Reja: Geografik о`rni va chegaralari


Ag‘oniston tabiiy xaritasi



Download 40,56 Kb.
bet3/17
Sana15.01.2017
Hajmi40,56 Kb.
#402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ag‘oniston tabiiy xaritasi.

Foydali qazilmalari. Mamlakatda yuzlab foydali qazilmalarning yer yuziga chiqqan joylar ma’lum, ulardan ba’zi konlari temir, kumush, lazurit, qo‘rg‘oshin, mis yuz yillar davomida qazib olinmoqda. Lekin kо`pchilik konlarning zaxiralari aniqlanmagan. Foydali qazilmalar asosan tog‘li rayonlardan qazib olinadi, transporting yaxshi rivojlanmagani uchun ularni qayta ishlash juda katta qiyinchilik tug‘diradi.

Geologik qidiruv ishlarining asosiy kuchi neft, gaz, ruda qidirishga yo‘naltirilgan. 60- yillarda Shibirg‘ondan janubi-sharqda katta tabiiy gaz zaxirasi topildi 124 mld m3 atrofida.

Yirik gaz konlari Talikonda joylashgan. Qidirib topilgan ko‘mir konlarining zaxirasi Karkar, Ishpushta, (Baglon pravmsiyasi), Daroyi - Suf va Karo (Hirot rayonida) 70-75 mln deb baholangan.. Afg‘oniston ko‘miri asosan yumshoq, changsimon, past quvvatli. Qobuldan shimolda misning sanoat zaxirasi topilgan. Qobuldan shimolda temir rudasining boy konlari topilgan.

Boshqa mineral boyliklardan Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun eng muhimi lazuritdir. Lazurit konlari Ko‘kchi daryosi havzasida topilgan. Afg‘oniston bu mineralni dunoyo bozoriga yetkazib beruvchi yagona davlatdir.



Iqlimi va ichki suvlari. Mamlakat iqlimi kontinental, lekin mahalliy iqlim sharoiti dengiz sathidan balandlik va yonbag‘irlarining joylashuviga bog‘liq holda kuchli o‘zgarishi mumkin.

Afg‘oniston shunday kenglikda joylashganki, bu kenglikda O‘rta dengizining janubiy sohillaridagi Tunis, Jazoyir, Marokash davlatlari joylashgan. Bu davlatlar bilan tushadigan yog‘in miqdori mos keladi, ya’ni asosiy qismi yilning sovuq mavsumida tushadi, yoz esa yuqori haroratli quruq bo‘ladi. Biroq qish Afg‘onistonda nafaqat tog‘larda xatto tekislikarda ham ancha sovuq bo‘ladi. Janubdan keluvchi issiq havo oqimlari tog‘ zanjirlari bilan o‘ralgan chegaralardan o‘ta olmaydi, bir vaqting o‘zida mamlakat shimoldan keluvchi sovuq Arktika havo massalari ta’siridan kuchsiz himoyalangan.

Qishda o‘rtacha shimoliy havo massalari 9-12 marta hukumronlik qiladi, shulardan 3-4tasi juda kuchli bo‘ladi. U bilan absalyut min. harorat 20, -25°, kuchli shimoliy shamollar, asosan tog‘larda kuchli qorbo‘ronlari bilan bog‘liq va kenglik yo‘nalishida janubga baland tog‘ zanjirlarida arktika havosi ta’siridan harorat unchalik tushib ketmaydi – 0° dan ozgina past bo‘ladi. Kichik absalyut balandliklarda kuchli sovuq Afg‘oniston hududida uzoq davom etmaydi, quyi kengliklarda havo massalarining tez isishi kuzatiladi. Shu bilan bog‘liq holda tekislikalarda yanvar izotermasi haroratning keskin pasayishi (Girishkda masalan, absolyut min. -14° ga teng) ko‘pchilik rayonlarda hattoki janubiy rayonlarida ham subtropik ekinlarni va bir yillik issiqsevar ekinlarni vegetatsiya davrini uzaytirib yuboradi, ularni yetishtirishga imkon bermaydi. Quruq subtropiklarga hos bo‘lgan daraxtlardan hurmo palmasi faqat mamlakatning eng janubida Sistonda va Jalolobod botig‘ida meva beradi.

Ikki asosiy mavsum — qish va yoz orasidagi otish tog‘larda yaxshi ajralgan, lekin tekisliklarda ular juda tez o‘tib ketadi. Afg‘onistonning janubida yoz aprelda, shimoliy rayonlarda mayda boshlanadi. Tekilliklarda yozgi harorat +30° dan oshadi. Girishkda absalyut maksimum harorat +45° deb qayt qilingan, shuning uchun iyun – avgustda bu yerda kechki vaqt sayr qilgan ma’qul.

Issiq va sovuq mavsum orasidagi keskin farq namlik sharoitida ham mavjud. Yoz davomida quruq kontinental tropik havo hukumronlik qiladi va yog‘in juda kam tushadi. Qishki-bahorgi yarim yillikda yog‘in juda ham kam; ko‘pchilik rayonlarda 100 – 300 mm. Biroq, Afg‘oniston dehqonchiligi birinchi navbatda yog‘inga bog‘liq. Bejiz shunday maqol yurmaydi: "Qobul qorsiz qolgandan kora tillasiz qolgani yaxshi". Tushadigan yog‘inlarning o‘zgarishi katta, bu esa qishloq xo‘jaligida o‘z aksini topadi. Ichki suvalri. Afg‘onistoning suv tarmoqlari tog‘larda nisbatan zich. Hind okeani havzasiga tegishli Qobul va uning irmoqlaridan tashqari, hamma daryolar suvsiz havzalarda tugaydi yoki qumga shimilib ketadi. Afg‘onistnning janubi-sharqiy qismlaridan va baland tog‘laridan tashqari suvning yetishmasligi mamlakatning hamma rayonlarida dehqonchilikni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ekinzorlarni kengaytirish uchun oqimlarni tartibga solish talab qilinadi.

Sug‘orishga suvning olinishi, shuningdek kuchli parlanish shunga olib keladiki, hattoki Afg‘onistoning tekisliklardagi yirik daryolar ham yozning ikkinchi yarmida suvsiz bo‘lib qoladi. Bu Janubiy - Turkiston tekisliklarining hamma suv tarmog‘iga tegishli.

Mamlakat tog‘li rayonlarning ma’lum qismidan oquvchi daryolar katta gidroenergiya zahirasiga ega. Bunga qarama-qarshi daryolarda kema qatnovi deyarli ahamiyatga ega emas. Tog‘larda daryolar judda shiddatli, tekstliklarda esa ularning suvi sug‘orish uchun olinadi. Kema qatnovi faqat quyi joylashgan yirik daryolarda mavjud. Janubi-sharqiy Afg‘onistonning ba’zi daryolari o‘rmonlarni sug‘orishga sarflanadi.

Tuproqlari. Afg‘oniston tuproqlari asosan kuchsiz. Tog‘larning kо`pgina yonbag‘irlari deyarli tuproq qoplamidan maxrum. Kulrang tusli tuproqlar Hindiqushdan shimolda lyosli qatlam ustida, janubda toshli qatlam ustida shakllangan. Shuning uchun haydash uchun yaroqli yerlarning katta qismi mamlakatning shimoliy rayonlarida joylashgan, janubga tomon kamayib boradi. Vohalardagi sug‘oriladigan tuproqlarning katta qismi insonlarning ko‘p asrlik mehnati tufayli tarkib topgan. Ular tuproqlarni mexanik tuzilishi va tarkibini o‘zgartirishgan, boshqa yerlardan tuproq keltirib solishgan. Hosildorligini yo‘qotgan yerlarni dehqonlar boshqa chekka uchastkalarga savatlarda olib borib, ularni o‘g‘itlashgan va yana keltirib dalalarga solishgan. Mamlakatda sho‘rlangan tuproqlar, qumliklarda shakllangan tuproqlar keng tarqalgan.

O‘simlik va hayvonot dunyosi. Afg‘oniston florasi asosan Eron-Turon o‘simliklar turlaridan tashkil topgan. Faqat eng chekka sharqiy qismida Sharqiyosiyo o‘simlik turlari ustun turadi. Afg‘oniston hududida o‘simlik turlarining umumiy soni 3500 dan ortiq. Shundan murakkab gullilar va qo‘shgullilar o‘simliklar oilasi kengroq tarqalgan. Endemik o‘simliklarning ko‘pi astragal, oksitropik, ferullik, kuziniya turlaridan iborat.

Afg‘oniston o‘simliklari juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi, chunki mamlakat hududining kengligi ancha uzoq masofaga cho‘zilgan va tog‘balandlik belbog‘lari kuzatiladi. Lekin deyarli hamma yerda, hattoki mussonlar ta’sirida bo‘lgan janubi-sharqiy rayonlarida ham kserofit, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik turlari ustun turadi.

O‘simlik qoplamini siyrakligiga yozgi haroratlarining yuqoriligi va yog‘ingarchiliklarning kamligi sabab bo‘lmoqda. Tekisliklarda cho‘l efemer (uzoq yashaydigan, bahorda ko‘karib yozda quriydigan o‘tlar) o‘simliklari ustun turadi, mamlakatning shimolida qiyoq va qo‘ng‘irbosh ustun turadi, janubda – salyanka va shuvoq keng tarqalgan, yovvoyi achchiq tarvuzlarni uchratish mumkin. Yassi tog‘liklarda tikanakli astragal, akontolimonlar, siyrak archa o‘rmonlari va pista chakalakzorlari bilan almashinib turadi.

Shimoliy Afg‘onistonning tog‘oldi quruq dashtlari vegatatsiya davrida o‘t o‘simliklariga boy bo‘ladi. Bu yerda erkak o‘t va qo‘ng‘irboshdan tashkil topgan yaylovlar va pichanzorlar ustun turadi, ayrim joylarda shuvoq ustunlik qiladi, yantoq o‘simliklari ham ko‘p.

Asosan tog‘larda tarqalgan o‘rmonlar (eman, Himolay kedri, qarag‘ay, qoraqarag‘ay, oqqarag‘ay) mamlakat hududining sharqiy qismida 5 % dan kam maydonni egallaydi.

Pista va Jerar qarag‘ayning yong‘oqlari teriladi. Aholi yovvoyi buta (zirk, chakanda, maymunjon yong‘oq, na`matak,anorzor) hosillarini ham terib olishadi. O‘rmonlarda yong‘oq hosili yig‘iladi, kanifol (ignabargli daraxt mumidan olinadigan sarg‘ish shaffof modda), smola (mum), kamed (o‘simlik shirasi), asal, asalari mumi g‘amlanadi.

Afg‘oniston hayvonot dunyosiga ancha boy. Tekisliklarda tuyoqlilardan yovvoyi eshak qulon, jayron, sayg‘oq yashaydi. To‘qaylarda to‘ng‘izlar uchraydi. Tog‘larda yovvoyi echkilar va qo‘ylar, shu jumladan o‘rama shoxli echki tik qoyali yonbag‘irlarda, eng yirik qo‘ylardan shoxdor arxar yashaydi.

To‘qaylarda yirtqichlardan tulki, qamishzor mushugi, Amudaryo to‘qaylarida yo‘lbars hali ham saqlanib qolgan. Nuriston o‘rmonlarida ayiqlar bor. Afg‘onistonning barcha rayonlarida bo‘rilar uchraydi. Ular qishda xavfli bo‘lib, to‘dasi bilan tog‘dan tushib, aholi yashash joylariga hujum qiladi. Qo‘y podalari ulardan juda qattiq zarar ko‘radi. Shuning uchun cho‘ponlar ularga qarshi kurashish uchun bo‘ribosar itlarini boqishadi.

Afg‘onistonda kemiruvchilar juda ko‘p: quyonlar, qo‘shoyoq, jayronlar, sug‘urlar, dala sichqonlari.

Ba’zi hayvonlar, xususan yirtqichlar xo‘jalik ahamiyatiga ega, ularning mo‘ynasi eksport qilinadi. Aholi tuyoqlilarni qishda dala ishlari kam bo‘lgan vaqtda ovlashadi. To‘ng‘izlarni musulmon aholi iste’mol qilmaydi. To‘ng‘izlar xo‘jaliklarga katta talofat keltirib, ekinlarni payxon qiladi.

Afg‘oniston ko‘chib o‘tuvchi qushlarning muhim yo‘lida joylashgan. Kech kuz va erta bahor qushlar ko‘chishi uchun asosiy mavsum hisoblanadi. Siston ko‘llarida va Afg‘oniston shimolidagi daryo vodiylarida suvda suzuvchi qushlar tarqalgan (qarg‘ovullar).

Afg‘onistonda sudraluvchilar ko‘p, ulardan uzunligi 1,5 m ga yetuvchi kulrang echkiemar, zaharli ilonlar: kobra, gurzi, ef va boshqalar.

Ko‘plab hashoratlar ichida molyariy chivini, termitlar va o‘rgimchaksimonlar: chayonlar, qoraqurtlar, falanglar uchraydi. Afg‘oniston dalalari chigirtkalarga to‘la.


Download 40,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish