Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Download 374,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana06.03.2023
Hajmi374,97 Kb.
#916866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'rta osiyodagi qadimgi davlatlar

 
haqida bir qator qiziq ma’lumotlar 
uchraydi. Miloddan avvalgi II asrning 20-yillarida Farg‘ona, So‘g‘diyona, 
Baqtriyada safarda bo‘lgan xitoylik elchi Chjan Syanning guvohlik berishicha, 
Farg‘onaning aholisi bir necha yuz ming kishidan iborat bo‘lib, harbiy qo‘shini soni 
60 mingdan iborat bo‘lgan. Farg‘ona boshqaruv tizimida hukmdor, uning ikki 
yordamchisi (vaziri) va oqsoqollar kengashi faoliyat ko‘rsatganligi xitoy 
manbalaridan ma’lum. Yordamchilar asosan oliy hukmdorning qarindoshlari 
orasidan tayinlangan bo‘lishi kerak. Ammo, oqsoqollar kengashi mamlakat ijtimoiy, 
siyosiy va tashqi munosabatlarida faol ishtirok etish bilan bir qatorda oliy hukmdor 
faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish qudratiga ham ega bo‘lgan. Urush 
ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi 
tadbirlarda oqsoqollar kengashi yetakchi o‘rin tutganligini ko‘rsatuvchi guvohliklar 
talaygina. Masalan, xitoyliklarning Farg‘onaga tajovuzlari chog‘ida oqsoqollar 
kengashi o‘zaro sulh tuzish tarafdori bo‘lib chiqadi va bunga erishadi ham. YO 
bo‘lmasa, xitoyliklar bosqini bilan bog‘liq voqealar sababchisi deb topilgan Mug‘uy 
oqsoqollar kengashi hukmi bilan qatl qilingan
1

Miloddan avvalgi 263-yilda Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun olib 
borilgan urushlar tufayli hozirgi Turkmaniston respublikasi hududida Parfiya 
podsholigi
 
tashkil topdi. Keyinchalik Parfiya jahondagi eng qudratli davlatlardan 
biriga aylanadi. Uning ijtimoiy tuzumi zodagon jangchilar, yengil qurollangan 
suvoriylar; erkin jamoachi dehqonlar va qullardan iborat bo‘lgan. Davlat boshlig‘i 
podshoh bo‘lib, uning hokimiyati ikkita kengash bilan cheklangan edi. Birinchi 
kengash urug‘ zadogonlari, ikkinchisi kohinlar kengashi. Bu ikki kengash birgalikda 
avvalgi davlat boshlig‘ining merosxo‘r haqidagi vasiyatini hisobga olgan holda 
yangi podshohni saylagan. Parfiya davlati bir necha kichik podsholiklarga bo‘lingan 
bo‘lib, ularning hukmdorlari o‘zlarining tangalarini zarb etish huquqidan 
foydalangan. Bu kichik podsholiklar satrapliklarga, ular gipaxariylarga, ular esa 
statmilarga bo‘lingan. Bir guruh satraplarga marzpanlar boshchilik qilgan
2
.
Har bir qishloq alohida qal’ani tashkil qilib, dizpat nomi bilan yuritilgan qal’a 
boshlig‘i tomonidan boshqarilgan. Dizpatlar satrapga bo‘ysungan. Otliq qo‘shin 
boshlig‘i Tiridat. Bir necha xazinachilar bo‘lgan. Soliqlarni yig‘ish, yig‘ilgan 
mahsulotlarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi, mirza, muhrdor, hisobchi kabi 
mansabdor shaxslar faoliyat ko‘rsatgan. Mahalliy ma’murlarning asosiy vazifasi 
soliqlarni yig‘ish, xalqni mavjud tartiblarga itoatda tutib turish bo‘lgan. Ayrim 
ma’lumotlarga qaraganda yirik shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lgan, 
shaharlarning tanga pullari bo‘lgan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxiri va milodning birinchi ming 
yilligi boshlarida Osiyoda katta mavqega ega bo‘lgan davlatlardan biri – Xunnlar 
1
Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Т.: Ўқитувчи, 2001. 114-b 
2
A. Аскаров. ―Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – T., 2007. 91-b 


11 
davlatidir. Uyg‘urlar va boshqa turkiy xalqlarning ajdodlari bo‘lmish xunlar 
miloddan burungi 209-yiligacha 500 yil hukm surgan qudratli Xun Tangriqutligi 
(imperiyasi)ni vujudga keltirdilar. Mazkur imperiyaning hududi kunchiqarda ulug‘ 
okean qirg‘oqlarigacha borib tutashgan, shimolda Lena daryosi, Boyko‘l (Baykal 
ko‘li), Yansi daryosining o‘rta iqlimlarigacha, janubda Xitoy devorigacha, g‘arbi 
janubda Hindiston (Sind)ning shimoligacha, yaksartlar, abinlar, assionlar va boshqa 
qabilalar istiqomat qiluvchi Sirdaryoning shimoliy va shimoliy sharqiy qismlari, 
g‘arbda Kaspiy dengizining sohillarigacha cho‘zilgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, xunlar qo‘shni davlatlarga tez-tez 
hujumlar uyushtirib turganlar. Bu hujumlar ko‘pchilik hollarda ularga muvaffaqiyat 
keltirgan. Lekin ko‘p o‘tmay, xunnlar o‘rtasida nizo vujudga kelib, janubiy xunnlar 
(Oq xunnlar) va shimoliy xunnlar (Ko‘k xunnlar)ga bo‘linish yuz bergan. Ana 
shunday urushlardan birida Kushonlar–Oq xunnlar Ko‘k xunnlardan yengilib 
Qoshg‘ardan siqib chiqariladi va Farg‘ona orqali Baqtriyaga o‘tib, uni bosib 
oladilar. Xunnu qabilalarining bir qismi miloddan avvalgi III–II asrlarda Sibirda 
qo‘nim topgan. Miloddan avvalgi II asrda Xunnular Markaziy Osiyodan Ural oldi 
rayonlariga ko‘chib o‘tgan. Ularning mahalliy sarmatlar bilan qo‘shilibchatishib 
ketishlari natijasida xunn qabilalari (Gunlar) paydo bo‘lgan. Xun qabila ittifoqining 
bir qismi Yettisuv va Sirdaryo bo‘ylaridagi poyonsiz cho‘llarga ko‘chib o‘tadilar va 
bu yerli sak, massaget qabilalari bilan aralashib ketadilar.
Xunnlar davlati tepasida shanyuy (ulug‘ azim) turgan. Shanyuy lavozimini 
xunnlar qabilasiga kiruvchi 24 ta urug‘ boshliqlaridan eng ulug‘i egallagan. U katta 
vakolatlarga ega bo‘lsa-da, uning hokimiyati mutlaq emas edi. Shanyuy hokimiyati 
har biri 2 mingdan 10 minggacha otliq qo‘shinga ega bo‘lgan urug‘ boshliqlari 
tomonidan cheklangan edi. Dastlabki davrlarda Shanyuy urug‘ boshliqlari 
tomonidan saylangan, keyinchalik esa saylov o‘rnini taxtga o‘tqazish marosimi 
egallagan. Xunnlar davlatining so‘nggi davriga kelib davlat boshlig‘ining 
hokimiyati vasiyat asosida meros tariqasida otadan o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘lgan. 
Davlat boshlig‘i – shanyuy harbiy, diplomatik va diniy sohalarga boshchilik qilgan. 
Qonunchilik hokimiyati ham uning qo‘lida bo‘lgan.
Xunnlar qabilasidagi urug‘lardan Xuyan, Lan va Syuybu urug‘lari asilzoda 
urug‘lar hisoblanib, davlat idoralaridagi yuqori mansablarga ularning vakillari 
tayinlangan. Masalan, sudya lavozimiga Syuybu urug‘i vakili tayinlangan. Boshqa 
urug‘lar asilzoda urug‘lar foydalangan imtiyozlardan mahrum etilgan bo‘lsalarda, 
biroq ular o‘zlarining ichki ishlari borasida mustaqil bo‘lganlar. Ularning o‘z 
hukmdorlari bo‘lib, ularning hokimiyati meros tariqasida o‘g‘illariga o‘tgan. 
Xunnlar davlatining markaziy boshqaruv devonida asosiy vazifalar 
shahzodalar, xizmatchi asilzodalar va urug‘ zodagonlari o‘rtasida taqsimlangan.
Qadimgi davr davlatchiligi va huquq tarixini o‘rganishda diniy, tarixiy, huquqiy 
hujjatlarning ahamiyati beqiyosdir. Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida 
huquq tizimi va institutlari har xil bo‘lgan. Doro davrida yagona huquq tizimini 


12 
tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin 
bu qonunlar bizgacha yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, 
Ahamoniylar davlatida podshohning fikri, xulosasi, qarori hal qiluvchi rol o‘ynagan. 
Uning qarori qat’iy bo‘lib, o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan. Lekin podshoh 
davlatni boshqarishda forslarning an’analarini hurmat qilish, yettita asilzodalar 
urug‘larining vakillari bilan maslahatlashib ish ko‘rishi lozim edi.
Doro I ayrim ishlarni shaxsan o‘zi ko‘rib hal qilgan alohida ishlarni ko‘rish 
uchun sudyalar tayinlagan. Oddiy jinoyatlar podshoh tomonidan tayinlanadigan 
sudyalar tomonidan ko‘rilgan. Sudyalik lavozimi meros tariqasida farzandga o‘tgan. 
Podshohga, uning oila a’zolariga qarshi qaratilgan jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar 
hisoblanib, o‘lim jazosi bilan jazolangan. Ko‘pchilik hollarda butun oila a’zolari 
o‘limga hukm qilingan. Boshqa jinoyatlar birinchi marta sodir etilganda o‘lim jazosi 
qo‘llanilmagan, faqat bir necha jinoyatlarni sodir qilganligi uchun o‘lim jazosi 
qo‘llanilgan
1
.
Qadimgi davr huquq manbalaridan biri «Avesto»dir. Miloddan avvalgi IX 
asrlarda mazdaparastlik va bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» yuzaga keldi. 
Tadqiqotlarga ko‘ra, «Avesto» taxminan Miloddan avvalgi IX asrdan IV asrgacha 
tuzilgan. Bu nodir kitob shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga 
qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosdir. «Avesto» kitobi ayni zamonda bu o‘lkada 
buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi 
tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, 
Avesto 21 kitob (nasx)dan, gatlar (eng qadimgi qismlar), yashtlar, urf-odat hamda 
marosimlar bayoni iborat. Uning matni o‘n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin 
harflar bilan bitilgan. Bu nusxa to Iskandar zamonasiga qadar Istahr shahrida 
saqlangan. Iskandar bu yurtni bosib olgach, uni yo‘q qilib yuborgan.
Avesto 348 bobdan iborat bo‘lgan, unda 345700 so‘z bo‘lgan. Avestoning 
Vendidot kitobida huquqiy qoidalar o‘z aksini topgan. U qadimiy mug‘larning odat 
va an’analari, rasm-rusumlari, axloq-odob, madaniyat va maorifini, qonunlarini o‘z 
ichiga olgan. Avestoda jinoyat, oila-nikoh, fuqarolik, harbiy, sud huquqi normalari 
mavjud. Vandidodda mehnat, yaratuvchilik, saxiylik, ezgulik, poklik, yaxshi niyat 
va yaxshi so‘z ulug‘lanadi. Uning 13, 14-boblarida suvning qadriga yetish, undan 
unumli foydalanish haqida, har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har 
kishi «bir belkurak» kenglikda va chuqurlikda ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli 
ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirmaslik, 
yerga ishlov berish, bug‘doy, giyoh va mevali daraxt ekish to‘g‘risidagi normalar 
bor. Bu normalarni buzganlik uchun majburiy mehnatga jalb qilish jazosi 
belgilangan.
1
Матбобоев B.X. ―Ўзбек давлатчилигининг илк босқичларида Фарғона. Тошкент-2001. 154-b 


13 
Tozalikka rioya qilmaganlarga nisbatan qattiq jazo belgilangan. O‘lgan 
odamni yoki itni yerga ko‘mib 6 oygacha qazib olmasa besh yuz qamchin «aspahih-
ashatra», besh yuz qamchi «saravushu-charana» bilan jazolangan. Agar bir yilgacha 
qazib olmasa, 2000 darra urish bilan jazolangan. Kim o‘likni yoqsa o‘lim jazosiga 
hukm qilingan. Oila-nikoh borasida oilani mustahkamlash va bola tarbiyasi bilan 
bog‘liq masalalarga alohida e’tibor berilgan. Er-xotinning bir-biriga xiyonat 
qilganligi, nikohsiz er-xotinlik munosabatida bo‘lganlik uchun tan jazosi 
belgilangan.
Qadimgi davrlarda mansabdorlik jinoyatlari – mansabni suiiste’mol qilish, 
poraxo‘rlik, adolatsiz hukm chiqarish, xudolarga va kohinlarga qarshi, shaxsga 
qarshi (odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, urish, zahar va nasha tayyorlash), 
mulkiy (o‘g‘irlik, mulklarni yoqib yuborish, chegara belgilarini yo‘q qilish) uchun 
ham jazo borligi haqida ma’lumotlar bor. Jinoyatchilarga nisbatan o‘lim jazosi, tan 
jazosi, mol-mulkni musodara qilish, pul jarimasi, qamoq jazosi qo‘llanilgan. Dalil 
sifatida sudda aybdorning o‘z aybini bo‘yniga olish, guvohlarning ko‘rsatmalari, 
qasam ichish kabilar tan olingan. Sud jarayonida olov, qizdirilgan temirni bosish, 
eritilgan qo‘rg‘oshinni ko‘krakka quyish kabi turli qiynoqlar qo‘llanilgan.
Shunday qilib, Avesto va uning huquqiy qismi bo‘lgan Vandidod jamiyatni 
pok saqlash, ezgulikni ulug‘lash, yomon illatlarni bartaraf etish, xalqni farovon va 
yaxshi turmush kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan.


14 

Download 374,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish