balans og‘ishlarni tuzish yo‘li bilan
amalga oshiriladi: alohida xususiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishi ta’siridagi
Mazkur xususiy ko‘rsatkich ta’siri ostida umumlashtiruvchi
ko‘rsatkich o‘zgarish miqdori hisoblash uchun qabul qilingan o‘rin
almashtirishlar ketma-ketligiga bog‘liq bo‘lib, u ixtiyoriy bo‘lishi
mumkin emas, balki omillarning birgalikda ta’siri jarayonida o‘zaro
aloqadorlikning oldindan sifatli tahliliga asoslangan bo‘lishi lozim.
Xususiy ko‘rsatkichlarning bazis miqdorlarini haqiqiysiga
almashtirish ketma-ketligi haqida masalaning to‘g‘ri hal etilishi barcha
xususiy ko‘rsatkichlarni miqdor, tuzilma va sifat ko‘rsatkichlariga
ajratish imkonini beradi. Dastlab miqdor va tuzilmaning xususiy
ko‘rsatkichlari miqdori o‘zgaradi, keyin esa sifat ko‘rsatkichlarini o‘rin
almashtirish bajariladi. Biroq ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir emas,
balki bir nechta miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchashga to‘g‘ri
keladi. Bu holda o‘rin almashtirishlar ketma-ketligini aniqlash uchun
qaysi ko‘rsatkich
Do'stlaringiz bilan baham: |