BUXORO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
XABARNOMASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi
PQ-4884-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda 2022-yil 7-aprel kuni ijtimoiy fanlarni o‘qitishda muammolar va ularning innovatsion yechimlariga bag‘ishlangan “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:
1-sho‘ba: Amir Temur faoliyatining insoniyat tarixida tutgan o‘rni;
2-sho‘ba: Amir Temur tarixini o‘qitishda yangi pedagogik yondashuvlar;
3-sho‘ba: Temur va temuriylar davri madaniyati;
4-sho‘ba: Yangi O‘zbekiston - “Uchinchi Renessans” ostonasida.
Maqolalar mazmuniga qo‘yiladigan talablar:
- maqola konferensiya sho‘balariga mos kelishi, unda dolzarb muammolar olib chiqilib, yechimi bo‘yicha takliflar berilishi, taklif etilayotgan g‘oyalarning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati aniq yoritib berilishi lozim.
- taklif etilayotgan innovatsion g‘oya yoki tajribalar yangiligi, amaliyotda samaradorligi ochib berilishi lozim;
- maqolalarning mazmuni, keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslanishi, manbalarning ishonchliligi uchun mualliflar mas’uldir;
- maqola matnida turli qisqartmalardan foydalanmaslik (zarur hollarda ularning yoyilmasi matnda keltirilishi lozim) tavsiya etiladi.
Maqola annotatsiyasi o‘zbek va ingliz tilida yozilishi kerak.
Maqolalar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga mos kelishi zarur, jumladan:
- MS Word (97-2003, 2010) matn muharriri yordamida,
- sahifa – A4 o‘lchovida barcha tomonlardan 2 sm qoldirilgan;
- shrift – Times New Roman, o‘lchovi (kegl) – 14;
- qator oralig‘i (interval) – 1,5;
- hajmi 3-5 betdan oshmagan;
- yuqori o‘ng burchakda muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi keltiriladi. Maqola nomi esa o‘rtada qalin harflar bilan yozilishi kerak;
- maqola tuzilishida qisqacha annotatsiya (2-3 gap hajmida), kalit so‘zlar (5-6 ta), tadqiqot mavzusidagi mavjud muammolar, muammoni hal qilish usullari, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bo‘lishi lozim;
- adabiyotlar ro‘yxati maqolaning oxirida alifbo tartibida beriladi. Iqtiboslar (snoska) esa to‘rtburchak qavslarda beriladi: [1,84].
- maqola o‘zbek tilida qabul qilinadi.
Adabiyotlar ro‘yxatida adabiyot muallifi, nomi, nashriyoti, nashr yili, fikr olingan yoki asoslangan sahifasi ko‘rsatiladi hamda o‘rnatilgan tinish belgilari tartibiga amal qilinadi;
Imloviy, uslubiy, texnik xatoliklari bor bo‘lgan maqolalar qabul qilinmaydi.
Maqolalar 2022-yilning 1-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Maqolalar qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkaziladi. Yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Konferensiyaga maqola yoki tezislarni +998-99-707-98-84 (@khanjasur) telegram manziliga elektron shaklda yuborish mumkin.
Mualliflar haqida ma’lumotlar (maqola matni so‘ngida jo’natiladi)
1
|
Familiya
|
|
2
|
Ismi
|
|
3
|
Sharifi
|
|
4
|
Ish joyi (to‘liq)
|
|
5
|
Lavozimi
|
|
6
|
Ilmiy daraja
|
|
7
|
Telefon raqami (mobil)
|
|
8
|
e-mail
|
|
9
|
Maqolaning mavzusi
|
|
10
|
Taqdim etilayotgan sho‘basi
|
|
TASHKILIY QO‘MITA
Do'stlaringiz bilan baham: |