Kadrlar menejmentida axborot texnologiyalari o’rni va ahamiyati
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. Kadrlar menejmentida axborotlar texnologiyalarining ahamiyati;
2. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar;
3. Axborot texnologiyalarini korxona raqobatiga ta’siri.
III. Xulosa va takliflar.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Zamonaviy bozor iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlari resurslar tanqisligi sharoitida xo’jalikni oqilona yuritishni ta’minlashga yo’naltirish, minimal sarf – xarajatlar bilan yuqori natijalarga erishish zaruriyati, ishlab chiqarishni tartibga solishni kam samarali, ma’muriy uslublarini bartaraf etish, ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirish asosida, ishlab chiqarishni intensiv xarakterli rivojlantirishga o’tishni jadallashtirish hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning bunday talab va konuniyatlariga javob beruvchi xo’jalik boshqaruvi tizimi samarali va qayishqoq bo’lishi kerak.
Xozirgi zamon sharoitida iqtisodiyotni boshqarishni, ayniqsa korxona, uyushma, konsern va boshqa xo’jalik tashkilotlari miqyosida, isloh qilishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, menejmentni amaliyotga qo’llash bo’yicha asosiy nazariy va metodologik holatlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Shuni qayd qilish kerakki, xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga o’tish bilan korxonani samarali boshqarish masalasini amaliy vazifa sifatida qo’yishga imkon beruvchi ijobiy jarayonlar ko’payib boradi. Bunda menejmentning roli ham kuchayadi.
Korxonani boshqarish uning qaysi sohaga tegishliliga, ularni iqtisodiy faoliyatiga jalb etish darajasiga, zamonaviy texnologiyalar va kommunikasion texnologiyalar bilan ta’minlanganligiga qarab ko’pgina o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi.
Zamonaviy sharoitlarda asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish va qayta ishlashdan iborat bo’lgan axborot ta’minot muhim soha bo’lib qoldi.
Boshqaruvning yuqori darajasida korxona faoliyati va holati to’g’risidagi ma’lumotlarni uzatish, hamda korxonaning barcha bo’limlari o’rtasida axborotlarni o’zaro almashinuvi zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqaning boshqa texnik vositalari zaminida amalga oshiriladi.
O’zaro bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur strukturani normal faoliyat ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori bo’lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliy-texnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan korxonalardan tushadigan korxonani nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishini ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Tezkor (operativ) qarorlar qabul qilishini talab etuvchi ishlab chiqarish jarayonida rejaviy ko’rsatgichlardan chetlanish yuzaga kelishi to’g’risidagi axborotlar muhim rol o’ynaydi.
Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni yangi ilmiy bilimlar , kashfiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, o’z korxonasi hamda raqobatchi korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar
o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy va o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.
Axborot texnologiyalar muhim rol o’ynovchi yanada muhim sohalari ichida hal qiluvchi rolni va o’ziga xos o’rinni boshqaruv sohasi egallaydi. Yangi axborot texnologiyalar ostida boshqaruv texnologiyasida tubdan o’zgarishlar amalga oshiriladi, boshqaruv faoliyatida band bo’lgan mutaxassislarning malakasi va mahorati oshadi.
Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo’g’inlarining ehtiyojlari va ishlab chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda korxonalarda axbortlarga turli xil tizimlar doirasida ishlov beriladi. Ularni barcha xodimlar uchun keng ochiqligini ta’minlash va shu bilan qarorlar qabul qilishni yengillashtirish uchun korxona uchun muvafaqiyatga erishishning muhim faktori bo’lib xizmat qiladi. Maqsadni bunday qo’yilishi korxona menejmentiga ishlab chiqarishni boshqarish va rejalashtirish uchun zarur bo’ladi.
Talabalar esa zamonaviy iqtisodiyotni yangi ish shartlariga nazariy va malakaviy jihatdan tayyor bo’lishi kerak, chunki bunga inson faoliyatining barcha jabhalarida axborotlar texnologiyalardan foydalanish ko’lami hamda bu texnologiya ijtimoiy mehnat samaradorligini oshirishda qanday rol o’ynashi bilan bog’lik bo’ladi.
Qo’llanmaning maqsadi – talabalarga informatizasiyalash asoslari va boshqaruv vazifalarini yechish usullari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |