Reja: Ikkinchi jaxon urushining yakunlari


Vashington konferensiyasi



Download 94,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana27.05.2023
Hajmi94,18 Kb.
#944704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IKKINCHI JAHON URUSHI YAKUNLARI VERSAL TINCHLIK SHARTNOMASI.

Vashington konferensiyasi
AQSh Versal shartnomasini tasdiqlash va Millatlar Ligasiga kirishdan bosh tortdi. Amerika
senati shartnomalarda Amerika manfaatlari hisobga olinmagan, deb hisobladi va buning
qasdiga boshqa mintaqada — Tinch okeanida yangi tartiblar o`rnatishga qaror qildi. Bu
mintaqadagi davlatlararo munosabatlar 1902-yilda imzolangan ingliz-yapon ittifoqiga ko`ra
belgilanardi. Uning yordamida 1905-yilda bu yerdan Rossiya siqib chiqarilgan edi. AQSh
Birinchi jahon urushi mobaynida qudratli okean harbiy-dengiz floti qurdi. Flotning katta
qismi Tinch okeanida to`plangan edi. Amerika ana shu flot yordamida bu mintaqada yetakchi
davlat bo`lishga qaror qildi. Rejaning bosh vazifasi inglizyapon ittifoqini yo`qqa chiqarish
edi.
Ratifikatsiya qilish (lotincha «ratificacio» — «tasdiqlayman») — davlatning oliy
martabali vakili imzolagan xalqaro shartnomaning oliy hokimiyat organi tomonidan
e'tirof etilishi.
AQSh tashabbusi bilan Vashingtonda konferensiya o`tkazildi va u 
1921-yilning 12-
noyabridan 1922-yiIniqg 6fevraligacha 
davom etdi. Unda 9 davlat — AQSh, Angliya,
Yaponiya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Portugaliya va Xitoy vakillari ishtirok
etdilar. Garchi unda ko`tarilgan masalalar bevosita hayotiy manfaatlarga aloqador bo`lsa-da,
Sovet Rossiyasi vakillari konferensiyaga taklif etilmadilar.
Konferensiyada bir necha shartnoma imzolandi. Ular ichida eng muhinii to`rt davlat — AQSh,
Angliya, Yaponiya va Fransiya o`rtasidagi shartnoma edi. Unda Tinch okeanidagi qaram
hududlarning xavfsizligi masalasida qatnashchilarning o`zaro kafolatlari qayd etildi. Natijada
1902yilgi ingliz-yapon ittifoqi bekor qilindi. AQSh Tinch okeani havzasiga chiqish yo`lini ochdi
hamda bu mintaqadagi mamlakatlar va hududlarni ekspluatatsiya qilishda «teng
imkoniyatlarga» ega bo`ldi.
Konferensiyada AQShning yana bir g`alabasi «to`qqiz mamlakat shartnomasi» tuzilganligi
bo`lib, unda teng imkoniyatlar tamoyili va Xitoydagi «ochiq eshiklar» siyosati o`z ifodasini
topgan edi. AQSh endi Xitoyga ham yo`l ochgan, kelgusida yevropalik raqobatchilarni siqib
chiqarib, o`z monopoliyalarining hukmronligini o`rnatishni mo`ljallagandi. Shu bilan birga,
«beshlar shartnomasi» (AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiya va Italiya) Tinch okeani hududida


harbiy kemalar miqdorini chekladi, bu bilan AQSh va Angliya imkoniyatlarini tenglashtirdi.
Mazkur shartnomaga ko`ra, AQSh va Angliya Yaponiya sohillariga 5 ming km. dan yaqin
(aniqrog`i, Singapur bilan Gavay orollari o`rtasida) masofada yangi harbiy dengiz
qarorgohlari qurmaslik majburiyatini oldilar. Bu esa ularni Yaponiya hududiga bevosita yaqin
bo`lgan suvlarda qulay harbiy qarorgohlar qurishdan mahrum etardi.
Vashington konferensiyasi qarorlari Versal tinchlik shartnomasiga qo`shimcha sifatida Tinch
okeanida yangicha «kuchlar muvozanati» uchun asos bo`ldi. Ular AQSh uchun Uzoq Sharqda
faol siyosat eshiklarini ochar va bu mintaqada AQSh gegemonligini o`rnatar edi.
Vashington konferensiyasi xalqaro munosabatlarda Versal-Vashington tartibini nihoyasiga
yetkazdi.

Download 94,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish