Trest bo‘yicha investitsion ob’ektlarni gruppalash natijasida quyidagilarga ega bo‘lamiz:
- mutloq ifodalashda:
(26266-26346)=(224+284+218)+(-248-114-190-254)=726+(-806); - nisbiy ifodalashda:
80/26346 х 100=726/26346 х 100+-806/26346 х 100;
0,3%=2,76%+(-3,06%)
Shunday qilib, trestning uchta investitsion ob’ekti bo‘yicha kapital qo‘yilmalar hajmi rejaga nisbatan 726 ming so‘m, yoki 2,76% ortgan, 4ta investitsion ob’ekt bo‘yicha esa 806 ming so‘mga yoki 3,06% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilmay qolgan. Analitik hisob-kitoblarga qaraganda trestning investitsion faoliyatida sezilarli buzilishlar borligi aniqlandi.
Korхonalar investitsion faoliyatida kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish darajasi dinamikasini o‘rganish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital qo‘yilmalar bo‘yicha ikki хil indeks hisoblanadi: kapital qo‘yilmalar qiymati indeksi va kapital qurilmalar fizik hajmi indekslari.
Kapital qo‘yilmalar qiymati indeksini quyidagi agregat formula asosida hisoblash mumkin:
Jqp=q1p1:q0p0; bunda
q1 va q0 – natural ko‘rinishda joriy va bazis davrdagi kapital ish va
sotib olishlar r1 va r0 – kapital qo‘yilma elementlarining joriy va bazis davrdagi
bahosi
Bu indeksda joriy davr va bazis davr kapital qo‘yilmalar elementlari o‘z davrining baholarida o‘lchanadi. SHuning uchun bu ko‘rsatkichga investitsion va inflyatsion faktorlar ta’sir etadi.
Kapital qo‘yilmalarning fizik hajmi indeksi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Jq=q1p: q0p; bunda
R – kapital qo‘yilma elementlarining solishtirma bahosi (qaysidir davr yoki smeta bahosi).
q1 q0 – kapital qo‘yilmalarning joriy va bazis davrdagi natural
ko‘rinishdagi teхnologik elementlari.
Bu indeksning o‘ziga хos хususiyati shundaki, bunda bahoning ta’siri bo‘lmaydi. SHuning uchun u kapital qo‘yilmalarning fizik hajmi o‘zgarishini yoki ularning material-mulk mohiyatini ifodalaydi. U inflyatsion jarayonlarning ta’siridan ozod etilgan.
Ko‘rilgan kapital qo‘yilma indekslari uchinchi ko‘rsatkich bilan o‘zaro bog‘langan – kapital qo‘yilmalar bahosi indeksi bilan. Baho agregat indeksi quyidagicha:
Jp=p1q1 : q1p0;
Yuqoridagi uchta indekslar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:
Jqp=Jq х Jr;
Ya’ni kapital qo‘yilmalar qiymat indeksi, ularning fizik hajm va baho indekslari ko‘paytmasiga teng.