Transporti. Saudiya Arabistoni singari buyuk davlat uchun transport kommunikatsiyasi katta ahamiyatga ega. Temir yo‘llarning umumiy uzunligi-1390km. 50-yillarda neft sanoatining tezlik bilan rivojlanishi natijasida mamlakat sharqidagi hamma neft sanoatini va Fors ko‘rfazidagi portlarni bir-biri bilan bog‘lovchi, shuningdek sharqiy pravinsiyalarni mamlakat poytaxti Ar-Riyod bilan bog‘lovchi va qo‘shni davlatlar- Quvayt, Iroq, Iordaniya bilan bog‘lovchi shosse yo‘llar qurilishi boshlanib ketdi. Xaj qiluvchi musulmonlar oqimini kopayishi natijasida mamlakat g‘arbi Xijoz provinsiyasida ham shosse yo‘llar qurildi.
1979-yilda jamoat transportining Saudiya kompaniyasi tuzildi. Shaharlararo jamoat transportini ta’minlash, shuningdek har yili Makkaga keluvchi minglab xojilarni transport bilan ta’minlash bu kompaniya vazifasi hisoblanadi. Saudiya kompaniya davlat tassaarufidagi va suv, hamda avtomobil transportiga asosiy ma’sul idora –Transport Vazirligiga bo‘ysunadi. Jamoat transporti kompaniyasida oddiy va ikki qavatli avtobuslar bo‘lib, Dammom, Jidda, Makka, Madina va boshqa shaharlarda qatnaydi. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi-146.524km, shundan qattiq qoplamli yo‘llar – 44.104km, qoplamsiz yo‘llar-102.420km.
Mamlakatda turli yo‘nalishda neft quvurlari bor - Abkaykdan port Saydagacha(Livan), Daxrondan Al-Xubor va Ras-Tannura portlarigacha, shuningdek Bahrayn oroligacha neft quvurlari o‘takzilgan. Neft uchun-6400km, neft mahsulotlari uchun-150km, gaz quvurlari-2200km. Mamlakatning 9ta dengiz porti bor, shundan eng yirik portlari Qizil dengizdagi Jidda, Yanbu, Fors ko‘rfazidagi Ras-Tannura, Dammom. Podshohlikdagi portlarda kemalarga yuk ortish va tushirishda tirbandlik bo‘lmaydi. Jidda porti eng faoli hisoblanib, O‘rta Sharqning eng asosiy portlaridan biridir. Port bir oy ichida dunyoni koplab mamlakatlaridan 400 ta kemalarni qabul qila oladi.
Saudiya havo yo‘llari kompaniyasi o‘z ish faoliyatini 1945-yilda boshlagan. SAP iqtisodiyotini rivojlanishi bilan havo transportidan foydalanish ham oshdi. Saudiya havo yo‘llari juda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Ular Yaqin Sharqda yirik aviakompaniyalardan biriga aylangan. Saudiyada xalqaro va ichki aeroportlar tizimi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 70-yillar rivojlanish rejasi asosida qurilgan.
Ar-Riyoddagi Podshoh Xolid nomidagi aeroport mamlakatdagi eng katta aeroport hisoblanadi. Kuniga 150ta reys amalgam oshiriladi. Aeroportning umumiy maydoni 225km². Abdulaziz nomli xalqaro aeroportda maxsus xojilarni qabul qiluvchi aeroporti bor. Mamlakatda 206ta aeroportlari bor, shundan xalqaro aeroportlari- Daxron, Jidda, Ar-Riyod, Madina, At-Toif.
SAP va Bahrain davlati Fors ko‘rfazi orqali hududlarini bog‘lash zaruriyatini doimo his etishgan. Shunday qilib, ko‘rfaz orqali koprik qurish g‘oyasi tug‘ildi, bu esa ikki davlatni o‘zaro bog‘lab, savdo-iqtisodiy aloqalarni olib boorish imkonini berdi. 1981-yilda qo‘shma shartnoma imzolandi. Bu ko‘prik ikki tomonlama qatnotnov yo‘lidan iborat bo‘lib, har bir tomonda ikkita harakat yo‘lagi va xavfzislik yo‘lagidan tashkil topgan. Ko‘prikning uzunligi 25km, kengligi 25m. Ko‘prik 536ta temirbeton ustunlarga o‘rnatilgan va suvdan 5m balandlikda va chuqurligi 18m gacha suv tubiga kirib boradi. Ko‘prik qurilishida zamonaviy va yuqori sifatli texnikadan foydalanildi, shunday qilib ko‘prik namlikka, tuz va yuqori haroratga bardoshli qilib qurildi. Ko‘prikda chegara punkti bo‘lib, unda bojxona, passport nazorati, tabbiy punkt, bojxona badallarini yig‘uvchi punkt, chegara qo‘riqlash xarbiylari, xizmat ko‘rsatish va ystaxonalar joylashgan.
1986-yil ikki tomon ham Podshoh Faxd nomli ko‘prikni umumiy boshqaruvi uchun shartnomaga imzo chekishdi. Unga muvofiq ko‘prikni holati va harakat havfsizligi uchun har ikki davlat ham ma’suldir. 1986-yil noyabrida ko‘prikni rasman ochilish marosimi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |