Reja: Geografik o‘rni va chegeralari


Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 30,58 Kb.
bet3/12
Sana11.01.2017
Hajmi30,58 Kb.
#28
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Saudiya Arabistoni relyefiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratiladi: Tixama pasttekisligi, Xijoz va Asir tog‘ tizmalari, ichki cho‘l yassitog‘lik hududi-Najd, Shammar yassitog‘ligi, Katta Nefud, Al-Hamad, Rub-al-Xali, Kichik Nefud cho‘llari, sharqiy sohilbo‘yi pasttekisligi-Al-Xasa.

Mamlakatning eng chekka g‘arbida Qizil dengiz va Xijoz tog‘ tizmasi oralig‘ida dengiz bo‘yi qumli cho‘l pasttekisligi Tixama joylashgan. Tixamaning kengligi janubda 70km.ga, shimolda esa Akaba ko‘rfazida 7km.gacha kamayadi.

Arab ko‘rfazidan to Yaman respublikasigacha Xijoz tog‘ tizmasi va uning janubda davomi bo‘lgan Asir tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Xijoz tog‘ining balandligi turlicha, o‘rtacha balandligi 1500m, eng baland nuqtasi 2580m.ga yetadi. Janubiy qismida tog‘ tizmalarining balandligi 800-1000m.dan oshmaydi. Biroq janubiy Makkada tog‘larning balandligi keskin ko‘tariladi, Asirda 3000m.gacha yetadi. Eng baland cho‘qisi Saud tog‘i 3133m.Bu yerda ba’zi bir cho‘qqilar qishda qor bilan qoplanadi.

Markaziy yassitog‘lik Najd dengiz sathidan 600-900m.gacha ko‘tarilib boradi va asta-sekin shimoli-sharqiy yo‘nalishda pasayib boradi.

Shammar tog‘i Najdning shimoli-g‘arbiy chekkasida ko‘tarilib boradi, u uzunligi deyarli teng bo‘lgan ikkita Aja va Salma tizmalardan tashkil topgan. Bu tizmalar orasida shimoliy Najdda aholi zich joylashgan hosildor tekislik Botina yotadi.

Katta Nefud cho‘li(Qizil cho‘l) Shammar tog‘idan shimoli-g‘arbda joylashgan. Maydoni 670000km². Cho‘lda balandligi 100m.ga yetuvchi dyunalar hosil bo‘lgan. Cho‘l uchun varonkasimmon jarliklar-fuljilar hosdir. Varonkalarning chuqurligi 240m.ga yetadi. Fuljilar ostida quduqlar va kichik vohalar uchraydi.

Toshloq cho‘l Al-Xamad Katta Nefuddan shimolda joylashgan. Iroq chegarasiga yaqin Al-Xamad chuqur vodiylar bilan bo‘lingan. Shuning uchun bu yer Al-Vadiyan deb ataladi.

Rub-al-Xali cho‘li katta cho‘kmada joylashgan. Cho‘lning uzunligi janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa 1200km.ga, kengligi 650km.gacha cho‘zilgan. Rub-al-Xali relyefida qumli qir va dyunalar ustun turadi. Cho‘lning janubi-g‘arbiy qismi-bu butunlay hayotsiz kenglikdir.

Kichik Nefud qumli cho‘li ichki Arabistonning markaziy qismini egallab, uzunasiga 1200km.ga, kengligi 20km.dan 100km.gacha yetadi. To‘lqinsimon qum qatorlari orasida tor tekisliklar cho‘zilgan, ulardan mahalliy ko‘chmanchilar yaylov sifatida foydalanishadi.

Fors ko‘rfazi sohili bo‘yida Al-Xasa pasttekisligi cho‘zilgan, u janubda Rub-al-Xali cho‘li bilan kesishadi.Al-Xasaning shimoli-sharqiy qismi dashtdan iborat bo‘lib, o‘simliklar bilan mustahkamlangan uncha baland bo‘lmagan qum qatorlari cho‘zilgan. Janubiy qismi-bu to‘lqinsimon qum dengizidir. Fors ko‘rfazi sohilining hamma qismi uchun pasttekisliklar hos bo‘lib, ular sho‘rhoklar-sabxa bilan qoplangan.

Mamlakat hududida boy neft zahirasi konlari topilgan. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zahiralarining 26% (262,7mld.barrel) va tabiiy gaz zahiralarining 3,7% Saudiya hududlarida joylashgan. Hozirgacha kashf etilgan neft zahiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek temir rudasi, mis, oltin konlari ham bor.

Iqlimi va ichki suvlari. Saudiya Arabistoni tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Qizil dengiz sohilbo‘yi-Tixama yer sharida eng issiq va dim joy hisoblanadi. Bu yerda harorat hech qachon +15ºCdan pastga tushmaydi, tez-tez +45ºCgacha ko‘tarilib turadi. Issiq shu darajada kuchli bo‘ladiki, dengiz sohilbo‘yida suv +29ºCgacha isiydi. Yil mobaynida Qizil dengiz yuzasidan 3,5m.gacha suv bug‘lanadi. Havoning nisbiy namligi 90%gacha yetadi.

Ichki qismlarining iqlimi quruq va kontenentalligi bilan farq qiladi. Iyulning o‘rtacha harorati +30ºC, yanvarda +10ºC. Qishda shimoliy rayonlarda harorat -11ºCgacha pasayib ketadi. Yog‘in miqdori qishki sellar hisobiga bir yilda 250 mm.gacha yetadi.

Rub-al-Xali cho‘li haroratning juda keskin tebranishi bilan mashhur. Kechasi harorat +8ºC cha tushib ketadi, kunduzi esa quruq issiq odamlarni va hayvonlarni holdan toydiradi. Havo harorati namligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan qaynoq sharqiy shamol-samum hisoblanadi. Samum havo haroratini +50ºCgacha ko‘taradi, nisbiy namlik 0ga yaqinlashadi.

Mamlakat gidrografiyasining muhim elementi grunt suvlarning yuzaga chiqishi hisoblanadi. 40ta shunday manbadan 400000l suv chiqadi ,doimiy oqar daryolar va ko‘llari yo‘q.



O‘simlik va hayvonot dunyosi. O‘simliklari chalacho‘l va cho‘lga moslashgan. Qishki va bahorgi yomg‘irlar vaqtida mamlakatning katta qismi yashil gilam bilan qoplanadi. Bu yerda yovvoyi achchiq tarvuzlar, palinalar, astragallar, aloe, bargsiz butalar efedralar, saksovullar o‘sadi.

Asir tog‘i o‘simlik dunyosiga birmuncha boy.Tog‘larning g‘arbiy yonbag‘rida balzam va ajdaho daraxtlari zich o‘sadi. Akatsiya va bodom daraxtlari uchraydi.

Mamlakat hayvonot dunyosi turli-tuman.Yovvoyilardan-bo‘ri, chiyabo‘ri, finik tulkisi, cho‘llarda qum kiyiklari, tog‘larda nubiya tog‘ echkilari uchraydi. Mamlakatda kemiruvchilar ko‘p. Sudraluvchilardan mayday udavlar, ef, agama va kaltakesaklar bor. Qushlar dunyosi turli-tuman – burgut, kalxat, lochin va bq. Qizil dengiz va Fors ko‘rfazi suvlari baliqlarga boy, 2000dan ortiq karallar bor.


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish
article -> Geografik o‘rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari

Download 30,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti