Axborot xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalari
4. Quyidagilar axborot xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qo'mita Raisi tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo'jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta'minlash;
tadbirkorlik subektlari, fuqarolar va keng jamoatchilikni qo'mita faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to'g'risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
ommaviy axborot vositalari (keyingi o'rinlarda OAV deb ataladi) bilan o'zaro hamkorlik qilish, axborot xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
qo'mitaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o'z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog'idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo'yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog'ida materiallar tarqatish bo'yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
qo'mita, hududiy boshqarmalar, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma'lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
qo'mita faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O'zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O'zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta'minlash; qo'mita faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to'g'risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;
qo'mita faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma'lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
5. Axborot xizmati yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi: OAVda, shu jumladan, Internet tarmog'ida axborot e'lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo'lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta'minlaydi;
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, qo'mita rahbariyati ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig'ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o'tkazadi;
OAV va jurnalistlarning so'rovi asosida ularga og'zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;
qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O'zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo'llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
Axborot xizmati oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo'lgan axborotni davlat va xo'jalik boshqaruvi organining boshqa bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlikda to'playdi va ularni puxta ishlaydi;
qo'mita faoliyatiga doir masalalar bo'yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e'lon qiladi, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi;
qo'mita faoliyatiga doir masalalar bo'yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o'rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, davlat va xo'jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish uchun e'lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;
OAV bilan axborot-ma'lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun qo'mita faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma'lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta'minlaydi;
qo'mita faoliyatini eng to'liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
qo'mita tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta'minlaydi; qo'mita faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
qo'mitaning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma'lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta'minlaydi.
6. Axborot xizmati o'z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning qo'mita faoliyati to'g'risidagi materiallarni tayyorlashda ko'maklashish to'g'risidagi buyurtmanomalari va so'rovlarini ko'rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |