Mustaqil ish Mavzu



Download 35,02 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi35,02 Kb.
#242288
  1   2   3   4
Bog'liq
Diniy atamalar (o'zbek tili)


Mustaqil ish

Mavzu: O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da diniy soha terminlarining berilishi

  1. SABAIYLAR - as-Saba’iya - "o‘ta" shialarning g‘oyaviy o‘tmishdoshlari; Abdulloh ibn Saba’ning izdoshlari. Sunniy mualliflar Sabaiylarni Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirishni targ‘ib qilgan islomdagi eng dastlabki guruh deb hisoblashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Ali uni xudo deb e’lon qilgan Sabaiylar guruhini gulxanda yondirishga buyruq bergan, bunga javoban Sabaiylar "endi biz sening haqiqatan ham xudo ekanligingni bildik, zero faqat xudogina o‘t bilan jazolaydi" deganlar. Sabaiylar Alini vafot etganligini rad etadilar, ularning fikricha, u dushmanlaridan o‘ch olish va adolat o‘rnatish uchun qaytib kelar emish. Alini payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning vasiyatlariga ko‘ra, vorisi deb e’lon qilgan Sabaiylar islomda birinchi bo‘lib, Ali imomligini to‘xtashi (tavaqquf) va uni Qiyomat kunigacha Mahdiy sifatida qaytishi" (ar-raj’a) haqidagi g‘oyani ilgari surganlar. Bu tasavvurlar keyinchalik "o‘ta" shialar, xususan kaysoniylar orasida rivojlangan, ular imomlarni "yashirin holati" (al-g‘ayba) va ularni Xaloskor (al-Mahdiy) sifatida qaytib kelishi haqidagi g‘oyani ishlab chiqqanlar.




  1. SABR - g‘am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; o‘z ixtiyori bilan nafsni tiyish; yoqmagan narsa sodir bo‘lganda Alloh taolodan qo‘rqib va Uning roziligidan umidvor bo‘lib o‘zini tutishlik. Islomda to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. Sabrli bo‘lish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onning bir necha oyatlarida musulmonlarning sabrli bo‘lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun sabrdan yaxshiroq va ulug‘roq ne’mat ato etilmagani bayon qilingan. Tasavvufda sabr turlicha talqin etiladi. Sabr doim kerak. Yaxshilik yetganida ham, yomonlik yetganida ham, zarar-kamchilik paytda ham, foyda-borchilik paytida ham. Yo‘qchilikka sabr qilish oson. Ammo borchilik, to‘qchilikka hamma ham sabr qila olmaydi. Aslida esa, banda og‘ir paytda bardosh bilan, ne’mat yetganida shukr va yaxshilik bilan sabr qilish kerak. Ulamolarning ta’kidlashlaricha, sabr turli xil bo‘ladi. Eng ulug‘ sabr imon - islom talablarini bajarish yo‘lvdagi qiyinchiliklarga chidash. Odamlarning noo‘rin tasarruflariga sabr qilish. Yetgan musibatlar va ne’matlarga sabr qilish va h.k. Sabr ko‘pchilik xayol qilgandek salbiy ma’noda, ya’ni nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengashdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoi nafs, rohat-farog‘at, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir. Qur’oni karimda sabrga da’vat ko‘p takrorlanadi. Chunki, Allohga toatda ham, gunoxdan saqlanish yo‘lidagi to‘siqlarni yengish uchun ham, zaiflik kelib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham sabr kerak va h.k. O’tgan ulamolar sabrni umumiy tarzda uchga bo‘lganlar: Birinchisi: Alloh harom qilgan narsalardan va gunoxlardan saqlanishga sabr. Ikkinchisi: toat va kurbat hosil qilish uchun sabr. Uchinchisi: yetadigan musibat va qiyinchiliklarga sabr Payg‘ambar (s.a.v)ning hadislarida ham sabrga ko‘plab chaqiriqlar bor. Abu Musodan rivoyat qilinadi: ''Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengroq ne’mat ato qilinmagan", dedilar. Rasululloh (sav): "Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga sabr qilgan musulmon, ularga aralashmaydigan va ozorlariga sabr qilmaydigan musulmondan yaxshidir", deydilar. Bundan odamlarning ozoridan qo‘rqib ularga aralashmay qo‘yish durust emasligi chiqadi. Odamlarga aralashib ularning ozorlariga sabr qilgan odam savob oladi. U o‘sha aralashishi davomida ularga yaxshilik ham qilib yurgan bo‘ladi. Odamlarga aralashmagan kishi esa, ko‘pchilikka foyda yetkazishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin.




  1. SAVOB (arab. - yaxshilik, ezgulik, ajr) -diniy e’tiqodga ko‘ra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu islomda savob va gunoh deb ataladi. Diniy ko‘rsatmalarni bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar savob hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai a’moli)ga farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxiratda insonlarning savob va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda ta’kidlanishicha, insonning qilib o‘tgan har qancha savob ishlari jannatga kirishga sabab bo‘la olmaydi. Unga kirish Allohning fazli, marhamati va ehsoni xisoblanadi. Savob ishlar esa, jannatga kirgandan keyin erishiladigan darajalar uchun kerak bo‘ladi. Savob so‘zi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.




  1. SADAQA - (arab. - chin dildan qilingan ehson) - xayr-ehson, sadaqa berish haqida Qur’onda ham ta’kidlab o‘tilgan. Sadaqa haqidagi masalalarni fiqhning uqubot va ahkom bo‘limlari talqin qiladi. Sadaqa berish imkoni bo‘lgan har bir kishi uchun zarur hisoblanadi, bu ish mandub amallardan sanaladi. Birovga sadaqa bera olishga qurbi yetmaydigan kishilar sadaqa olishlari mumkin. Sadaqa ning quyidagi turlari mavjud: bir martalik xayr-ehson ko‘rinishdagi sadaqa; kafforat, ya’ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‘rinishidagi sadaqa; o‘ziga to‘q bo‘lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‘qsil, miskinlar foydasiga ajratib beriladigan sadaqa. Dastlabki ikki holatda sadaqa pul, ovqat, kiyim, xizmat ko‘rsatish va uy-joy bilan ta’minlash, qarzdan va majburiyatdan kechish va b. shaklida bo‘lishi mumkin. Uchinchi holatda sadaqa - faqat pul bilan beriladigan, u maxsus soliqchilar tomonidan yig‘ilib, markaziy yoki mahalliy xazina (bayt ul-mol)ga kelib tushgan. Bu mablag‘ sadaqa deb ataluvchi zakotdan to‘plangan mablag‘ bilan birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan sugurta vositasi turi sifatida markaziy hokimiyat nomidan kambag‘al, muhtoj kishilarga tarqatilgan. Sadaqa mablag‘laridan yordam olishga kambag‘allar va nogironlar haqli bo‘lib, ularning bu holati to‘g‘risida jamoaning uch a’zosining shohidligi lozim bo‘lgan. Shuningdek, biror sabab bilan xonavayron bo‘lgan, qurbi yetmaydigan xarajatlar, to‘lovlarni to‘lashga ( muhtoj qarindoshlarini boqish, qarindoshi uchun diya (xun) to‘lash va b.) majbur bo‘lgan kishilarga ham sadaqa beriladi va h.k. Ularning ishi yurishib ketsa, sadaqa to‘lash to‘xtatiladi. Sadaqa mablag‘adan urush paytida yordam bergan, lekin ulush- o‘lja olmaganlarga mukofot beriladi, kulni ozod qilish uchun to‘lanadigan pulning yetishmayotgan qismi (agar u kishining ishlari yurishmayotgan bo‘lsa) (mukotab)ni qoplash uchun beriladi. Shuningdek, sadaqa to‘plovchi va taqsimlovchi amaldorlarga, musofirxonalarga, biror sabab bilan safarni davom ettira olmay qolgan yo‘lovchilarga ham mablag‘ ajratiladi. Hadislar va fiqhga oid adabiyotlarda sadaqa istilohi bilan zakot anglatilgan. Sadaqa va zakot dastlab bir tushuncha ekanligi, zakotdan qoladigan mablag‘ni olish huquqiga ega kimsalar ham sadaqa mablag‘laridan foydalanish huquqiga ega bo‘lganligi bilan ham tasdiq topadi. Ixtiyoriy sadaqa ni majburiy to‘lovdan farqlash uchun uni sadaqa at- tatavvu ("ixtiyoriy sadaqa") deb ataydilar. Sadaqaning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kafforat (jarima) kabilar kiradi. Ixtiyoriy sadaqalar esa, xudoyi, to‘ylar, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamg‘armalarga beriladigan moddiy xarajatlardan iborat. Odatda sadaqa deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin diniy istiloxda sadaqa xayr-ehsonning barcha turlari uchun qo‘llanilaveradi. Islomda sadaqa qilishga ko‘p targ‘ibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi to‘g‘risida Qur’on va hadislarda ta’kidlangan.




  1. SADR (arab. - old, ko‘krak) - musulmon mamlakatlaridagi turli mansabdor shaxslarga beriladigan unvon. Bu unvon ba’zan din peshvolariga ham berilib, ularga butun davlatning yoki biror viloyatning vaqf ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan. Masalan, 12- 13-asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhoniylar Sadri jahon nomi bilan mashhur bo‘lgan. 16-asrdan Usmonli turk saltanatida va 19-asrdan Eronda eng yuqori mansabdor shaxs (vaziri a’zam) sadr (to‘lig‘i Sadri a’zam) deb atalgan. 20-asrga kelib bu unvon tugatilgan. Anjuman va ilmiy majlislarda to‘rdan joy berilib, suhbatni boshqargan olim kishini ham qadimdan Sadri majlis deb atab kelinadi.

  2. SAJDA (arab. - ibodatda yerga egalish, yerga bosh qo‘yish) - namoz o‘qishdagi holatlardan biri. Har bir rakaatdagi oxirga harakat, bunda namoz o‘qiyotgan dindor tiz cho‘kkan holda oldinga egilib boshini yerga qo‘yadi (ya’ni sajda qiladi) va uch bor subhana robbiyal a’lo deb tasbeh o‘qiydi.




  1. SAJJODA ("ta’zim qilmoq", "tiz cho‘kmoq", boshqa nomlari: musallo, bisat, xasir, xumra (arab.), joynamoz (fors.), namozlik (turk.) -q. Joynamoz.




  1. SAJOX - soxta payg‘ambar ayol. O’zini xudoning elchisi deb e’lon qilgan va islomni qabul qilgan arablarning bir qismini yo‘ldan urishga erishgan. Sajox tag‘libiylar orasida voyaga yetgan va ular orasida tarqalgan xristianlikdan yaxshi xabardor bo‘lgan. Muhammad (s.a.v) hayotliklari chog‘idayoq u xudoni "bulutlar egasi" deb atab, undan xabarlar kelayotganini bildirgan. "Vahiylar"ni qofiyali saj’ usulida, maxsus minbardan turib aytgan, ibodatga chaqiruvchi muazzini ham bo‘lgan. Iroqdan sajox bir guruh tarafdorlari bilan o‘zining qadrdon tamim qabilasi hududiga ko‘chib o‘tgan, u yerda qabilaning o‘zaro kurashayotgan qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lib, ularni harbiy yurishlarga boshlab boradigan siyosiy rahbarga aylangan. Bir necha muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng 633-yil tamimiylar Yamomaga bostirib kirganlar. Bu yerda hanifa qabilasi boshlig‘i, "payg‘ambar" Maslama (Musaylima) ichki nizolarni tinchitish va musulmonlarning hujumlarini qaytarish bilan band edi. U Yamomadan olinadigan ikki hosilning yarmini berish evaziga tamimiylardan qutulgan. Sajox bilan Maslama o‘rtasida yana qandaydir bir vaqtinchalik shartnoma ham tuzilgan. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, ular o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilib, musulmonlar bilan bo‘lgan jangda Sajox Maslama yonida halok bo‘lgan. Aslida esa, Sajox Yamomaga qilingan yurishdan so‘ng Iroqqa qaytib, keyinchalik o‘sha yerda islomni qabul qilgan.




  1. SAYYID - qabila boshlig‘i, janob, rahbar. Arabistonda johiliyat davrida qabila zodagonlari vakili, boshlig‘i. Qur’on va hadisda bir necha ma’nolarda kelgan. Ba’zi hadislarda insonga nisbatan rabb ("janob") istilohini Sayyid istilohi bilan almashtirish lozimligi aytilsa, boshqa bir hadislarda keltirilishicha, Rasuli Akram (s.a.v) o‘zlarini Sayyid deb atashlarini man etganlari, chunki Sayyid - faqat Allohdir deganlari rivoyat qilinadi. Asta-sekin shialar tashviqoti ta’sirida Sayyid istilohi Payg‘ambar (s.a.v) avlodlariga, Xusayn avlodlariga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. Ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy tabaqani tashkil qilib, dindorlar orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lishgan. Xalq Sayyidlarni ko‘pincha avliyolar qatoriga qo‘ygan. Avliyo ayollarni Sayyida deb atashgan. Sayyid istilohi musulmon hukmdorlarining rutbalarida keng qo‘llanilgan. Bu bir tomondan Payg‘ambar (a.s) bilan qarindoshlikka da’vogarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lsa (Dehli Slari, Buxoro amirlari, Xiva xonlari va b.), ikkinchi tomondan Sayyidni johiliyat davridagi ma’nosini saqlab qolishda va uni qo‘llashda ko‘rinadi, xususan Sayyid istilohi musulmonlar hukmronlik qilgan Ispaniyada 10-11-asr boshlarida hukmdor devoniga qurilgan (Sayyid; as-Sayyida al-Kubro, as-Sayyida al-Valida - "hokim onasi"), Bahrayndagi Qarmatlar davlatida oqsoqollar kengashining 6 a’zosini anglatgan, Masqatn sultonliga hukmdorlari Sayyid deb atalgan (18-asr). Ba’zi musulmon mamlakatlarda (masalan, Yaman) Sayyid tabaqasi o‘z mavqeini saqlab qolgan.





  1. Download 35,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish