Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:
ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko’ra xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yo’lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Mu’oviya, Abu Muso al-Ash’ariy, Amr ibn al-Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;
«zolim» podshohga qo’lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O’z e’tiqodini yashirish prinsipini (taqiya) rad etadilar. O’zlari harbiy jihatdan zaif bo’lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo’laveradi, deb hisobladilar;
xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo’lishligidan qat’i nazar musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;
namoz, ro’za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo’lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |