Reja: Jag’lilar va baliqlar katta sinfiga umumiy tavsif. Akulaning tashqi tuzilishi. Akulaning ichki organlar sistemasining tuzilishi. Tog’ayli baliqlarning yashash sharoitiga mos holda tuzilishidagi harakterli belgilari



Download 0,91 Mb.
bet1/7
Sana11.06.2022
Hajmi0,91 Mb.
#653591
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza matni


Ma’ruza 10. Jag’lilar bo’limi.Baliqlar kata sinfi.
Tog’ayli baliqlar sinfi.


Reja:
1. Jag’lilar va baliqlar katta sinfiga umumiy tavsif.
2.Akulaning tashqi tuzilishi.
3.Akulaning ichki organlar sistemasining tuzilishi.
4.Tog’ayli baliqlarning yashash sharoitiga mos holda tuzilishidagi harakterli belgilari.
5.Skelet tuzilishidagi o’ziga xoslik.
6.Sistematikasi va kelib chiqish evolyutsiyasi.


Mavzuga oid tayanch so’zlar va iboralar
Amfitsel, plakoid, pilorik, xondral, kapsula, parasfenoid, vistseral, mikkel tog’ayi, gioid, pilorik, gidrostatik, aorta so’g’oni.
Jag’og’izlilar bo’limiga barcha jag’li umurtqali hayvonlar kiradi. Xordalilarning 99% ushbu bo’limga kiradi. Bularda asosiy tayanch vazifasini xorda bajaradi. Embrionlik va lichinkalik davrida bo’ladi. Keyinchalik xorda qisman yoki butunlay umurtqa pog’onasi bilan almashinadi.
Miya qutisi bosh miyani hamma tomondan o’rab turadi. Burun teshigi doimo bir juft, ichki quloqda 3 ta yarim doira naylar bo’ladi. Xarakatlanish organi toq suzgichlar va juft (ko’krak va qorin) suzgichlari mavjud. Quruqlik vakillarida besh barmoqli harakat organi shakllangan. Skeleti tog’ay yoki suyakdan iborat. Jag’og’izlilar bo’limi (Gnatosthomata) o’z navbatida baliqlar sinfi (Pisces), quruqlik umurtqalilari yoki to’rt oyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflariga bo’linadi. Baliqlar tuban tuzilgan umurtqali hayvonlar hisoblanadi.
Baliqlar katta sinfi. Baliqlar katta sinfilariga 20 000 dan ortiq tur kiradi va barcha suv havzvlarida tarqalgan. Shundan MDH 500 dan ortiq tur uchraydi. O’rta Osiyoda 110 ta va O’zbekistonda 84 tur uchraydi. Uzunligi 15-20sm dan, 18-20 metrgacha og’irligi 15-20 tonnagacha keladi. Hattoki ba’ziilari 1-1.5 sm og’irligi, 1.5 gramm keladi (Pondoko, dengiz otchasi).
Baliqlarda umurtqalarning soni 16 tadan ( oy baliqlarda), 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar balig’ida) bo’ladi. Ko’pchilik baliqlarning tanasi tashqi tomondan xar- hil tuzilishga ega bo’lgan tangachalar bilan qoplangan, ayrim tur baliqlarda tangachalarning bo’lmasligi bu ikkilamchi hodisadir.1
Suvda yashovchi umurtqali hayvonlarda yagona nafas olish organi sifatida jabralar bir umr saqlanadi
Baliqlarning og’zida harakatchan jag’ apparatining bo’lishi bilan to’garak og’izlilardan farq qiladi. Juft harakat organlari ko’krak va qorin suzgichlaridan iborat. Hidlash teshigi juft. Tanasi tangachalar bilan qoplangan.



Biologik jihatdan baliqlar to’garak og’izlilarga qaraganda ancha yuqori turadi, bu xususiyatlarni, ularning chaqqon harakatida, oziqni aktiv ovlashda, xatti-harakatda, tashqi ta’sirlarni qabul va unga moslashishda namoyon qiladi, jumladan nerv sistemasi, sezgi organlari va skeletini murakkablashishida ko’rish mumkin. Suv biotsenozida oziqa zanjirida ishtirok etadi. Ov xo’jalik ahamiyatiga ega.
Baliqlar poleozoy erasining silur davrida chuchuk suvlarda paydo bo’lib, devon davrida hukumron guruhga aylangan. Hozirgi vaqtda ikkita tarmog’i mavjud.
Tog’ayli baliqlarning 600 ga yaqin turi bo’lib, tuzilishida sodda belgilari bilan bir qatorda progressiv belgilari ham mavjud. Skeleti tog’ayligicha saqlanadi. Terisi sodda plakoid tangachalar bilan qoplangan ba’zan tangachasiz. Jabra yoriqlari 5-7 bo’lib, tashqariga jabra teshiklari orqali ochilgan. Juft suzgichlari gorizantal joylashgan, suzgich pufagi yo’q.
Progressiv belgilari: oldingi miya qopqog’ida nerv moddasining bo’lishi, ichki urug’lanishi, ko’p turlarining tirik tug’ishidir. Uzunligi 20 sm dan 15-20 m gacha boradi. Barcha okean va dengizlarning tropik zonalarida tarqalgan (Kaspiy dengizidan tashqari). Ba’zi turlari daryolarga ham o’tadi. Sinf ikkita kenja sinfga bo’linadi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish