SUT EMUZUVCHILAR BIALOGIYASI, GEOGRAFIYA TARQALISHI VA EKOLOGIYA GURUHLARI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………2
I.BOB.SUT EMUZUVCHILAR BIALOGIYASI, GEOGRAFIYA TARQALISHI VA EKOLOGIYA GURUHLARI
1.1.Sut emuzuvchilar sinifi ……………………………………………………….3
1.2.Sut emizuvchilarning ichki tuzilishi……………………………………….14
1.3.Sut emizuvchilarning ko’payishi, rivojlanishi
va kеlib chiqishi………........................................................................................18
II.BOB.SUT EMIZUVCHILAR BIALOGIYASI VA GEOGRAFIYASI VAKLASSIFIKATSIYASI:
2.1. Sut emizuvchilarning tuxum qo’yuvchilar, xaltalilar,
yo’ldoshlilar haqida……………………………………………………………..22
2.2.Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari………………………….26
2.3.Sut emizuvchilar evolyutsiyasi……………………………………………...31
Xulosa…………………………………………………………………………….38
KIRISH
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu e’tibor “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Maktab ta’limini rivojlantirish” Davlat dasturida o`z ifodasini topgan bo`lsa, Zero, kelajakda jamiyat taraqqiyoti, Vatanimiz ravnaqi yosh avlodning kamoloti, ilmiy salohiyati, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiya topishiga bog`liq. Shuning uchun ham Prezident yoshlar tarbiyasini eng muhim vazifalar qatorida ko`rib, fikr yuritar ekan, “Birinchilar qatorida yosh avlodning manfaatlarini ta’minlash, kuchaytirishga qaratilgan huquqiy bazani yanada mustahkamlash, amaldagi qonun xususiyatlarini bugungi kun talablari nuqtai-nazaridan qayta ko`rib chiqishimiz zarur. Muhim masalalar qatorida mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan umummilliy dasturlarimizning ijrosini yangi bosqichga ko`tarish, markazda va joylarda bu ishga javobgar bo`lgan idoralarning mas’uliyatini oshirish vazifasi turishi kerak”, - deb alohida ta’kidlaydi.
Mazkur vazifalarning mohiyati haqida gapirar ekan, Prezident ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim va tarbiyaning uyg`unligiga, yosh avlodning zamonaviy bilimlarni chuqur egallashga erishishi asosida ularning hayotda o`z o`rinlarini topib olishlariga imkoniyat yaratish, yoshlarning madaniy saviyasini oshirib, ma’naviy olamini boyitish san’at va go`zallikka intilishlarini kuchaytirish, iste’dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash va nihoyat, moddiy manfaatdorligini oshirish kabi masalalarini hal etishni kun tartibiga qo`ydi.Yoshlarni ta’lim olishiga e’tiborni yanada oshirish maqsadida “Ta’lim to`g`risida”gi qonunning 7-moddasida shunday deyiladi: “Davlat ta’lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi.Davlat ta’lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |