O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi mustaqil ish mavzu: buxgalteriya
MUSTAQIL ISH MAVZU: buxgalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar.
Bajardi: Muhammadova M. Tekshirdi: Komiljonov N. Reja:
Iqtisodiy masalalarni yechishda avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish.
Buxgalteriya sohasida foydalaniladigan dasturlar haqida.
1C: Buxgalteriya dasturi haqida.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida turli hil mulk shaklidagi xo’jalik subyektlarining yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish yo’lidagi faoliyatlari bozorda istemolchilar va ishlab chiqaruvchilar manfaatlari tengligi asosida iste’mol bozorining aholi ehtiyojlarini qondirish va shu orqali ularning turmush sharoitlarini yaxshilash va shu bilan birga farovonligini oshirishni nazarda tutadi. Bunday katta vazifani amalga oshirishda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik sub’ektlarining information texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz kundan kunga zamonaviylashib taraqqiy etib ketayotgan bu zamonda tadbirkorlik va biznesda yangi zamonaviy dasturiy vositalar va avtamatlashtirilgan tizimlarni keng miqyosda qo’llash va ularni hisob siyisati orqali barcha jabhalarga tadbiq etish iqtisodiy samarani ochirishga imkon beradi.
1C:Buxgalteriya dasturi ishini yaxshi tushunish va undan umumiy foydalana olish uchun quyida u haqda ma’lumot berib o’tiladi. Buxgalteriya hisobi mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik subyektlarida yuritiladi va asosiy faoliyatni yuritishdagi xolatlarni kuzatib boradi hamda nazorat qiladi. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya xisobining maqsadi – foydalanuvchi o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqalarida aktivlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Buxgalteriya vazifalarini hal qilishni avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish birlamxhi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan yakunlanuvchi barcha operatsiyalarning yig’indisidir. Bu jarayon quyidagi quyidagi asosiy bosqichlardan ibratdir:
Boshlang’ich bosqich– birlamchi hujjatlarni yig’ish va ro’yhatga olish bilan bog’liq. Hujjatlarni avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish “Hujjatlar” menyusining tegishli blokiga murjaat qilish yo’li bilan sodir bo’ladi. Natijada materiallarning oborga kelishi va harajati bo’yicha hujjatlar shakllanadi. Birlamchi hujjat – larni kiritish dasturi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Kiritilgan hujjatlarga noyob raqamlar berish, ko’chirmaning restrini tuzish;
Hujjatga ma’lumotnomaviy va shartli-doimiy alomatlar(yetkazib beruvchilar, narx va boshqalar)ni avtomatik ravishda kiritish;
Xo’jalik operatsiyalari qayd etish daftarida buxgalteriya