoylarining har qaysisi 4 juft tog’ay va uning birlashtiradigan toq tog’aydan iborat.
Til osti yoyi (yoki gioid yoyi) 2 juft tog’ay va 1 ta toq tog’aydan iborat.
Til osti yoyining 3 elementi boshqa bo’laklardan nisbatan katta bo’lib, u giomondibulyar, gioid tog’ay, toq kapsuladan iborat.
Giomondibulyar – miya qutisi gioid tog’ay va jabra yoylari bilan birlashib osma rolini bajaradi ya’ni jag’ yoyini miya qutisi bilan tutashtiradi.
Jag’ yoyi : 2 juft tog’aydan iborat, tepadagisi tanglay kvadrat tog’ayi pastkisi mikkel tog’aydan iborat oldida yuqori lab tog’aylari mavjud.
Juft suzgich qanotlar skeleti:
Skeleti suzgich qanotlari kamari bilan erkin suzgich qanot skeletidan tashkil topgan. Oldingi suzgich qanotlar kamari yelka kamari akula gavdasining ikki tomondan va ostki tomondan o’rab oladi. Kamarning yuqori qismi 5 kurak va pastki qismi deb ataladi.
Orqa yoki qorin suzgich qanotlar kamari yoki ganoz kamari bevosita kloaka oldida, gavdada gorizontal joylashgan tayoqchasimon toq tog’aydan iborat .
Erkin suzgich qanotlar skeleti:
Ichki tog’ay skeletidan va teridan hosil bo’lgan tashqi skeletdan iborat.
Ichki skelet tayoqchasimon asosiy elementlar: bezaliya, radialiyadan tashkil topgan.
Erkak akulada qorin suzgich qanoti bezaliyasi uzayib (kapulyativ) organga aylangan.
Ovqat hazm qilish organlari: Akulaning hazm organlari boshqa jag’li hayvonlarning hazm organlari singari og’iz bo’shlig’iga olib kiradigan og’iz teshigidan boshlanadi. Jag’larida konussimon tishlari bor. Og’iz bo’shlig’i halqumga aylanadi. Undan so’ng bukilgan oshqozoni mavjud. Jigari va o’t pufagi bor. Ichak sistemasi ingichka va yo’g’on ichakdan tashkil topgan. Akulaning hazm organlari boshqa umurtqali hayvonlarini sinflari og’iz bo’shlig’iga olib boradigan og’iz tishlaridan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining tubida bir necha qator bo’lib joylashgan va plokoid tangachalarning o’zgarishidan hosil bo’lib konussimon tishlar joylashgan. Og’iz bo’shlig’i keng halqumga, undan qizilo’ngach va V harfiga o’xshash oshqozoni mavjud. Oshqozon oldi qismi kordial, keyingi qismi pilorik qismi deb ataladi. Oshqozonning keyingi qismida katta ingichka ichak chiqadi. Ingichka ichak bilan oshqozon orasida oshqozon osti bezi joylashgan. Ikki pallali jigarida o’t pufagi bo’ladi, keyin yo’g’on ichak va kloakaga ochiladigan to’g’ri ichak keladi.
Yo’g’on ichakda spiral klapan bo’ladi. Minoganing spiral klapaniga nisbatan ancha takomillashgan bo’lib, ichakni so’rish yuzasini oshiradi va ovqatni sekin harakatini ta’minlaydi. Bu barcha tuban baliqlar uchun xos.
Nafas olish organlari: Boshning ikki yon tomonida to’rtta butun va bitta yarim jabralari joylashgan. jabralari bir tomondan halqum bo’shlig’iga ikkinchi tomondan esa tashqariga ochilgan. Gaz almashinuvi suvda erigan kislorod orqali amalga oshadi. Barcha baliqlarda bo’lganidek jabra yaproqlari ektodermadan yuzaga kelgan bo’lib jabra to’siqlarining oldingi 4 ta jabra yoyining oldingi va keyingi tomoniga va til osti yoyining keyingi tomoniga qator o’rnashgan. Jabra yaproqlarining har qaysi qatori yarim jabrani hosil qiladi. Bitta jabra yoyiga o’rnashgan ikkita yarim jabra qo’shilib yaxlit har qaysi tomandan hammasi bo’lib 4 ta butun Jabra va bitta yarim Jabra (til osti) jabrasi bor.
Qon aylanish sistemasi: Akulaning yuragi 4 bo’limdan: venoz sinus, yurak bo’lmasi, yurak qorinchasi va arterial konusdan iborat. Arterial konusda kundalang targ’il muskullar borligi urib turishi va bir qancha klapan borligi uning arteriyaning kengaygan qismi bo’lmay balki u yurakning bir qismi ekanligini isbot etadi.
Arterial sistema:
Arterial konusdan qorin aortasi boshlanadi, qorin aortasi chap va o’ng tomonga tarmoqlar chiqaradi, bu tarmoqlar har tomon qon olib ketuvchi 5 ta jabra arteriyalarga bo’linadi. Qon olib ketuvchi jabra arteriyalarining oldingisi til osti yoyiga borib, uning yarim jabrasini qon bilan ta’minlaydi, qolganlar bo’lsa chin jabra yoylariga borib butun jabralarni qon bilan ta’minlaydi. Har qaysi yarim jabradan qon olib ketuvchi bittadan jabra arteriyalari chiqadi, bular har qaysi jabra yorig’ining ustida bir biri bilan qo’shilib, qon olib ketuvchi qisqa umumiy jabra arteriyasini hosil qiladi. Qon olib ketuvchi umumiy jabra arterialari har 2 tomonda aorta ildiziga qo’shiladi, aorta ildizlari bir biri bilan qo’shilib umumiy orqa aorta shoxini hosil qiladi. Aorta shoxidan gavdaning bosh tomoniga uyqu arteriasi chiqadi, orqa aorta esa dumning uchigacha davom etadi va ichki organlarga tarmoqlarni hosil qiladi.
Tog’ayli baliqlarda qon aylanish sistemasi to’garak og’izlilarga o’xshash
(20-rasm).

19-rasm. Akulaning qon aylanish sistemasi:
1-yurak; 2-qorin aortasi; 3-jabraning qon olib keluvchi arteriyasi; 4-jabraning qon olib ketuvchi arteriyasi; 5-aortaning chap tarmog’i; 6-chap uyqu arteriyasi; 7-orqa aorta; 8-dum venasi; 9-chap keyingi kardinal vena; 10-chap oldingi kardinal vena; 11-chap kyuver oqimi; 12-jigarning darvoza venasi; 13-jigar venasi; 14-chap yon vena; 15-buyrakning darvoza venasi; 16-umrov osti venasi



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish