Reja: Geografik o‘rni va chegeralari



Download 30,58 Kb.
bet4/12
Sana11.01.2017
Hajmi30,58 Kb.
#28
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tarixi. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududiga arab chorvador qabalalari m.a.IX asrdan boshlab o‘rnashganlar. Arabiston yarimorolining shimoliy qismini egallagan qabilalar yahudiy, bobil va fors madaniyati ta’sirida bo‘lgan bir paytda Arabistonning janubidagi qabilalar o‘zlarining alohida madaniyatini yaratdilar. 570-yili Makkada payg‘ambar deb e’lon qilingan va barcha arab qabalalarini yangi, musulmon davlati Madinaga birlashtirgan Muhammad dunyoga keldi. Muhammad payg‘ambarning izdoshlari bo‘lgan xalifalar VII asrda islom dinini Yaqin Sharqqa va Misrga tarqatdilar. VIII asrda esa yangi din Osiyoning kattagina qismi va Shimoliy Afrikaga tarqaldi. Bog‘dod xalifaligi paydo bo‘lgandan keyin Saudiya Arabistonning ro‘li sezilarli darajada pasaydi, ammo Makka musulmonlarning diniy markazi bo‘lib qolaverdi. XIII asrda hozirgi Saudiya Arabistoni hududi Misr mamluklari hukmronligi ostida qoldi. 1517-yili esa Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. XIX asr boshlariga kelib Saudiya Arabistonida vahobiylar davlati tashkil topdi va mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Tez orada vahobiylar Misr askarlari tamonidan yarim- orolning markaziy qismigi siqib qo‘yildilar, ammo XX asrning boshlariga kelib vahobiylarning yetakchisi Ibn Saudning qo‘shinlari mamlakatning qariyb barcha hududida o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar, 1932-yili esa Ibn Saud Saudiya Arabistoni qirolligi tuzilganligini e’lon qildi. 1982-yili shahzoda Faxd taxtga chiqdi va u Fors ko‘rfazidagi mojarolar paytida mamlakat hududiga Iroqqa qarshi ittifoq qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat berdi. Ular esa bu yerdan 1991-yilning yanvarida Quvayt ozod qilishbo‘yicha harakatlarni boshladilar.

Davlat tuzumi. Davlat tuzumi-mutloq teokratik monarxiya.Saudiya Arabistoni 1932-yilning 23-sentabrida mustaqil davlat bo‘lgan(milliy bayrami-Podshohlik e’lon qilingan kun). Davlat va hukumat boshlig‘i - podshoh, u bir paytning o‘zida Bosh vazir va qurolli kuchlar oily bosh qo‘mondoni hamdir. Amalda Abdulloh ibn Abdulaziz Ol Saud 2005-yildan mamlakatni boshqaradi.

Vazirlar Mahkamasi mamlakatning ijroiya organi sifatida 1954-yildan faoliyat ko‘rsatmoqda. Hukumat a’zolari Podshoh tomonidan tayinlanadilar va uning oldida javobgardirlar. Vazirlar Mahkamasiga hukumat raisi, uning ikki o‘rinbosari va 26 vazr kiradi. Vzirlar Mahkamasining yig‘ilishlari haftada bir marta o‘tkazib turiladi. 1992-yildan beri Podshoh tomonidan 4 yillik muddatga Sho‘ro(Maslahat) Kengashi tayinlanmoqda. ShK ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot maslalari bo‘yicha hukumat uchun tavsiyalar ishlab chiqadi, turli hujjatlar va xalqaro bitimlar haqida o‘z xulosalarini maslahat va tavsiyalar tariqasida tayyorlaydi.

Ulamolar Qo‘mitasi Saudiya Arabistoni Oliy sudi hisoblanadi. Mamlakat Bosh muftiysi, Ilmiy va fatvo tatqiqotlari boshqarmasi boshlig‘i shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Boz ulamolar qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.

Ma’muriy jihatdan Saudiya Arabistoni 13 viloyatga bo‘lingan bo‘lib, ularga amirlar hokimlik qiladilar. Viloyat amirlarining mutloq ko‘pchiligi hukmron oila vakillaridir. Viloyat amirlari Podshoh farmoni bilan tayinlanib, bevosita Ichki ishlar vazirligi rahbarligida faoliyat yuritadilar.

Viloyatlar, o‘z navbatida, tuman va markazlarga bo‘linadi. Tumanlar va markazlar ham hokimlar tomonidan boshqariladi. Ularning faoliyatiga viloyatlar amirlari va Munitsipalitetlar ishlari vazirligi rahbarlik qiladi.

Har bir amir huzurida viloyat kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Yirik viloyatlar- Riyoz, Makka va Madina kengashlari 20 kishi, boshqa viloyatlar kengashlari 15 kishidan iborat tarkibda tuziladi.

Saudiya Arabistoning eng yirik - Riyoz, Jidda, Makka va Dammom shaharlari ham Podshoh farmoni bilan tayinlanadigan hokimlar tomonidan boshqariladi.


Download 30,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish