Munosabat. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da1 munosabat tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo‘lish omili» sifatida ta'riflangan. Bu ta'rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya'ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta'sirida kooperativ effekt, ya'ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning xossalari bir-biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi.
Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
O‘zaro ta'sir narsalarning o‘zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta'sir ko‘rsatishi va bir-birini o‘zgartirishini anglatadi. Ammo o‘zgarish – harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o‘zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o‘zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi). Demak, har qanday hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur.
O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra tartibsiz o‘zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‘chishida namoyon bo‘lishi mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro ta'sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob'ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan ob'ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta'sirlarini hisobga olishdan iborat.
Shunday qilib, dialektika moddiy dunyoda hukm suruvchi umumiy aloqani aniqlashni talab qiladi.
Aloqalarning tasnifi va xususiyati
Aloqalarning asosiy turlari
|
Aloqalarnnig xususiyatlari
|
Materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‘lgan aloqalar
|
Materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‘lgan aloqalar
|
Qonun, hodisani belgilaydigan aloqalar
|
Qonun, hodisani belgilamaydi-gan aloqalar
|
Ijtimoiy
|
Moddiy-energetik
|
Makonga doir
|
Ichki
|
Tashqi
|
Biologik
|
Vaqtga doir
|
Muhim
|
Ahamiyatsiz
|
Kimyoviy
|
Strukturaviy
|
Zaruriy
|
Tasodifiy
|
Fizik
|
Informatsion
|
Genetik
|
Barqaror
|
Beqaror
|
Mexanik
|
Sababiy
|
Umumiy
|
Yakka
|
Funksional
|
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular ob'ektiv xususiyat kasb etadi, ya'ni odamlar ongidan qat'iy nazar, ob'ektiv qonuniyat sifatida mavjud bo‘ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, o‘zaro aloqa o‘zining mohiyati va tabiatiga ko‘ra serqirradir, zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar vositasida bog‘lanadi, bu aloqa moddiy va ma'naviy dunyo hodisa va jarayonlari o‘rtasidagi munosabatlarning oxiri ko‘rinmaydigan tarmog‘i bilan tavsiflanadi.
To‘rtinchidan, real aloqalar o‘z xususiyati, chuqurlik va murakkablik darajasi, namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra cheksiz darajada rang-barangdir. Dialektika borliqning rang-barang aloqalarini tahlil qilishga nisbatan differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‘lgan aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog‘lanishlar);
- materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‘lgan aloqalar (makonga doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional bog‘lanishlar).
Ammo aloqalarning ko‘p sonli konkret shakllari orasida dialektikani borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos aloqalar (bog‘lanishlar xususiyati) qiziqtiradi. Aloqalarning bunday shakllari qatoriga ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz aloqalar; zaruriy va tasodifiy aloqalar; barqaror va beqaror aloqalar; umumiy va yakka aloqalar kiradi.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida predmet o‘z tabiatini ro‘yobga chiqaradi, ya'ni ular bosh rolni o‘ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq «qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo‘lgan. Bu to‘g‘rimi? To‘g‘ri, agar qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo‘shimcha qilinsa. Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‘lgan o‘zaro aloqaga aytiladi.
- Aloqaning ob'ektivligi. Bu yerda gap bugun qabul qilinib, ertaga bekor qilinadigan yuridik qonunlar haqida borayotgani yo‘q. Energiya va moddaning saqlanish qonunlari yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan bo‘lsak, biz ularni bekor qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda to‘xtatishimiz mumkin, deb aytish aqlga sig‘maydi.. Demak, qonunning muhim belgisi narsalarning ob'ektiv holatini, narsalar va hodisalar o‘rtasidagi ob'ektiv aloqani aks ettirishida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |