Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Pindyck, Robert S. Microeconomics. - Copyright 2013, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
2. Olimova N.X., Ergashev A.X. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv-uslubiy ko‘rsatma. – F.: FDU, 2010. 55-66 betlar.
3. Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
4. Salimov V.T., Mustafakulov Sh.I., Yuldashev G'.T., Sultanov B.T. Mikroiqtisodiyot: Masalalar to'plami -T.: TDIU, 2018. - 210 b.
Mavzu:Korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Ishlab chiqarish nazariyasi
Korxona tuzilgandan keyin uning faoliyatini tashkil etish masalasi juda ham jiddiy ahamiyatga ega.
Korxona faoliyatini tashkil qilish, uning shakl va turlaridan qatg‘iy nazar, barchasiga umumiy bo‘lgan qoidalarga (prinsiplarga) rioya qilinishini talab qiladi. Mavjud adabiyotlarda korxonalarni tashkil qilish qoidalarini izohlashda bir xil qarashlar mavjud emas. Ayrimlari korxonani tashkil qilish qoidalarini uning belgilari bilan, ayrimlari tashkiliy masalalarni hal qilish etaplari bilan, ayrimlari korxona faoliyatini samaradorligini ta’minlash qoidalari kabilar bilan aralashtirib yuboradilar. Bizning fikrimizcha, korxona faoliyatini tashkil qilish qoidalari, barcha korxonalar uchun bir xil, shu jumladan foyda olish yoki olinmasligidan qathiy nazar, ular faoliyatini jamiyat ehtiyojlariga yo‘naltirib turadigan faoliyat samarasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ifodalaydngan jihatlariga ega bo‘lgan, makon va vaqt birligida o‘zgarmaydigan tartiblar majmuasidan iborat bo‘lishi kerak. Korxona faoliyatini tashkil qilinishi, avvalambor, tegishli tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilmasini mavjud bo‘lishini talab qiladi. Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarini tegishln darajada texnologik birlashuvini, o‘zaro harakatlarini moslashtirishni ta’minlash zaruriyati. Uchinchidan, faoliyatni tashkil qilish, boshqarishda qarorlar qabul qilish va xokazo hollarda qonunning ustunligini ta’minlash. To‘rtinchidan, korxonalarni barchasi huquqiy nuqtai nazardan tengligini ta’minlash zaruriyati. Beshinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mavjudligidan kelib chiqish. Oltinchidan, biznes shaklini tanlash erkinligi, albatta korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyatidan kelib chiqqan holda. Yettinchidan, korxona xo‘jalilik faoliyatiga davlatning aralashmasligi, uning faoliyag yuritishida erkinligi. Va nihoyat korxonalar biron-bir mafkuraga bo‘ysunmasligi, ularning mafkuradan ozodligi. Bu umumiy qoidalar korxonalar faoliyatini jamiyat nuqtai nazaridan, ularning manfaatlaridan kelib chiqib, samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Albatta, korxonalar o‘z faoliyatini yuritishda, samaradorligini ta’minlash maqsadida tejamkorlikni, moliyaviy barqarorlikni va resurslar bilan ta’minlashga intilishlari zarur. Korxonani barpo etilishi o‘ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Keys:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida malum bir tarmoqda faoliyat olib borayotgan korxoning maxsulotiga boʻlgan talab yuqori. Lekin bu korxona bankroʻt boʻlish arafasida. Chunki bu korxonaning qarzlari koʻpayb ketgan.
Muammo: bu korxona qanday yoʻl tutsa yana oʻz faoliyatini davom ettira oladi
Javob: bu korxona bankdan kredit olishi yoki investrlarni jalb qlishi kerak.
masala
Firma bankdan bir yilga 40% haq to’lash sharti bilan yarim yil muddatga 4 mln so’m kredit oldi. Kredit tugaganda firma bankka qancha summa qaytarishi kerak?
Summa*(1+%*oy/12) 4 000 000*(1+0.4*6/12)=4 800 000 so’m.
Do'stlaringiz bilan baham: |