Aholisi va mehnat resurslari. Mamlakat aholisi 2007 yil 30 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisining milliy tarkibi bir xil emas. Mamlakatda 20 dan ortiq turli millat vakillari yashaydi. Taxminan 42 % aholi afg‘onlar (psuhtunlar) tashkil qiladi. Ular mamlakatning janubi-g‘arbida, janubida va janubi-sharqida yashaydi. Tojiklar 27 % markaziy tog‘li rayon Qohiston va Qohdamonda Badahshonning shimoli-sharqida, shuningdek hamma shaharlarda, o‘zbeklar 9% shimolda, hazariylar 9% Hazarojat markaziy rayonida, oz miqdorda g‘arbda charaymoqlar, eng chekka shimoli-g‘arbda turkmanlar, undan tashqari qozoqlar, balujiylar (va boshqalar) yashaydi. Forslar va kurdlar - Eron chegarasi yaqinida, arablar-shimolda, qirg‘izlar - Badahshonda yashaydilar. Afg‘onistonda 30 dan ortiq tillar mavjud. Davlat tili - pushtu (mamlakat aholisining 35%i gaplashadi) va dari 50%, boshqa tillardan о`zbek, turkman, balujiy. Afg‘onistonda turkiy tillardan o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz va uyg‘ur. Oz miqdordagi mangollar о`z tillarida gaplashishadi. Arab grafikasi asosidagi yozuv mamlakatda faqat zamonaviy fors-dari va pushtu tillarida bor. Qolgan tillar yozuvsiz.
Aholining katta qismini musulmonlar tashkil qiladi, sunniylar 80 %, shiyalar 19 %, boshqa dinlardan hindular yahudiylar, armono-grigoryan va armono-katoliklar o‘z e’tiqodlarini saqlab qolganlar.
Kо`pchilik afg‘onlar, hazariylar, charaymoqlar, o‘zbeklar, turkmanlar, qirg‘izlar va boshqalar zero ko‘p holda o‘zining oldingi ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsada qabilaviy bo‘lishini saqlab qolganlar.
Taxminiy hisoblarga ko‘ra Afg‘oniston aholisining o‘rtacha o‘sishi XX asrning 30 yillarida 0,5 -1 % ni, 50 yillarda 1,5 - 2 %ni, 70 yillarda 2,3 %ni tashkil etdi. Shunday qilib dunyoning demografik portlashi Afg‘onistonda ham yuz berdi. So‘nggi chorak asr davomida Afg‘oniston aholisi 1,5 martaga kо`paydi. O‘sish 4,77 %.
Mamlakat hududi bo‘yicha aholi notekkis taqsimlangan. О`rtacha zichlik 1 km2 da 30 kishi atrofida. Hosildor daryo vodiylarida zichlik 100 kishidan oshadi, janubda quruq cho‘llarda esa, 1 km2ga zo‘rg‘a bir kishi to‘g‘ri keladi.
Erkaklarning soni ayollarga nisbatan bir muncha yuqori 52%, ayollar esa 48% ni tashkil qiladi. Ayollar xissasining kamligi ijtimoiy - maishiy sharoitning yomonligi tufayli ular o‘rtasida о`limning yuqoriligi bilan izohlanadi. Erta turmush qurish ham ayollar о`rtasida kasallikning tarqalishiga, tug‘ishda ayollar о`limining yuqoriligiga sabab bo‘ladi. Ayollarning 35-40 yoshda erta qarishi kuzatiladi.
Savodlilik: erkaklarda – 51%, ayolarda – 21%.
Mamlakatda tug‘ilish juda yuqori har 1000 kishiga 47,02 ta bola (2007 yil).О`lim har 1000 kishiga 20,75 ta to‘g‘ri keladi (bolalar o‘limi har 1000 chaqaloqqa 163 ta bola o‘limi). О`rtacha umr kо`rish erkaklarda 42,71 yosh, ayollarda 43,1 yosh (2007 yil).
Mehnatga layoqatli aholi 15 mln kishini tashkil qiladi. Ayollarning katta qismi uy yumishlarida band. Qishloq xo‘jaligida - 80 %, sanoatda – 10 %, xizmat ko‘rsatishda – 10 %.
Har yili mavsumiy migratsya afg‘on ko‘chmanсһі va yarim ko‘chmanchilarning qishda Afgonistondan Pokistonga va ortga qaytishi katta ahmiyatga ega. 2,5 mln kishi kо`chmanchi podachilar. Keyingi 10 yillar ichida ⅓ qism aholi mamlakatdan Pokistonga 3mln qochoq о`tib panoh topdi va Eronga 1.300.000 qochoq о`tdi.
Ichki migratsiyada asosan kо`chmanchi va yarim kо`chmanchilarning mavsumiy harakati xosdir, chekka rayonlardan bahorda markaziy tog‘ massivlariga tomon, kuzda esa ortga qaytishadi. Qishloq, asosan tog‘li joylardan ishchilarning mavsumiy harakati vohalarga va shaharlarga qishloq aholisining doimiy oqimining ortishi katta ahamiyatga ega. Kelgindilarning shaharlarda o‘troq qolishi natijasida shahar aholisining soni tez sur’atlar bilan о`sdi.
Afg‘oniston shaharlari dehqonlar, hunarmandlar va 1 yilda ikki marta о`rtuvchi kо`chmanchi - chorvadorlar о`rtasida almashuv markazi sifatida, hamda viloyatlararo va transosiyo karvon savdosida tayanch punkti vazifasini о`tagan. Afg‘onistonda yirik shaharlar kam: ulardan mamlakat poytaxti Qobul (700.000 kishi), Kandoxor, Hirot, Mazori-Sharif.
Qishloq aholisi Afg‘oniston aholisining katta qismini tashkil qiladi. Qishloqlar odatda bir nechta kvartallardan tashkil topgan bo‘lib, zich qurilgan uylarda bir-biriga yaqin qarindosh bo‘lgan oilalar yashaydi. Ko‘chmanchilarni lagerlari о`ziga xos ko‘rinishga ega. Ular bir ikki qator yoki doira bo‘lib joylashib o‘rtaga mollarini haydashadi.
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Afg‘oniston sug‘orma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi mamlakati. Qishloq xo‘jaligi mamlakat aholisining deyarli 80% aholisi band. Bu tarmoqlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Fabrika – zavod ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanmagan. Afg‘onistonda sanoatni barpo qilish faqat XX asrning 30 yillari oxiridan boshlandi. Asosiy korxonlarani yetkachi tarmoqlari davlatga, aralash yoki xususiy sektorga qarashli. Eng zarur ba’zi mahsulotlar qo‘l mehnati bilan tayorlanadi. Sanoat о`zining rivojlanish darajasini oshirib borayapti. Mamlakatning xalq xo‘jaligi kompleksi asta-sekin zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |