Mustaqil ish Mavzu



Download 35,02 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi35,02 Kb.
#242288
1   2   3   4
Bog'liq
Diniy atamalar (o'zbek tili)

SALAFIYLAR - As-Salafiya (salaf -"ajdodlar", "o‘tmishdoshlar") - islomning turli davrlarida ilk musulmon jamoasi "solih ajdodlar" (as-salaf as-solihun) e’tiqodi va turmush tarziga rioya etishni da’vat etib, keyingi davrda kiritilgan barcha yangiliklarni, jumladan, Qur’onni majoziy-ramziy talqin etishdan boshlab musulmon dunyosini G’arb bilan aloqasi natijasida kirib kelgan yangiliklarni bid’at deb e’lon qilgan musulmon din arboblarining umumiy nomi. Salafiylarga barcha sahobalar, tobeinlar, taba’a tobeinlar, mazhab sohiblari va axli sunna val jamoa e’tiqodidagi yirik olimlar kiradilar. G’arb adabiyotida Salafiylar mafkurasini ta’riflashda "traditsionalizm", "fundamentalizm", "tiklashchilik" (gevivalism) kabi terminlar ishlatiladi.




  1. SALLA - musulmonlarda boshga o‘raladigan mato. Faqat erkaklar o‘raydi. Oq, yashil, kul rang matolardan, ko‘pincha dokadan iborat bo‘lib, do‘ppi, kuloh ustidan o‘raladi (Hindiston, Pokistondagina salla bosh kiyimsiz o‘raladi). Shim. Afrika, G’arbiy Osiyo va O’rta Osiyo, qisman Kavkazda keng tarqalgan. Salla o‘rash usullari, matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan (mas., shialik ruhoniylari qora, sayyidlar va hojilar yashil matodan salla o‘raganlar). O’tmishda salla musulmonlik belgisi hisoblangan, ulamolar, namozxonlar uchun majburiy bo‘lgan. Ba’zi holatlarda salla kafanlik o‘rnini bosishi ham mumkin. Madaniyat taraqqiyoti, zamonaviy kiyimlarning keng tarqalishi tufayli salla hatto musulmon mamlakatlarida ham urfdan chiqib qolayotir. Islomda salla bilan namoz o‘qishga targ‘ib qilingan.



  1. SALOT - bir kunda, muayyan vaqtlarda ko‘rsatilgan tartib va shartlar asosida qilinadigan ibodat. Salot 5 ta islom ruknlarining eng muhimidir.



  1. SA’Y - Safo va Marva tepaliklari orasida chopish, umra va haj marosimlari shartlaridan biri. Sa’y tavofdan so‘ng bajariladi. Sa’y taxminlarga ko‘ra, Safo va Marva tepaliklarida turgan Isofa va No’ila ma’budlariga sajda qilishning mustaqil marosimi bo‘lgan. Musulmon an’anasida sa’y ning kelib chiqishi haqida bir necha fikrlar bor. Shulardan biriga ko‘ra, nomi zikr etilgan tepaliklar Odamato va Momohavoning dam olish joylari bo‘lgan ekan, shuning xotirasi sharafiga sa’y bajo etiladi. Boshqa bir fikrga binoan Ibrohim (a.s) sa’yni bajo etib Allohga ibodat qilish marosimini ado etgan. Uning yo‘liga Iblis turib olgan va Ibrohim (a.s) qochishga majbur bo‘lgan. Hojar va uning o‘g‘li Ismoil (a.s)ning azob-uqubatlari haqidagi fikr eng ko‘p tarqalgan. Chanqoqlikdan nobud bo‘layotgan Ismoil (a.s)ni qutqarish uchun Hojar suv izlab yetti marta Safo va Marva oralig‘ida chopgan. Tavof qilgach, ziyoratchi Masjid al-Haromdan chiqib chap oyog‘i bilan qadam bosishni boshlab Safo tepaligiga ko‘tariladi, yuzini Ka’baga o‘giradi, Allohga iltijo qilib, o‘ziga shafqat qilishni va balo-qazolardan saqlashni so‘raydi, so‘ngra tepalik etagiga o‘rnatilgan ustun (mil)gacha pastga tushadi, u yerdan Marva etagidagai boshqa bir ustungacha chopadi, shundan keyin shu tepalikka ko‘tariladi. U yerda Ka’baga qarab duo o‘qiydi va Safoga qaytadi. Sa’y yetti marta bajariladi. Agarda ziyoratchi "kichik haj" (umra)ni ado etayotgan bo‘lsa, unda sa’ydan so‘ng ehrom holatidan chiqadi. Agar umradan so‘ng haj qilinadigan bo‘lsa, ziyoratchi haj tugaguncha ehrom holatida qoladi. Sa’y haj marosimining muhim sharti (rukn al-haj) hisoblanadi, uni bajarish vojibdir. Biroq Sa’yni bajarmaslik hajni bekor qilmaydi, kafforat uchun kurbonlik qilinsa bas.




  1. SAHIH (arab. ishonchli, to‘g‘ri) - eng ishonchli deb hisoblangan hadis nomi. O’rta asrlarda hadislarni to‘plash bilan shug‘ullangan muhaddislar ularni din nuqtai nazaridan haqiqiy va nohaqiqiylarini ajratish (ya’ni, kodifikatsiya qilish) bilan shug‘ullanib, hadislar asoslangan isnodni tekshirish yo‘li bilan sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va zaif (zaif, kuchsiz)dan iborat uch toifaga bo‘lgan, ulardan sahixlarni to‘plam qilganlar. Shu munosabat bilan ba’zi to‘plamlarning nomi ham sahih deb atalgan (masalan, "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim"). Sahih hadis deb: uning sanadi to oxirgi muhaddisga qadar o‘rtada uzilib qolmagan, sanadning biror tabaqasidagi roviyning ma’naviy nuqsoni bo‘lmagan (kar, soqov, duduq yoki akd zaiflik, yoki yolg‘on gapirib qo‘yishlik kabi illatlar bo‘lmagan), sanadning biror tabaqasida roviy yolg‘izlanib qolmagan va barcha sanaddagi roviylarning ishonchliligi elga mashhur bo‘lgan kishilarning rivoyatiga aytiladi.





  1. Download 35,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish