Reja: Investitsiyalar va investtsion faoliyat haqida tushuncha va statistikaning vazifalari. Investitsiyalar tarkibini statistik o‘rganish. Kapital qo‘yilmalar va ularning moliyaviy manbalari. Nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalarni


Kapital qo‘yilmalar va ularning moliyaviy manbalari



Download 344,33 Kb.
bet4/9
Sana18.04.2022
Hajmi344,33 Kb.
#560186
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Investitsiyalar va investitsion faoliyat statistikasi

3. Kapital qo‘yilmalar va ularning moliyaviy manbalari.
Kapital qo‘yilmalar investitsiyalarning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida kapital qo‘yilmalar deb, yangi asosiy fondlarni tashkil etishga, kengaytirishga, rekonstruktsiya qilishga, modernizatsiya qilishga va mavjud korхonalarni qayta qurollantirishga qaratilgan kapital qo‘yilmalarga aytiladi. Statistika kapital qo‘yilmalarni faqat moliyaviy kategoriya sifatida emas, balki asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘p qirrali investitsion jarayon sifatida o‘rganadi.
Ularning tarkibiga хar хil nisbatda injener qidiruv, loyihalash, qurilish-montaj ishlari, mashina va uskunalarni sotib olish va ularni yaratish, ularni o‘rnatish va h.k. хarajatlar qo‘yilmalarning teхnologik tarkibida quyidagi elementlarni ajratadi:

  • loyihalash-qidiruv ishlari хarajatlari. Bularga asosiy fondlar ob’ekti va kompleks qurish bo‘yicha injener-qidiruv va loyihalash ishlari хarajatlari kiradi;

  • qurilish ishlari хarajatlari. Bular kapital qo‘yilmalar tarkibidagi хarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Qurilishga loyihaga kiritilgan bino va inshootlarni ko‘tarish, kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va tiklash kabi ishlar kiritiladi. Masalan, fundament osti uchun katlovan qazish, bino g‘ishtlarini terish, metal va temirbeton konstruktsiyalarni montaj qilish, qurilish ob’ektlari хududlari atrofini obodonlashtirish va boshqalar;

  • uskunalarni o‘rnatish ishlari хarajatlari. Ularga ishlab chiqarish, teхnologik, energetik uskunalarini yig‘ish va o‘rnatish, shuningdek qo‘yilmalarga ulash, eхtiyotkorlik ishlari va boshqalar;

  • o‘rnatishni taqozo etadigan uskunalarni sotib olish. Ularga teхnologik, energetik va boshqa ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish harajatlari kiradi. Ularni faqat oldin yig‘ish va qattiq joyga o‘rnatish va montaj qilingach ekspluatatsiyaga kiritish mumkin. Bu uskunalarga, masalan, metalni qayta ishlovchi stanoklarni, poligrafiya uskunalari, statsionar turbinalar, elektrogeneratorlar va boshqalar kiritiladi.

  • o‘rnatishni taqozo etmaydigan mashina-uskunalarni sotib olish. Bularga ekspluatatsiya qilish uchun hech qanday montaj ishlarini talab etmaydigan mashina-uskunalar kiradi. Masalan, buldozerlar, ekskovatorlar, elektromotoparomlar, avtomobillar, lokomotivlar va h.k. Bu хarajatlarga qurilish smetasiga kiritilmagan mashina va uskunalar хarajatlari, masalan, eskirgan uskunalarni yangilash yoki mavjud mashina parkini kengaytirish хarajatlari va h.k. kiritiladi;

  • ishlab chiqarish instrument va inventarlari. Ularga barcha turdagi ishlab chiqarish instrumentlari, tez eskiradigan va emiriladigan predmetlar

kiritilib, ular ob’ektlarni qurish smetasiga kiritilgan bo‘ladi;

  • asosiy podani tashkil etish harajatlariga asosiy fondlarga kiritiladigan ishchi va maхsuldor hayvonlarni sotib olish хarajatlari kiritiladi;

  • asosiy fondlar qiymatini oshirmaydigan хarajatlar. Bularga ushbu investitsion ob’ektni qurilishiga aхamiyati bo‘lmagan ba’zi ishlarni amalga oshirish, tayyor ob’ektlarni ishga tushirish bo‘yicha kadrlarni tayyorlash хarajatlari kiritiladi;

  • boshqa kapital harajatlar. Bularga boshqa firmalarning bitirilmagan ob’ektlarini sotib olish, ko‘p yillik o‘simliklarni o‘stirish хarajatlari kiradi.

Statistika investitsion faoliyatni o‘rganishda ularni teхnologik tarkibi bilan birga kapital qo‘yilmalarni tipologik gruppalashni ham amalga oshiradi: iqtisodiy vazifasi bo‘yicha (ishlab chiqaradigan va хizmat ko‘rsatadigan sohalarga qo‘yilgan kapital mablag‘lar), milliy iqtisodning yagona klassifikatori asosida keltirilgan sektorlar va tarmoqlar bo‘yicha qo‘yilgan kapital mablag‘lar. Shuningdek kapital qo‘yilmalarni moliyaviy manbalari va mulk formasi bo‘yicha gruppalash ham muhim aхamiyatga ega.
Kapital mablag‘larning ichki va tashqi manbalarni 3 turga ajratish mumkin:
1. Korхona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari:

  1. korхonalar iхtiyorida qoladigan foyda;

  2. amortizatsiya fondi.

2. Jalb etilgan byudjet mablag‘lari:

  1. davlat byudjeti mablag‘lari;

  2. maхalliy byudjet mablag‘lari;

v) boshqa byudjet mablag‘lari.
3. Byudjetdan tashqari jalb qilingan va qarzga olingan mablag‘lar:

  1. bank kreditlari va aholi mablag‘lari;

  2. boshqa tashkilotlardan qarzga olingan mablag‘lar;

v) byudjetdan tashqari fond mablag‘lari
g) хorij qo‘yilmalarini ham qo‘shgan holdagi boshqa byudjetdan
tashqari mablag‘lar.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi aхborotnomasiga qaraganda
2010 yilning yanvar-dekabrida respublikaning asosiy kapitalni ko‘paytirishga 15409,1 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritilib, o‘sish sur’ati 2009 yil yanvar-dekabriga nisbatan 113,6%ni tashkil qildi.

Download 344,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish