Korxona muhiti
Har bir korxona tashqi muhit bilan u yoki bu ta’sir orqali o’zaro aloqada bo’ladi (6.2. - rasm). Shuning uchun korxona rahbariyatiga zarur bo’ladigan axborotlar ikki sohaga tegishli bo’ladi – tashqi va ichki faoliyatiga.
Korxonaning (tashkilot ) tashqi muhiti
Korxonaning ichki muhitga korxonaning o’ziga nima tegishli bo’lsa barchasi kiradi. Korxona va undagi barcha vaziyatlar to’g’risidagi axborotlar korxonaning axborot modelini tashkil etadi.
2. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar;
“Informatsiya” (axborot) atamasi lotincha so’z bo’lib, “xabardorlik, biror voqea yoki shaxs faoliyati to’g’risidagi xabar” ma’nolarini anglatadi. Boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida uni tezda ta’sir qiluvchi zarur ma’lumotlar majmui axborot deyiladi. Yetarli va haqqoniy axborotsiz boshqaruv faoliyatini amalga oshirib bo’lmaydi.
Ishlab chiqarish axboroti – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi aloqa shakli. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan ishlab chiqarish sur’ati va tizimning xo’jalik faoliyati to’g’risida axborot oladi. Olingan axborot asosida boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning faoliyatini baholaydi va boshqaruvni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar, ko’rsatmalar ishlab chiqadi, keyin esa ularni boshqariluvchi tizimga ijro etish uchun yuboradi.
Axborot boshqaruv tizimining muhim bo’g’ini sanalib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, u boshqaruvning barcha pog’onalarida mavjud bo’ladi. Axborot ham ibtido nuqtasi, ham boshqaruv apparatining ish natijasi, ham zarur shart, qolaversa, amalga oshirilayotgan harakatlarni qayd etish uslubidir. Axborot hajmi ortishi barobarida boshqaruv axborotining sifat xususiyatlariga talab ham ortadi.
Boshqaruv jarayoni barcha olingan (to’plangan) axborotlarni yig’ish, yetkazish va qayta ishlashdan iborat bo’lib, bu axborotlar orqali ushbu jarayonda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, boshqaruv buyruqlari shaklida axborotlar berish va ularni tegishli ijrochilarga yetkazishni amalga oshiradi. Axborotning turli shakllari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy, buxgalteriya, moliyaviy, kadrlarga oid, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot muhim vazifani bajaradi, chunki u moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayrboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Shuningdek, ilmiy – texnikaviy axborotni ahamiyati ham katta, negaki u ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarishning rivojlanishini aks ettiradi.
Axborot o’z manbalariga ko’ra, ichki va tashqi axborotga bo’linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olingan axborotlardan iborat bo’ladi. Ularga ko’rsatmalar, rejali topshiriqlar, mahsulotning sotilishi to’g’risidagi xabarlar, ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Ichki axborot korxonaning o’zida yoki uning boshqaruv bo’g’inida ishlab chiqiladi va korxona ichida amalda bo’ladi. Korxona uchun sex tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy texnika ta’minoti, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi mumkin.
Yo’nalishiga qarab axborot boshlang’ich (umumiy) va boshqaruv (komandaviy) axborotiga bo’linadi. Komandaviy axborot boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qilish natijasidir. Boshlang’ich axborot quyi bosqich boshqaruv tizimidan yuqori boshqaruv tizimi tomon harakatlanadi, komandaviy axborot esa aksincha.
Axborot vaqt o’tishi natijasida ahamiyatini turlicha saqlaydi. Doimiylik darajasiga qarab, axborotni doimiy, shartli-doimiy va o’zgaruvchan axborotga ajratish mumkin. Doimiy axborot uzoq vaqt davomida ham o’z ahamiyatini o’zgartirmaydi (korxona va bo’linmalarning nomlanishi, mahsulot turlari). Shartli-doimiy axborot muayyan vaqt davomida o’z ahamiyatini saqlab turadi. Bunday axborotlarga korxonaning turli me’yor va me’yoriy hujjatlari (moddiy va mehnat xarajatlari, narxlar, tariflar va boshqalar) kiradi. Shartli-doimiy axborotlar ba’zi korxonalarda axborotlar umumiy hajmining 85%ini tashkil etadi. O’zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti va boshqariluvchi jarayonlarning dinamik holatini aks ettiradi, bu esa o’z navbatida, qarorlar qabul qilish uchun axborotni tez qayta ishlashni talab etadi, aks holda axborot olishning ma’nosi qolmaydi.
Boshqaruv amaliyotida ishlab chiqariluvchi (ikkilamchi) axborot ham keng qo’llaniladi. U birlamchi axborotni qayta ishlash mahsuli hisoblanadi.
Axborotni qayd etish va to’plash uchun turli vositalardan foydalaniladi: inson xotirasi, hujjatlar, perforasiya kartalari va lentalari, magnit lentalar, barabanlar yoki disklar, elektr impul’slari kombinatsiyasi va boshqalar.
Axborotlar majmui boshqaruv axborot tizimini tashkil etadi, bu tizim boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti shaklida namoyon bo’ladi. Axborot ta’minoti ishonchli, o’z vaqtida, xolis mazmunli qarorlar qabul qilish uchun ochiq bo’lishi kerak. Axborot hajmi minimal bo’lishi va ayni paytda, uning ma’no- mazmuni maksimum bo’lishi, shuningdek axborot matni qisqa va aniq bo’lishi lozim. Korporasiyaning axborot ta’minoti axborotning turli oqimlari bo’ylab to’g’ri aloqalar shaklida amalga oshiradi. Bunday aloqalar ishlab chiqarishning muayyan vazifalarini hal etishni ta’minlaydi.
Zamonaviy yirik korporatsiyada axborot hajmi bir million hujjatgacha yetadi, shu bilan birga, barcha axborotlar o’z vaqtida qayta ishlanishi lozim. Masalan, Toshkent Aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot ko’rsatkichi bir milliondan oshadi. Korxonaning tashqi axboroti ham tez sur’atda ortib bormoqda. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tizimlashtirish va tashkil etish bo’yicha muammolarni hal etish zarur:
- ratsional axborot tizimini ishlab chiqish;
- axborot oqimlarini shakllantirish uslublarini ishlab chiqish;
- axborotni qabul qilish va uzatishning ratsional uslublarini tanlash;
- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
- axborotni qayta ishlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Bu yo’nalishdagi ishlarning butun majmui axborotni to’plash va qayta ishlashning umumdavlat yagona tizimi yaratilishini ta’minlashi kerak. Axborotlar yig’indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmasi bo’lib, hujjatlar, axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnik vositalarini o’z ichiga oladi.
Axborot tizimlari murakkab va oddiy bo’lishi mumkin.
Oddiy axborot tizimi chuqur qayta ishlanishni talab etmaydi, uning paydo bo’lish joyidan foydalanish, joyiga yetkazilishi o’zgarishsiz amalga oshiriladi. Bunday axborot telefon yoki turli vositalar orqali bir martalik xabar sifatida keladi.
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalanishi va avtomatlashishi darajasiga ko’ra tavsiflanadi. Birinchi guruhga shunday axborot tizimlari kiritiladiki, ularda axborotni qayta ishlash qo’lda yoki oddiy mexanizatsiyalashgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi guruhga axborotni qabul qilish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash vositalarini keng qo’llash asosida amalga oshirish mumkin. Uchinchi guruhga aralash tizimlar mansubdir. Ularda ma’lumotlarni qayta ishlashning kompleks mexanizatsiyasi axborotni to’plash va qayta ishlash unsurlari bilan bir qatorda qo’llaniladi.
Axborotni qayta ishlashda EHM dan foydalanadigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) deb nomlanadi.
ABT quyidagi vazifalarni bajaradi:
- axborot olish;
- axborotni qayta ishlash;
- axborotni yig’ish, saqlash;
- axborotni boshqaruv organiga berish;
- boshqaruv buyruqlarini tayyorlash;
- buyruqlarni ijrochilarga yetkazish.
Eng taraqqiy topgan axborot tizimini loyihalash quyidagilarga asoslanishi lozim:
- korxonada qo’llanilayotgan axborot tizimini tahlil qilish, asosiy axborot oqimlarini o’rganish;
- axborot tizimini iqtisodiy modelini ishlab chiqish, axborotning zarur hajmi va mazmunini belgilash;
- axborotni to’plash va qayta ishlash uchun texnik vositalarini aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish;
-axborotning yuzaga kelishi va ishlatilishi davriyligini aniqlash;
- korxonada qo’llanilayotgan axborot uchun shifrlar tizimini ishlab chiqish;
- standart xabarlarga axborot uzatish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qulay shakl berish maqsadida ularni loyihalash;
- loyihalash davomida olingan barcha materiallarni rasmiylashtirish va tizimlashtirish.
1. Tashkiliy faoliyatni tartiblashtirish (alohida xususiyatlari):
* tashkiliy tuzilmaning qaysi bir pog’onasida turishidan qat’i nazar, har bir menejer maqsadli faoliyatni amalga oshirish davomida o’z rahbari, o’zi, hamkasblari va qo’l ostidagi xodimlari uchun qanday va qancha axborot zarurligini aniq bilishi lozim;
* menejer shaxsiy faoliyati uchun zarur bo’lgan axborotning miqdoriy o’lchamlari va sifatiy ahamiyatini baholay bilishi, xuddi shu kabi tashkiliy tuzilmaning har bir pog’onasida turgan boshqa xodimlarning ish unumdorligini ta’minlash uchun qanday va qancha axborot zarurligini (axborot almashuvidagi me’yor) belgilay olishi shart;
* menejer o’z faoliyati davomida bitta yoki bir necha ishchi (xodim) bilan alohida suhbatlashishi, butun jamoa bilan tez-tez uchrashib turishi kerak;
* tashkilot miqyosida axborot almashuvini yo’lga qo’yish va takomillashtirish uchun tashkiliy faoliyatni rejalashtirish, rejalarni amalga oshirish va butun jarayonni nazorat qilish tamoyillaridan to’g’ri va unumli foydalana bilishi lozim;
* yangi ish rejalarini, tashkiliy faoliyat maqsadini hamda strategiyasini muhokama qilish va belgilab olish, ish jarayonini nazorat qilish, nazorat yakunlari bo’yicha hisobot talab etish menejerning vakolati doirasidagi imkoniyatlaridir;
Muqobil aloqa o’rnatish tizimi tashkiliy tuzilmadagi umumiy ish jarayonini boshqarish va nazorat qilish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mazkur tizim faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirishning mumkin bo’lgan ayrim variantlari:
* muayyan tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida xodimlarni tashkilotning bir bo’g’inidan boshqasiga o’tkazish;
* xodimlarga so’rovnoma bilan murojaat etish.
Bunda ushbu xildagi ma’lumotlarni to’plash imkoniyatlari paydo bo’ladi:
* xodimlar o’z ish vazifalarini to’liq va to’g’ri anglab yetdilarmi?
* ish jarayonida xodimlar qanday ehtimoliy yoki hayotiy muammolar bilan to’qnash kelishi mumkin?
* xodimlar o’z ish vazifalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan axborotni o’z vaqtida va to’liq olyaptilarmi?
* ish boshqaruvchi rahbarlar quyidan kelayotgan takliflar, fikr-mulohazalarni tinglash va qabul qilishga tayyormi; xodimlar istiqboldagi faoliyatiga va mavqeiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashkiliy o’zgarishlar haqida xabardor etilganmi;
2. Talab va takliflarni umumlashtirib to’plash tizimini tashkil etish.
Bunday tizim faoliyatini yo’lga qo’yishdan ko’zlangan maqsad tashkiliy tuzilmaning quyi pog’onasidan keladigan axborotlarni yuqoridagi rahbarlarga yetkazishni yengillashtirishdan va tashkiliy bo’g’inlar bo’ylab uzatiladigan axborotni saralanishi saqlashni ta’minlashdan iborat. Mazkur tizim asosida tashkilotning barcha bo’g’inlaridagi xodimlar birdek tashkiliy faoliyatni takomillashtirish yo’llarini izlash jarayoniga jalb etilishi mumkin.
3. Informatsion ma’lumotlar.
Yirik tashkilotlar, odatda barcha xodimlar uchun mo’ljallangan oylik axborotnomalarni chop etadi. Bu xil nashrlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish usullarini izlashga, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa xil dolzarb masalalarga alohida e’tibor beriladi.
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Ularning joriy etilishi tashkilotdagi axborot oqimlarining harakatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, elektron pochta orqali har qanday xodimga kerakli ma’lumotni o’z vaqtida yuborish mumkin, videokonferensiyalar vositasida tashkiliy tuzilmaning har xil pog’onasida turgan xodimlar bir vaqtning o’zida muhim masalaning muhokamasida qatnasha oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |