Axborot tizimlarning sinflari
AT sinflari
|
Nomi
|
Firma
|
Narxi, ($)
|
Yirik integrasiyalashgan tizimlar (kompleks, boshqaruv, hisob, ishlab chiqarishni boshqarish)
|
R3
Baan IV
Oracle Application
|
SAP
Baan Oracle
|
$500 000 yo’qori
|
O’rta integrasiyalashgan tizimlar (kompleks, boshqaruv, hisob, ishlab chiqarishni boshqarish)
|
JD Edwards SyteLine Galaktika
Parus
|
Robertson&Blums SOCAP
Galaktika, Rossiya
Parus, Rossiya
|
$200 000 —$500
000
|
Kichik integrasiyalashgan tizimlar (kompleks, hisob va moliyaviy boshqaruv)
|
Concord XAL Scala Platinum SQL NS-2000
|
Columbus IT Partner Scala
Platinum Software Corporation
Nikos-Soft, Rossiya
|
$50 000 —$300 000
|
Lokal tizimlar (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha hisob tizimlari)
|
1C BEST
Infin
|
1C, Rossiya Intellekt-Servis, Rossiya
Infin, Rossiya
|
$5 000 —$50 000
|
Foydalanniladigan standart va nostandart vositalar, hamda dasturiy vositalarni turli xilligi, tizimni keyingi modernizasiyalashni qiyinlashtirdi yoki umuman to’xtatib qo’ydi. Avtomatlashtirishni joriy etishdagi xaqiqiy samara ko’p xollarda kutilganidan past bo’ldi.
Matematik usullar, texnik va dasturiy vositalarni rivojlantirish hozirgi vaqtda korxonalarda axborot texnologiyalarni joriy qilishdan integrasiya samara olish vazifasini prinsipial jihatdan yechishga imkon beradi. Korxonani boshqarish uchun yuqori samarali korporativ axborot tizimlarni (KAT) shakllantirish imkoniyatlari tug’iladi. Masshtab kengaydi va KATning sifat jihatdan mazmuni o’zgaradi.
So’ngi yillar statistikaning ko’rsatishga dunyodagi 500 eng yirik kompaniyalarning qariyb yarmi korporativ axborot tizimini tuzish uchun yagona standart sifatida SAP AG firmasining dasturiy mahsulotlarini tanladilar.
Meta Group tadqiqotlari natijasiga ko’ra, ERP – tizimidan (Enterprise Resource Planing System – korxona resurslarini rejalashtirish tizimi) olinadigan birinchi foyda uni joriy etgandan 8 oydan so’ng olinishi mumkin. Mazkur dasturiy ta’minotdan foydalanishning o’rtacha yillik iqtisodi (tejami) 1,6 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Turli o’lcham va sohalardagi so’rov o’tkazilgan 63 kompaniyadan ERP – tizimini joriy qilishning (Total Cost of Ownership — TCO) o’rtacha qiymati 15 mln.dollarni tashkil qildi (minimal – 400 ming dollar, maksimal – 300 mln.dollar). TSOga vosita va dasturiy ta’minot, professional xizmatlar va xodimlarni o’qitish, sarf xarajatlari kiradi.
Hozirgi vaqtda KATdan samarali foydalanishiga ko’pgina korxonalarida ham misollar keltirish mumkin. Korporativ axborot tizimlarning turli xilligi va ishlab chiquvchilarning ko’p sonliligi zamonaviy iqtisodiyotda mazkur bozorni yanada ahamiyatliligidan dalolat bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |