O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASI
MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISH METODIKASI
fanidan
KURS ISHI
MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI VAQTGA DOIR TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Bajardi: Mustafoyeva M.SH 5A111701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 10-1 BTU-20 guruh talabasi
Tekshirdi: dots. Adizova N.B
Buxoro-2021\22 BOSHLANG`ICH SINF O’QUVCHILARINI VAQTGA DOIR TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
REJA: KIRISH I BOB. Vatq tushunchasini o‘rgatish metodikasi.
I.1.Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning umumiy metodikasi.
I.2. Vaqt o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema
II BOB. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
II.1.Uzunlik va uning o‘lchov birliklari.
II.2.Yuza va uning o‘lchov birliklari.
II.3. Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ILOVALAR
KIRISH Kurs ishi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni (2020-yil), Oʻzbekiston Respublikasini “2017-2021 yillarda rivojlantirishni beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar Strategiyasi”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son «Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Qarori, 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlarida oʻsib borayotgan avlodni yangi sifat darajasida oʻqitish va tarbiyalash, maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini tubdan yaxshilashni, uni jahon andozalariga mos ravishda qayta qurish, ta’limning eskirib qolgan va davr talablariga javob bermaydigan eskicha oʻqitish usullaridan voz kechib, ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikka erishish talabi qoʻyilganini guvohi boʻlamiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021-yillarda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; uzluksiz ta’lim uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy ta’lim muassasalarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash samarali tizimini yanada rivojlantirish ko’zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Kurs ishi mavzusining maqsadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’quvchilar jamoasi bilan ishlash muammosining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va shu muammoga oid amaliy metod va vositalar tizimini ishlab chiqish.
Kurs ishi mavzusining obyekti. Sinf rahbarining o’quvchilarni mashg`ulotlar asosida o`qitish faoliyatiga asoslangan o`quv tarbiya jarayoni.