Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi
Qarorlar qabul qilishi qo’llab-quvvatlash tizimi (QQQT) tashkilotning boshqaruv darajasiga xizmat ko’rsatadi. Ular vaziyatli xarakterga ega bo’lmagan, hamda ularni oldindan ko’rish oson bo’lmagan, yaxshi strukturalanmagan qarorlar variantini analitik asoslashga yordam beradi. Bunday tizimlar atrof muhitni o’zgarib turuvchi sharoitlariga moslasha olishga tayyor bo’lishi kerak. Ularda ofisli, professional va tranzaksion tizimlardan hamda BATdan foydalanilishiga qaramasdan, ular tashqi manbalardan (aksiyalarni joriy narhlari, raqobatchilardagi mahsulotlarning narxi va h.q.) ham axborot oladilar.
QQQT boshqa darajadagi tizimlar bilan taqqoslanganda, kattagina tahlilik imkoniyatlarga ega. Ularning asosida ma’lumotlar tahlilini matematik modeli yotadi. QQQT interaktiv hisoblanadi, qaror qabul qiluvchi shahs, vazifa (masala) shartini o’zgartirishi va do’stona foydalaniladigan interfeysdan foydalanib, ularga yangi ma’lumotlarni kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |