Tabiiy-iqlim omillari qishloq xo‘jaligi, kon sanoati, o‘rmon
xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar faoliyat natijalariga ulkan ta’sir
ko‘rsatadi. Ularning ta’sirini hisobga olish xo‘jalik subyektlari faoliyat
natijalarini aniqroq baholashga imkon beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga xodimlarning uy-joy sharoiti,
korxonalarda ommaviy-madaniy, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini
tashkil qilish, xodimlarning ta’lim hamda madaniy jihatdan umumiy
darajasi va boshqalar kiritiladi. Ular korxonaning ishlab chiqarish
resurslaridan yanada to‘liq foydalanish va ularning mehnat
samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar korxonaning ishlab chiqarish
resurslaridan foydalanish to‘liqligi va samaradorligini, uning faoliyatining
yakuniy natijalarini belgilab beradi.
Murakkab Xo‘jalik faoliyati natijalariga ta’sir darajasiga ko‘ra omillar asosiy va ikkinchi darajali omillarga ajratiladi. Ikkinchi darajalilardan farqli o‘laroq asosiy omillar natijaviy ko‘rsatkichga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turli omillar ichidan asosiy, hal qiluvchisini ajrata olish mahorati tahlil
natijalari asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishni ta’minlaydi.
Xo‘jalik subyektiga bog‘liqlik darajasiga ko‘ra omillar obyektiv
(odamlar xohish va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, masalan, tabiiy
ofatlar) va subyektiv (yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga bog‘liq)
omillarga ajratiladi.
Tadqiqot obyektiga nisbatan omillar ichki va tashqi, ya’ni mazkur
korxona faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillarga
tasniflanadi. Tahlilda korxona ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ichki
omillar tadqiqiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Tarqalish darajasiga ko‘ra omillar umumiy (iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga ta’sir qiluvchi) va o‘ziga xos (iqtisodiyotning alohida
tarmog‘i yoki korxonalar sharoitida ta’sir qiluvchi). Bunday bo‘linish
alohida korxonalar, ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini to‘liq hisobga olish va ularning faoliyatini yanada aniq
baholashga imkon beradi.
Faoliyat natijalariga ta’siri davomiyligiga ko‘ra doimiy (o‘rganilayotgan
hodisaga vaqt bo‘yicha uzluksiz ta’sir ko‘rsatuvchi) va
vaqtinchalik (ayrimlarining ta’siri davriy hisoblanadi, masalan, yangi
texnika, mahsulotlarning yangi turlari, ishlab chiqarishning yangi
texnologiyalarini o‘zlashtirish va hokazo) omillar farqlanadi.
Ta’sir xarakteriga ko‘ra omillar intensiv (ishlab chiqarish
jarayonida mehnat qizg‘inligi, sa’y-harakatlar darajasini tavsiflaydi,
masalan, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish, qoramollar
mahsuldorligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish) va ekstensiv
(natijaviy ko‘rsatkichning sifat jihatidan emas, balki miqdoriy o‘sishi
bilan bog‘liq, masalan, ekin maydonini kengaytirish yo‘li bilan
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, hayvonlar bosh sonini
ko‘paytirish, ishchilar sonini oshirish va hokazo) omillarga bo‘linadi.
Tarkibiga bog‘liq ravishda omillar bir necha elementdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |