Geografik o‘rni va chegeralari. Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolining deyarli ⅔ qismini va Qizil dengiz hamda Fors ko‘rfazidagi sohilbo‘yi orollarini o‘z ichiga oladi. Shimolda Iordaniya (728km), Iroq (814km), Quvayt (222km) bilan, janubda Yaman (1458km) bilan, janubi-sharqda Ummon (676km) va BAA (457km) bilan, sharqda Qatar (60km) bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz va Akaba ko‘rfazi suvlari bilan, sharqda Fors ko‘rfazi suvlari bilan yuvilib turadi. Sohilbo‘yining uzunligi 2640km. Janubda va janubi-sharqda chegaralari aniq o‘rnatilinmaganligi tufayli hududi 1.750.000km².dan 2.200.000km².gacha deb belgilangan. Poytaxti Ar-Riyod shahri.
Do'stlaringiz bilan baham: |