Reja: Borliqdagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiyot



Download 137,5 Kb.
bet8/21
Sana15.02.2023
Hajmi137,5 Kb.
#911399
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari

- Aloqaning muhimligi. Muhim aloqa – bu narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi bog‘lanish. Aytaylik, elementlarning davriy qonuni atom og‘irligi, atom o‘zagining zaryadi va elementlarning kimyoviy xossalari o‘rtasidagi muhim aloqani aks ettiradi;
- Aloqaning zaruriyligi. Zaruriy aloqa – bu muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo‘luvchi bog‘lanish. Masalan, fizikada ma'lum bo‘lgan o‘tkazgich qarshiligining o‘tkazgich tarkibi, uning uzunligi va ko‘ndalang kesimining yuziga bog‘liqligi qonuni o‘tkazgichda elektr toki o‘tgan har bir holda zaruriy tarzda namoyon bo‘ladi, chunki u o‘tkazgich qaysi moddadan yasalgan bo‘lsa, shu moddaning tabiati, unga xos bo‘lgan ob'ektiv xususiyatlar bilan belgilanadi;
- Aloqaning barqarorligi. Barqaror aloqa – bu ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa. U materiya harakatining tegishli shakli (materiya rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur mavjud bo‘lgan davr mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud bo‘ladi;
- Aloqaning umumiyligi. Aloqaning umumiyligi shunda namoyon bo‘ladiki, unga ob'ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari bo‘ysunadi.
Tarixiylik tamoyili. Har qanday, narsa, jarayon mavjudligi paydo bo‘lish, rivojlanish va yo‘qolish bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Masalan yer taxminan 6 milliard yil ilgari issiq gazsimon tumanlikdan paydo bo‘lib, hozirgi holatiga yetgan. Ayni paytda olimlar qachonlardir yerning sovib, oysimon, sovuq planetaga aylanishini e'tirof etganlar.
Materialistlar tarixiylik tamoyilini “olamning moddiy birligi haqidagi monistik tamoyilga” mosligi uchun reallikning barcha sohalarida mavjud deb hisoblaydilar. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tarixiylikni mutloqlashtirish to‘g‘ri emas. Chunki, ilgari Oy oddiy planeta bo‘lgan, hozir esa sovuq kosmik jism, qutb yulduzining konfiguratsiyasi 50 ming yil ilgari hozirgidan boshqacha bo‘lgan, insonning jismoniy tipi 40-50 ming yil ilgari to‘liq shakllangan. Bunda tarixiylik to‘liq namoyon bo‘layotgandek. Biroq, aslida, tabiat, materiya abadiy, biz uning faqat muayyan fragmentlarini, tabiat fragmentlarining tarixini qo‘ramiz xolos. Shuning uchun tarixiylik tamoyili haqida emas, balki evolyusiya tamoyili haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Tarixiylik tamoyilining shakllari turlicha. Tarixiylikning ijtimoiy jihati ijtimoiy tarixning qonuniyatligi, uning taraqqiyoti qaytarilmas ekanligidan dalolatdir. Yangi ijtimoiy tuzilma va tizimlarning paydo bo‘lishi muqarrar. Ijtimoiy hayotni o‘rganishda tarixiylik tamoyili g‘oyasi Ibn Xaldun, ar-Roziy, Gegel, Shmoller ijodida aks etgan. Metodologik jihatdan tarixiylik tamoyili jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi yaxlitlikni, rivojlanishning istiqbollarini baholash imkonini beradi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirdi. Bu ta'lim tizimining ilgarigi holatidan butunlay yangi holatga o‘tishini ta'minladi. Mulk sohasidagi islohotlar esa kishilarning mulkka ongli munosabatini shakllantirishga zamin tayyorladi. Jamiyatning tarixiy rivojlanishida va tarixiylik tamoyilining amal qilishida tarixiy taraqqiyotni bilish yoki bilmaslik muhim ahamiyat kasb qiladi. Zero, bilish orqali yangi jamiyatning nazariy asoslari yaratiladi, bilmaslik esa ko‘r ko‘rona faoliyat natijasida jamiyatni navbatdagi boshi berk ko‘chaga olib kiradi.

Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish