1. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar paydo bo’lishiga omillar
Davlat va huquq tarixi fanining asosiy vazifalaridan biri – bu mustaqil
davlatchilik sharoitida O‘zbekiston hududida davlat va huquqning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi tarixini chuqur ilmiy va xolisona o‘rganish, tarixiy taraqqiyotning
siyosiy-huquqiy yutuqlaridan mustaqil o‘zbek davlatchiligi va uning huquqiy
tizimini takomillashtirishda foydalanish, qolaversa, boy va betakror tariximizni
jahon jamoatchiligiga namoyish etishdir. Ushbu mavzu O‘zbekiston hududida
davlatchilik va huquq tarixining ilk, o‘z navbatida, murakkab davriga bag‘ishlangan
bo‘lib, unda ushbu zaminda siyosiy-huquqiy institutlarning paydo bo‘lish shart-
sharoitlari va sabablari, ilk davlat tuzilmalari, ularning siyosiy tuzumi, huquq
manbalari, tarmoqlari va institutlari, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib
olinishiga qadar bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari
kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi
1
.
O‘zbek davlatchiligining tarixi xususida so‘z borganda, fanda u joylashgan
muayyan hudud, ya’ni «O‘rta Osiyo» va «Movarounnahr» tushunchalariga murojaat
etish lozim bo‘ladi. O‘rta Osiyo – g‘arbdan Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron,
Afg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan (45°/32' kenglik) shimoliy
chegara bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo‘lib, jami 1 mln. 984
ming kv.km.ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo Qadimgi g‘arb va Qadimgi sharqni
bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tagan. O‘zbekistonda davlat va huquqning
rivojlanishi o‘zining bir necha ming yillik tarixiga ega. Tarixiy taraqqiyotning turli
bosqichlarida mamlakatimiz hududida ko‘plab davlatlarni qamrab olgan
imperiyalar, tarqoqlik tufayli vujudga kelgan kichik-kichik davlatlar mavjud
bo‘lgan
2
.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida
hozirgi Markaziy Osiyo hududida 20 ga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha
qabilalar ittifoqiga birlashgan. Ular orasida bir necha sak qabilalarini birlashtiruvchi
massagetlar ittifoqi boshqa qabilalar ittifoqidan alohida ajralib turgan. Binobarin,
turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ildizlari ana shu massagetlarga borib
taqaladi. Massaget qabilalari ittifoqiga quyidagi elatlar kirgan: qadimgi Sirdaryo
havzasida, Amudaryoning sharqiy o‘zanlari bo‘yida va Qoraqumda yashovchi
apasiaklar, Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan daxato‘ralar, taxminan
Zarafshonning quyi qismi va Amudaryoning o‘rta oqimida yashagan derbiklar,
Nurota tog‘larida o‘rnashgan sakavaraklar, Sirdaryoning o‘rta oqimidan
Tyanshangacha cho‘zilgan usunlar ham antik davrlarda xorazmiylar tarkibiga
kirgan.
1
K. Шониѐзов. ―Ўзбек халқининг шаклланиш жараѐни. – T., 2001.83-b
2
A.Сагдуллаев ―Қадимги Ўзбекистон илк ѐзма манбаларда‖. – T., 1996. 147-b
5
Qabilaga birlashgan urug‘ a’zolari umumiy mehnat bilan shug‘ullanganligi,
mulkdan teng foydalanilgani, erkaklar bilan xotinqizlarning teng huquqli
bo‘lganligi, urushlarda erkaklar bilan bir qatorda xotin-qizlar ham ishtirok etganligi,
har bir qabilaning o‘z boshlig‘i bo‘lganligi, ayrim qabilalarning boshliqlari ayollar
bo‘lganligi, qabilaning umumiy manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar qabila
a’zolari yig‘ilishida muhokama qilinib hal etilganligi, har bir qabila, urug‘ning o‘z
urf-odatlari, qoidalari bo‘lib, ularga qat’iy rioya qilinganligi haqida ayrim
ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Qadimgi xalqlarda davlatni boshqarish, sudlov
ishlarini amalga oshirish, xalq bilan davlat boshlig‘i o‘rtasidagi munosabatlar haqida
«Shajarayi turk» asarining muallifi Abulg‘ozi Bahodirxon quyidagi ma’lumotlarni
keltiradi: «Qadimgi xalq bu zamonning xalqindan yaxshi edi. Agar el va xalq yig‘ilib
kishi ultura bilur bo‘lsa va yo gunohkor so‘ray bilar bo‘lsa va yo bir ish boshqarmoq
qo‘lindan kelur bo‘lsa, ne uchun bir mardga podshoh ot quyub evining to‘rinda
o‘lturib, barcha xalq ixtiyorlarini aning qo‘lina bera tururlar»
1
.
Hozirgi kun ilm-fanida Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi hududida qachon va qanday omillar ta’sirida davlat va huquq paydo
bo‘lgan degan savolga aniq javob yo‘q. Bu to‘g‘rida ba’zi taxminlar mavjud, xolos.
Hozirgi tarix fanida O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikda
davlat birlashmalari bo‘lganligi, ular tashqi dushmanlarga qarshi urushlar olib
borganligi, qo‘shni mamlakatlar bilan bordi-keldi qilganligi, iqtisodiy, madaniy va
savdo aloqalari o‘rnatganligi ma’lum. Lekin bu davlat birlashmalarining tuzumi,
boshqarish shakli, davlat organlari, mansabdor shaxslari, ularning vakolatlari,
qonunlari, ularni buzganlik uchun javobgarlik turlari haqida aniq va to‘la ma’lumot
yo‘q.
Hozirgi kunda «Avesto»dan ushbu savollarga qisman javob topish mumkin.
Bu o‘rinda shuni qayd qilish kerakki, «Avesto» miloddan avvalgi VII asrdan keyingi
davrga taalluqli manbadir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu davrda hozirgi
Markaziy Osiyo hududida uchta yirik davlat birlashmasi mavjud bo‘lgan. Ular Katta
Xorazm – Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg‘ab vohasi va
Parfiya hududlari, Baqtriya – hozirgi Surxondaryo va Tojikistonning Amudaryoga
yaqin yerlari hamda Shimoliy Afg‘oniston hududlari, So‘g‘diyona – Zarafshon
daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi hududlaridir.
Miloddan avvalgi XIII asrdan VIII asrgacha bo‘lgan davr Xorazmda
davlatchilik kurtaklarining vujudga kelishi va davlat shakllanishi davri bo‘lgan.
Miloddan avvalgi VIII asrdan VI asrgacha bo‘lgan davrda Xorazm hukmdorlari
o‘lka atrofiga ko‘pgina hududlar va xalqlarni birlashtirish, tarixda «Katta Xorazm»
deb ataluvchi harbiy-demokratik tamoyillarga asoslangan konfedratsiyani barpo
etishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu davlat Eron Ahamoniylari istilosigacha faoliyat
ko‘rsatgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VIII– VII
1
Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. – T.: Iqtisod-moliya, 2006. 48-b
6
asrlarda O‘rta Osiyo hududi Ossuriya davlati tarkibiga kirgan.
Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Eronda kuchli Ahamoniylar davlati
tashkil topadi. Markaziy Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI asr o‘rtalaridan IV
asrning ikkinchi choragigacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti va huquqiy
tizimi ushbu makonda hukmronlik qilgan Ahamoniylar sulolasi tomonidan tashkil
etilgan davlat va qonunchilik tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Ahamoniylar
podsholari Markaziy Osiyo yerlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar tufayli bu
hududda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Ularning hukmronlik davri ikki asrdan
ortiqroq vaqt davom etadi. Ahamoniylar davlati yagona ma’muriy tizimga, kuchli
armiyaga, yagona pul birligiga ega qudratli markazlashgan davlat bo‘lib,
ma’muriyhududiy jihatdan boj to‘laydigan satraplik (xshatrapa)larga bo‘lingan.
Manbalarda keltirilishicha, satrapliklar soni va hududi turli davrlarda turlicha
bo‘lgan. Jumladan, So‘g‘diyona, Baqtriya va Xorazm alohida satrapliklarni tashkil
qilgan. Tarixchi Gerodotning yozishicha, «O‘rta Osiyo to‘rt satraplikka bo‘lingandi.
Kaspiy dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab yashovchi qabilalar XI satraplik tarkibiga kirib,
300 talant (talant – 30 kg atrofida (yoki ziyod) kumush) to‘lashgan. Xorazm,
So‘g‘diyona va Parfiya XVI satraplikni tashkil etib, 300 talant to‘lagan. Baqtriya
XII – satraplikni tashkil qilgan va 360 talant to‘lagan. Nihoyat, saklar XV satraplikka
kirib, 250 talant to‘lashgan».
Ahamoniylar davlati boshqaruv shakliga ko‘ra zo‘rlikka asoslangan, tuzilishi
markazlashgan unitar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo‘lida
to‘plangan bo‘lib, u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda
boshqarar edi. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o‘rinda hazarapat (ming
boshliq) turgan. U barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining
nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy
qo‘riqchilariga boshchilik qilgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar
haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar, taftishchilar, podshohga
ma’lumot yig‘ib keluvchilar, aloqa xizmati xodimlari va boshqalar bo‘ysungan.
Davlat boshqaruvidagi asosiy mansablarga, odatda, eronlik asilzodalar tayinlangan.
Satrapliklarda butun hokimiyat Eron podshosi tomonidan lavozimga tayinlanadigan
va vazifasidan bo‘shatiladigan satraplar qo‘lida to‘plangan.
Satraplik lavozimiga dastlab harbiy bo‘lmagan kishilar, keyinchalik harbiylar
tayinlanadigan bo‘lgan. Satraplar ma’muriy boshqaruv va sud hokimiyatiga
boshchilik qilgan. Xo‘jalik ishlarini amalga oshirish, soliq va yig‘imlarni o‘z vaqtida
undirish, mansabdor shaxslar faoliyati, satraplik hududidagi yo‘llarda xavfsizlikni
ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirgan. Satraplar kumush va mis tangalar
chiqarish huquqiga ega edilar. Satrap qoshida boshqaruv idorasi tashkil etilgan
bo‘lib, unda idora boshlig‘i, xazinachi, soliq yig‘uvchilar, sud tergovchilari, kotiblar,
jarchilar faoliyat yuritgan. Satrapliklarda ko‘p sonli harbiy qo‘shin saqlangan bo‘lib,
ularga bevosita podshohga bo‘ysunuvchi lashkarboshilar qo‘mondonlik qilgan.
Doro I (miloddan avvalgi 522–486-y.) vafotidan so‘ng fuqarolik va harbiy
7
hokimiyatning alohida olib borilishi tartibiga barham berilgan.
Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida turli huquq tizimi va institutlari
amal qilgan. Doro I hukmronligi davrida yagona huquq tizimini tashkil qilish
maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq
Ahamoniylar davlatining qonunlari bizgacha yetib kelmagan. Miloddan avvalgi
358-yilda Ahamoniylar
hukmdori Artak-serks III ning davlatning ilgarigi
hududini tiklashga qaratilgan harakatlari samara bermaydi. Miloddan avvalgi 337-
yilda uning o‘rnini o‘g‘li Arses egallaydi. Saroy zadogonlari taxtga Doro III ni
o‘tqazishadi. Siyosiy beqarorlik markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keladi.
Markaziy Osiyo xalqlarining Ahamoniylar hukmronligiga qarshi olib borgan
kurashi tufayli Miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmidan boshlab
xorazmliklar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishadi. Miloddan avvalgi IV
asrning oxirgi choragida makedoniyaliklar bilan Ahamoniylar o‘rtasidagi kurash
makedoniyaliklar g‘alabasi bilan (Kilikiya, Suriya, Misr, Bobil, Persopol, Pasargad
davlatlari ham) tugaydi. Natijada o‘z mustaqilligini saqlab qolgan. Xorazm
davlatidan tashqari butun O‘rta Osiyo hududida Makedoniyaliklar hukmronligi
o‘rnatiladi. Aynan shu davrga kelib Baqtriya hokimi Bess o‘zini «Osiyo podshosi»
deb e’lon qilib, Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Parfiyani o‘z ichiga olgan
yagona davlatni tashkil etishga harakat qiladi.
Ammo bunga yunon-maqduniya qo‘shini imkon bermaydi. Iskandar
Maqduniy qo‘shinlari avval Navatakni ishg‘ol qilib, so‘ngra Maroqandni ham bosib
oladi. Maqduniyaliklar Markaziy Osiyoda bosqinchilik yurishlarini uch yil davom
ettiradilar. Natijada uning ko‘p qismi Iskandar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi.
Faqat Xorazm hukmdori Farazmanning Iskandar Maqduniy bilan ittifoq tuzishi
natijasida u o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. Makedoniyaliklar hukmronligi davrida
satrapliklar saqlanib qoladi. Satraplar dastlab eronliklardan tayinlangan bo‘lsa,
keyinchalik makedoniyaliklardan tayinlanadigan bo‘ldi. Satraplar qoshida harbiy va
moliyaviy ishlarni boshqaruvchi mansab ta’sis etiladi. Satraplar tanga chiqarish va
yollanma qo‘shin saqlash huquqidan mahrum etiladi. Mahalliy boshqaruv murosa
yo‘li bilan olib boriladi.
Iskandar Maqduniy vafotidan so‘ng (miloddan avvalgi 323-yil) O‘rta Osiyo
hududi Salavqiylar davlati (Bobil, Baqtriya, So‘g‘diyona) tarkibiga kiritiladi.
Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun olib borilgan urushlar tufayli Miloddan
avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Yunon-Baqtriya podsholigi tashkil topadi.
Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan.
Keyinchalik uning tarkibidan parfiyaliklar ajralib chiqib, Parfyanlar podsholigini
tashkil qilgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ma’lum bir iz qoldirgan davlatlardan
biri Qang‘ davlatidir. So‘nggi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, ushbu davlat
miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Bu jarayonda yunon-
maqduniyaliklar hukmronligiga qarshi olib borilgan kurashlar va ichki nizolar
alohida rol o‘ynagan.
8
Qang‘ davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar
(Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l hududlari)dan iborat edi.
Miloddan avvalgi II asrning boshlariga kelib, Qang‘ davlatining yerlari birmuncha
kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoliy sharqda Usun daryosi,
g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini,
Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olgan.
Miloddan avvalgi II–I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi
yerlarni hamda Xorazmni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Qang‘ davlati boshlig‘i xoqon
bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Xoqon huzurida oqsoqollar
kengashi bo‘lib, u maslahat organi vazifasini o‘tagan. Qang‘ davlatining butun
hududi beshta mulkka (Susey, Fumu, Yunis, Giye, Yuyegyan)ga bo‘lingan bo‘lib,
ular noiblar tomonidan boshqarilgan. Mulklar o‘z navbatida viloyatlarga bo‘lingan.
Ular jabg‘u (jobu, yobu)lar tomonidan boshqarilgan
1
.
Ijtimoiy-siyosiy tuzumda ko‘chmanchi zodagonlarning mavqei yuqori
bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Yunon-Baqtriya
Do'stlaringiz bilan baham: |