Kvartal I II III IV
Tushum xi, so‘m 587612 630544 691406 601417
xi ning har bir qiymatidan 587612 ni ayirib tashlash, keyin esa
“qoldiq”lar bo‘yicha o‘rtachani hisoblash mumkin:
0 42932 103794 13805
(0+42932+103794+13805) / 4 = 40133 so‘m.
Izlanayotgan kvartalda sotishning o‘rtacha miqdori quyidagiga
teng bo‘ladi:
X = 40133+587612 = 627745 so‘m.
o‘rtacha arifmetikdan tashqari o‘rtacha miqdorlarning boshqa
shakllari ham qo‘llaniladi. Birinchi navbatda bu o‘rtacha geometrik
bo‘lib, u miqdorni emas, balki miqdorlarning individual qiymatlari
ko‘paytmasini o‘zgarmas saqlashga imkon beradi:
n
geom n X x * x *...x 1 2 =
.
O‘rtacha geometrik asosan o‘sish sur’atini o‘rganishda keng
qo‘llaniladi.
Misol, 2016 yilning to‘rt kvartali davomida korxona mahsulot
ishlab chiqarishida foydalanilgan xomashyo narxining o‘sish sur’ati har
xil bo‘lgan. Yilning to‘rt kvartali uchun ma’lumotlar bo‘yicha yil
uchun o‘rtacha kvartallik narx o‘sish sur’atini topish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |