Reja: I kirish II asosiy qism



Download 362,33 Kb.
bet1/13
Sana31.05.2021
Hajmi362,33 Kb.
#65627
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Turizmda geoaxborot tizimlari


Mavzu: Turizmda Geoaxborot tizimlari.

Reja:

I Kirish



II Asosiy qism:

  1. Geoaxborot tizimlari haqida tushuncha.

  2. Geoaxborot tizimlari turlari va imkoniyatlari.

  3. Quyi Amudaryo mintaqasi haqida turistik hamda geoaxborot berish.

  4. Turizm industriyasida Internet tarmog’idan foydalanish istiqbollari.

  5. Informatsion texnologiyalarning turbiznesni rivojlantirishdagi roli.

III Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Jahondagi globallashuv sharoitida turizm muhim ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillardan biriga aylandi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida umumiy daromad hajmi trillionlab dollarni tashkil etmoqda, har yili butun dunyoda bir milliarddan ziyod kishi sayohat qilmoqda. Turizm nafaqat savdo xizmatlarining bir turi sifatida, balki bugun turizm bozorlarining barqaror rivojlanishi yangi ishchi o‘rinlarni yaratishga va unga turdosh bo`lgan tarmoqlarni rivojlantirishga imkoniyat yaratmoqda.

Shu tufayli turizm faoliyatini ravnaq toptirish masalasi 2017- 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida ham o‘z aksini topgani bejiz emas. O’zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zaruriy manbalarga ega bo`lib, Buyuk Ipak yo`li ustida joylashgan. Vatanimiz - qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.

Mamlakatni modernizatsiyalash bosqichida turizm va mehmondo‘stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar qatorida, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularni turizm sohasining har bir tarmog`iga qo`llash orqali yuqori samaraga ega bo`lish va xalqaro turizm bozorida raqobatbardosh sohaga ega bo`lish dolzarb masala bo`lib turibdi.

Bugungi kunda Quyi Amudaryo mintaqasining turizm holatiga nazar tashlaydigan bo`lsak, asosan tarixiy turizm sezilarli rivojlanib ulgurganini guvohi bo`lamiz. U ham bo`lsa tarixiy obidalar gavjum bo`lgan Xiva shahri misolida ko`rishimiz mumkin. Ammo asosiy masala nafaqat tarixiy-madaniy balki mavjud resurslardan foydalangan holda ekologik tuizmni ham rivojlantirish, yo`lga qo`yish hisoblanadi. Chunki, Quyi Amudaryo mintaqasi asosan cho`l va chalacho`l zonasida joylashgan bo`lib, tabiatni tomosha qilish uchun juda keng imkoniyatlar mavjud. Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan Orol dengizi bo`ylari ham tabiatni sevuvchi, uning nodir asarlarini tomosha qilishga shaydo turistlarni o`ziga tortadi. Buni amalga oshirishda va shu sohada yangi loyihalarni yaratishda bizga geoaxborotlar juda kattta yordam beradi.

Axborot tizimlari kundan-kunga zamonaviylashib, yangilanib bormoqda va har sohaga kirib bormoqda. Turizm sohasida ham bularning o`rni beqiyos. Mintaqada geoaxborot tizimlarini qo`llash orqali qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Turizm iqtisodiyotiga kompyuter texnologiyalari katta foyda keltira boshlagan tarmoqlaridan biriga aylanib qoldi. Bularga aviachiptalar, boshqa turdagi transport vositalari uchun chiptalar, sayohatlar va meqmonxolarda xonalar uchun avvaldan buyurtma berib qo`yish tizimlari kiradi. Bugungi kunda Amadens, Gabriel, Sabre, World Spar, Apollo va boshqalar kabi eng yirik tizimlarning O`zbekistonda o`z vakolatxonalari ochilgan. Bundan tashqari Internet - jahon axborot tarmog’ining ahamiyati bu sohada kun sayin ortib bormoqda. lnternet-texnologiyalar turistik firmalarga xalqaro telefon suhbatlari va faks yo`llash uchun xarajatlarni qisqartirish evaziga katta miqdordagi mablag’larni tejashda yaqindan yordam beradi. Yil sayin aviachiptalar va meqmonxonalarga avvaldan buyurtma berish tizimidan foydalanayotgan turistik firmalarining soni ortib bormoqda. Bunday tizimlar jahonning barcha mehmonxonalarida xonaga buyurtma berish qisqa vaqt davomida ish joyini tark etmagan holda buyurtma berish shartlari, narxlar, imtiyozlar to`g’risida ma`lumot olish imkoniyatini beradi. Avvallari bu ishlarni amalga oshirish uchun uzoq vaqt va mablag’ kerak bo`lardi. Tizimga kiruvchi agentliklar hozirgi kunda o`tgan yilgi ma`lumotnomalardan emas, balki eng oxirgi ma`lumotlardan foydalanishadi.




  1. Download 362,33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish